Xix asrning yarmidan boshlab, sintaktik nazariyada e’tibor butunga
Download 6.39 Kb.
|
1.1 xulosa fertig
Biz yuqorida Tilshunoslikning paydo bo’lishidan to hozigacha bo’lgan davrida kishilarning tilga munosabati, tilning Sistema ekanligi, sodda gaplarning murakkablashish turlari, ajratilgan bo’laklar va ularning o’rganilish tarixini ko’rib chiqdik. Ma’lumki, Hozirgi kunda tilning tizim ekanligi deyarli barcha tilshunoslar tomonidan e’tirof etilmoqda. Shuning uchun ham keyingi yillarda barcha fanlarda amal qilingani kabi, tilshunoslikda ham tizimli tadqiqotlarga e’tibor berilmoqda. Tilshunoslik tarixida gap asosan shakliy nuqtai nazardan o‘rganib kelindi va ba’zan uning mazmuniy tomoniga e’tibor qaratildi. XIX asrning yarmidan boshlab, sintaktik nazariyada e’tibor butunga (gapga) emas, balki uning bo‘laklariga qaratildi. Natijada, tilshunoslar so‘z turkumlari va so‘z shakllarining gapdagi vazifalarini o‘rganishga e’tibor berdilar. Bunday qarash (morfologizm) grammatik tahlilning shakliy tomoniga va tillarning milliy o‘ziga xosligiga e’tiborning kuchayishi natijasida vujudga keldi. Butunning, ya’ni gapning mantiqiy tahlili (birinchi navbatda, birikishi) xususiyatlarining grammatik tavsifiga bo‘shatib berdi. Sodda gaplarni murakkablashishiga nazar tashlaydigan bo’lsak. Sodda gaplar tarkibida undalma, kirish va kiritma qurilmalar, ajratilgan bo‘laklar qatnashib, sodda gapni ham shakliy, ham mazmuniy tomondan murakkablashtiradi. O‘zbek tilshunosligida murakkablashgan gaplar birinchi marta professor G‘.Abdurahmonov tomonidan murakkab gaplar atamasi ostida ajratildi va bunday gaplar sodda gaplar bilan qo‘shma gaplar oralig‘idagi alohida tipdagi gaplar ekanligi ta’kidlandi. Murakkab gaplar termini ko‘proq qo‘shma gaplarning turiga nisbatan qo‘llanilib kelinganligidan, ayrim tilshunoslar sodda gap doirasidagi bunday gaplarga nisbatan murakkablashgan gaplar qo‘llashni ma’qul ko‘radilar. G‘.Abdurahmonov murakkablashgan gaplarning bir qator farqli belgilarini ajratadi. Xususan, murakkab gaplarning tarkibida, asosiy gap bo‘laklaridan tashqari ajratilgan bo‘lak yoki undalma, kirish bo‘laklar bo‘lishi, ikkinchidan murakkab gaplar orqali sodda, birgina maqsad, niyat ifodalanib qolmay, murakkab fikr ifodalanishi, uchinchidan murakkab gap tarkibida ikki xil predikativ birlik, hukm bo‘lishi. Bu predikativ birlik yoki hukmning biri asosiy bo‘lib, ikkinchisi to‘liq bo‘lmagan hukm, yarim predikativlik ekanligi, hukm gapning umumiy mazmunidan anglashilsa, to‘liq bo‘lmagan hukm, yarim predikativlik bu xil gapning ajratilgan bo‘laklari yoki undalmalari va yoxud kirish bo‘laklari orqali ifodalanishi. Gap tarkibidagi sintaktik shakllarning o‘zaro tobelanish aloqasiga ko‘ra gap bo‘laklariga ajratish asosiga e’tiroz bildirgan ayrim mualliflar undalma va kirishlarni ham gap bo‘laklari deb hisoblaydilar. Xususan, G‘.Abdurahmonov undalma va kirish qurilmalarining o‘ziga xos gap bo‘lagi ekanligini ta’kidlaydi. Ajratilgan bo’laklar tarixiga nazar tashlasak. Ajratilgan bo‘laklar uch yo‘nalishda o‘rganiladi. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari ajratilgan bo‘lakni ergash gap sifatida o‘rgangan bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalishdagilar ikkinchi darajali bo‘lak deb o‘rgangan. Uchinchi yo‘nalish tarafdorlari esa uchinchi darajali bo‘lak deb o‘rgangan. Xullas, ikkinchi darajali bo‘laklarning o‘rganilish tarixida turlicha yo‘nalishlar va qarashlar mavjud bo‘lib, ularning barchasida ikkinchi darajali bo‘laklarga nazariy jihatdan yondashish bir xil, ammo nomlanishda farqlanadi. Xususan, o‘zbek tilida ham, ajratilgan bo‘laklarga, asosan, gap bo‘laklari deb qaraldi. Ajratilgan bo‘laklarning izoh tiplari birinchi marta N.Said va A.Yo‘ldashevlar tomonidan “gapdagi izoh muchalar” nomi bilan o‘zbek tili grammatikasiga kiritildi. Keyinchalik X.G‘oziev, G‘.Abdurahmonov bu haqida o’z fikrlarini bayon etdilar. Download 6.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling