Xi,XII asrlarda o’rta-osiyo davlatlari


QORAXONIYLAR DAVLATI VA MOVAROUNNAXR


Download 45 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi45 Kb.
#1547392
1   2   3
Bog'liq
QORAXONIYLAR DAVLATI VA MOVAROUNNAXR

QORAXONIYLAR DAVLATI VA MOVAROUNNAXR


X asrda turkiy qabilalar
Milodning dastlabki asrlaridayoq Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi yerlarda turkiy qabilalar yashaganlar. Mazkur daryolar o‘rta asrlarda Sayxun va Jayxun deb atalgan.
VIII-IX asrlarda turklarning ko‘pchiligi, ayniqsa, Farg‘ona va Shoshda yashashgan. Bular qarluq va o‘g‘uz qabilalardir. Ular Movarounnahrda o‘troqlashib, islomni qabul qilganlar.
VIII asrdan boshlab qarluqlar Yettisuv yerlarini egallaydilar, o‘g‘uzlar esa Sirdaryoning quyi oqimidagi hududlarga siljiydilar. Issiqko‘lning shimoli sharqida chigil qabilalari yashardi, Issiqko‘l va Sharqiy Turkiston oralig‘idagi yerlarga esa yag‘mo qabilalari joylashgan edi.
Qabilalar orasida qarluqlar ancha badavlat va kuchli hisoblanardilar. Ular Taroz, Qulon va Merke kavu shaharlar bunyod etishgan. Tog‘ oldi tumanlarida ko‘chmanchilar kigiz o‘tlovlarda yashardilar. Ular ko‘plab chorva podalariga ega edilar.
X asrdan boshlab ko‘plab ko‘chmanchilar o‘troqlashib, ziroatchilik bilan shug‘ullana boshlaydilar. Shaharlarda hunarmandchilik va savdo rivojlanadi. Shu davrda Movarounnahr aholisi bilan savdo va madaniy aloqalar kuchayadi.
Somoniy hukmdorlar bir necha bor Yettisuvga yurish qilishga harakat qiladilar. Ismoil Somoniy 893-yili Tarozni egallaydi va shaharda machit qurishga buyruq beradi. Asta-sekin islom Yettisuvdagi turkiylar orasiga yoyila boshlaydi. Yozma manbalar 960-yilga kelib bu yerda «200 ming o‘tovli ko‘plab aholi islomni qabul qilgan»ligini xabar qiladi.


Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va ularning Movarounnahrga bostirib kirishi
X asrda Qoshg‘ardan (Sharqiy Turkiston) boshlab Isfijob (Chimkent viloyati) shahriga qadar bo‘lgan mulklarning katta qismi qarluq, chigil va yag‘molarning qo‘lida edi. Qoraxoniylarning birinchi hukmdori Bug‘roxon turkiy qabilalarni birlashtiradi. 992-yili u turkiylarning somoniylar davlatiga qarshi yurishiga boshchilik qiladi.
Sulolaning nomi qoraxon - «ulug‘xon» unvonidan kelib chiqqan. Turkiylarda hukmdorlarning unvoni odatda qabilaning totemi bilan bog‘liq bo‘lgan. Masalan yag‘molarning totemi tuya - «bug‘ro» bo‘lgan va hukmdor bug‘roxon unvoniga ega bo‘lgan. Sher - «arslon» chigillarning totemi hisoblangan, shu boisdan ularda eng oliy unvon «arslonxon» deb atalgan.
Qoraxoniylar Shosh va Farg‘onaga bostirib kiradilar. Bu paytda somoniylar davlati og‘ir tanglikni boshidan kechirayotgan edi. Inqiroz o‘zaro ichki urushlar tufayli kelib chiqqan edi. Movarounnahr viloyatlarining hukmdorlari markaziy hokimiyatga qarshi chiqadilar. Hatto mashhur turk g‘ulomlari gvardiyasi ham davlatni qutqara olmaydi.



Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling