Xix asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya


Sanoatni rivojlantirishda davlatning roli


Download 216.55 Kb.
bet2/5
Sana08.02.2023
Hajmi216.55 Kb.
#1177374
1   2   3   4   5
Bog'liq
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya

Sanoatni rivojlantirishda davlatning roli

  • Sharoit qanchalik og‘ir bo‘lmasin, Yaponiyada bozor munosabatlari tez rivojlana boshladi. Sharqda birinchi bo‘lib Yaponiya Yevropa tajribalaridan foydalandi. Yevropada uzoq vaqt davomida yuzaga keltirilgan ilg‘or sanoat texnikasini Yaponiya tayyor holda sotib ola boshladi. Davlat sanoatni rivojlantirish ishiga homiylik qildi. Birinchi galda Yaponiyada to‘qimachilik sanoati tez rivojlandi. 1890-yilda u barcha sanoat tarmoqlarining 45 foizini tashkil etdi. Chorak asr davomida 1300 ta sanoat korxonasi qurildi. Ular dastlab badavlat sanoatchilarga ijaraga berildi. Keyinroq esa sanoat korxonalari o‘z narxining yarmiga, hatto 10—15 foiziga ham xususiy qilib sotiladigan bo‘ldi. Natijada, bank kapitali bilan sanoat kapitali qo‘shilib bordi. Yaponiyada sanoat ishlab chiqarishi Rossiyadan o‘n barobar tezroq rivojlandi.

Yaponiya taraqqiyotining xususiyatlari

Yaponiyada monopolistik kapitalizm feodal-monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib ketdi. Bu jihatdan Yaponiya Rossiyaga o‘xshab ketardi. Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSHdan farqli o‘laroq, Yaponiyada hokimiyat burjuaziya qo‘lida bo‘lmay, balki pomeshikburjuaziya bloki qo‘lida edi. Yaponiya, ayni paytda, armiya va flotni ham qayta qura boshladi. Yaponiya hukumati og‘ir industriyani rivojlantirishga alohida e’tibor berdi. Oqibatda, 1900—1913-yillarda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Italiyadan o‘zib ketib, Fransiyaga yaqinlashdi. Mamlakatda sanoat, savdo-sotiq va banklar markazlashib, monopoliyalar vujudga keldi.

Imperator Mutsixito ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to‘sqinlik qiluvchi qonun va tartiblarni bekor qildi. Yaponiya dunyoning barcha davlatlari uchun ochib qo‘yildi.


Imperator Mutsixito

Imperator Mutsixito

  • Yaponiyada kapitalizm taraqqiyoti dehqonlarning yerdan ajralishi bilan birgalikda kechdi. Agrar islohotga ko‘ra, yer olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismigina olgan yerlarini saqlab qola oldi. Raqobatga bardosh bera olmaganlar ijaraga yer olib xo‘jalik yuritishga majbur bo‘ldilar. Qolganlari esa shaharga ketib, yollanma ishchilarga aylandilar. Sanoat egalari yangicha, ilg‘or ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yib, mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib Sanoatni rivojlantirishda davlatning roli Yaponiya taraqqiyotining xususiyatlari Ijtimoiy hayot 92 chiqa boshladilar. Sanoat korxonalarining soni yildan yilga ko‘payib bordi. Lekin, shu sanoat korxonalarida ishlayotgan ishchilarning iqtisodiy ahvoli og‘ir edi. Chunki, ish haqi juda past edi. Korxonada texnika xavfsizligiga javobgarlik yo‘q edi. Buning ustiga, yapon ishchilari va mehnatkashlari na siyosiy, na ijtimoiy huquqlardan foydalanar edilar. Yaponiya ishchilar sinfi kasaba uyushmalariga birlasha boshladilar. Yaponiya jamiyatining ilg‘or qatlami parlament tashkil etish uchun kurashdilar.

Download 216.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling