Xi,XII asrlarda o’rta-osiyo davlatlari


Movarounnahrning bosib olinishi


Download 45 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi45 Kb.
#1547392
1   2   3
Bog'liq
QORAXONIYLAR DAVLATI VA MOVAROUNNAXR

Movarounnahrning bosib olinishi

Somomniylar hukmdori Nuh II (976-997-yillar) bug‘roxonga qarshi shoshilinch qo‘shin jo‘natadi. Lekin u yengiladi. Qoraxoniylar Buxoroga qarab yuradilar. Shaharga kiraverishda ular somoniylar qo‘shinini tor-mor qiladilar. Nuh mamlakat poytaxti Buxoroni tashlab chiqadi va shahar 992-yili Bug‘roxon tomonidan jangsiz egallanadi.


Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan Bug‘roxon og‘ir kasallika chalinadi. U Qoshg‘arga qaytishiga majbur bo‘ladi va yo‘lda vafot etadi. Nuh yuzaga kelgan vaziyatdan foydalana olmaydi.
996-yili qoraxoniylar hukmdori Buxoroga hujum boshlaydi. Nuh II somoniylarning g‘aznadagi noibi Sobuktekin yordamida qoraxoniylar bilan sulh tuzib, qoraxoniylarning Buxoroga xujumini bartaraf qiladi. Bitimga muvofiq Farg‘ona, Shosh hamda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimidagi yerlar to‘laligicha qoraxoniylar tasarrufiga o‘tadi.
997-yili somoniylar taxtiga oxirgi hukmdor Mansur ibn Nuh o‘tiradi. Ammo u hokimiyatda uzoq qolmaydi. 999 -yili qoraxoniy - eloq Nasr Buxoroni egallaydi. Somoniylarning Movarounnahrni qaytarib olishga urinishlari muvaffaqiyat keltirmaydi. Qoshg‘ardan Amudaryogacha bo‘lgan barcha yerlar Qoraxoniylar davlati tarkibiga kiradi.


Boshqaruv tizimi va siyosiy tarix
Qoraxoniylarning oliy hukmdori tamg‘achxonning qarorgohi dastlab Qoshg‘ar va Issiqko‘ldan uncha uzoq bo‘lmagan Chu daryosi bo‘yidagi Bolasog‘un shahrida edi. Davlat alohida uluslarga bo‘lingan bo‘lib, ularning boshliqlari eloqxon deb yuritilardi. Samarqand Movarounnahrning poytaxtiga aylanadi.
Qoraxoniylar Movarounnahrning ilgarigi boshqaruv tizimini amalda to‘laligicha saqlab qoldilar. Somoniylar devonlarining ko‘plab amaldorlari: vazirlar, hokimlar, raislar va muxtasiblar eloqxonlar xizmatiga o‘tadilar.
Somoniylar davlati o‘rnida ikkita yangi davlat - Qoraxoniylar va G‘aznaviylar davlatli tashkil topadi. G‘aznaviylar davlatiga Sabuktekinning o‘g‘li Mahmud G‘aznaviy (998-1030-yillar) asos soladi. Afg‘onistondagi G‘azna shahri mazkur mamlakatning poytaxti edi. Qoraxoniylar g‘aznaviylarga qarshi ikki bor harbiy yurish qildilar. 1006-yili bo‘lgan dastlabki yurish muvaffiqiyatli yakunlanadi va qoraxoniylar qo‘shinlari raqibning ba’zi shaharlarini egallashga muvaffaq bo‘ladilar. 1008-yilda bo‘lgan ikkinchi yurish qoraxoniylarning mag‘lubiyati bilan tugaydi. Mahmud G‘aznaviy ularning qo‘shinini tor-mor keltiradi. G‘aznaviylar qo‘shinida 500 ta jangovar fil ham bor edi.
1040-yilgi Dandanakon (Janubiy Turkmaniston) yonida bo‘lgan jangda g‘aznaviylar saljuqiylar sulolasi qo‘shinlari tomonidan tor-mor qilinadi. Saljuqiylar Turkmaniston hududida o‘z davlatlariga asos soladilar. Saljuqiylarning birinchi hukmdori To‘g‘rulbek bo‘ldi. Ular Eron, Ozarbayjon va Iroqni bosib oladilar. Yangi davlat hukmdorlari sulton unvoniga ega bo‘ladilar.
XI asr o‘rtalariga kelib Movaraunnahr qoraxoniylardan uzil-kesil mustaqil davlatga aylanadi. Qoraxoniylar sulolasidan bo‘lgan mahalliy hukmdorlar mustaqil siyosat yurgizdilar. Ular saljuqiylar bilan ko‘plab urush qildilar. 1089-yili saljuqiy Malikshoh Buxoro va Samarqandni qo‘lga kiritdi. Ammo u qoraxoniylar sulolasini yo‘q qilib yubormadi. 1130-yili Saljuqiy hukmdor Sulton Sanjar yana Samarqandni egalladi. Shu paytdan boshlab qoraxoniylar davlati saljuqiylarga qaram bo‘lib qoldi.
XII asrning 20-yillarida qoraxoniylarning Sharqdagi mulklarini qoraxitoylar bosib oladilar. Ular Enasoydan Yettisuvgacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan ulkan davlat tuzadilar. Uning poytaxti Bolasog‘un shahri edi.
1141-yili Samarqand yaqinidagi Katvon dashtida bo‘lgan jangda qoraxitoylar saljuqiylar va qoraxoniylarning birlashgan qo‘shinini tor-mor keltiradilar. Mag‘lub tomon qoraxitoylar hukmdori Gurxonga tovon to‘lashga majbur bo‘ladi. XII asrning ikkinchi yarmida Farg‘ona, Samarqand va Buxorodagi qoraxoniylar o‘rtasida o‘zaro ichki kurashlar avj oladi. Bu hol davlatni sezilarli darajada zaiflashtiradi.





Savol va topshiriqlar:

  1. X asrda Yettisuv va Issiqko‘l atroflarida yashagan qabilalar haqida so‘zlab bering.

  2. Qoraxoniylar kimlar edi? Ular qaysi yili somoniylar davlatiga qarshi yurish boshladilar?

  3. Qoraxoniylarning Movarounnahrni bosib olishlari qanday kechdi? Somoniylar davlati nima sababdan quladi?

  4. Qoraxoniylar davlatidagi boshqaruv tizimi haqida so‘zlab bering.

  5. Qachon Movarounnahr mustaqil qoraxoniylar davlatiga aylandi?

  6. G‘aznaviylar va saljuqiylar davlatlari hamda qoraxitoylar haqida so‘zlab bering.

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling