Xix asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya


Download 216.55 Kb.
bet4/5
Sana08.02.2023
Hajmi216.55 Kb.
#1177374
1   2   3   4   5
Bog'liq
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya

Tashqi siyosat

  • Aholining kambag‘alligi sanoat mahsulotlarining sotib olinishini qiyinlashtirdi. Bu hodisa Yaponiya hukmron doiralarini qo‘shni davlatlar hududlarini bosib olishga undagan. Bu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun Yaponiya zo‘r berib qurollandi. Yaponiyaning bosqinchilik maqsadlari Koreya, Xitoy, Tinch okean havzasiga qaratildi. Tez orada Yaponiya bosqinchilik urushlarini boshlab yubordi. 1879- yilda Yaponiya, Xitoyning noroziligiga qaramay, Ryukyu orolini bosib oldi. 1875-yilda Janubiy Saxalin hisobiga Kuril orollarini Rossiyadan ajratib, o‘ziga qo‘shib oldi. 1876-yili yaponlar uchun Koreya ochiq mamlakat deb e’lon qilindi. Yapon tovarlari bojsiz 1889-yil konstitutsiyasi Tashqi siyosat 93 sotiladigan bo‘ldi. Shu yo‘l bilan Koreya Xitoy ta’siridan ajratib olindi. Maqsad Koreyani anneksiya qilish edi.

1875-yilda Janubiy Saxalin hisobiga Kuril orollarini Rossiyadan ajratib, o‘ziga qo‘shib oldi. 1876-yili yaponlar uchun Koreya ochiq mamlakat deb e’lon qilindi.

1894—1895-yillardagi Yaponiya—Xitoy urushi

  • 1894-yil Yaponiya Seulda saroy to‘ntarishi uyushtirib, yaponparast hukumat tuzdi va poytaxt garnizonini qurolsizlantirdi. Bu hodisa Yapon—Xitoy urushi boshlanishiga olib keldi. Xitoy harbiy flotining transport kemalari cho‘ktirildi. Ayni paytda, yapon qo‘shinlari urush e’lon qilmasdan Koreyada turgan Xitoy harbiy qismlariga hujum qildi. 1894-yilda Xitoy qo‘shinlari Pxenyan yonida mag‘lubiyatga uchradi. Bu hol Yaponiyaning Uzoq Sharqda ustunlikka ega bo‘lishiga yo‘l ochdi. Yaponiyaning zamonaviy qurollar bilan ta’minlangan harbiy kuchlari ham quruqlikdan, ham dengizdan hujum uyushtirib, Xitoy qo‘- shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi. 1895-yilda bu ikki davlat o‘rtasida Simonoseki sulhi tuzildi. Xitoy Koreyaning mustaqilligini tan oldi. Lyaodun, Tayvan, Penxu (Peskador) orollarini Yaponiyaga berdi. Shuningdek, Yaponiyaga katta miqdorda tovon to‘- lashga majbur bo‘ldi. Shartnomaga ko‘ra, Yaponiya o‘z savdosi uchun Xitoy hududida sanoat korxonalarini qurish va ulardan foydalanish huquqini oldi. Endi uning maqsadi Uzoq Sharqdagi asosiy raqibi Rossiyani mag‘lub etish edi. 1895-yilda shuning uchun 10 yillik qurollanish dasturini qabul qildi. Rossiya bilan urush chiqqan taqdirda, buyuk davlatlarning betaraf qolishini ta’minlaydigan shartnomalar tuzishga erishdi. Shunday qilib, muqarrar bo‘lib qolgan urushda Rossiya yolg‘izlatib qo‘yildi. 1904-yil yuz bergan Rossiya — Yaponiya urushida erishilgan g‘alaba Yaponiyaning qudratini yanada orttirdi.

Download 216.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling