Xizmatini tashkil etish muammolari
Kichik biznes sub’ektlarida marketing kompleksi elementlarining
Download 67.72 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik-biznes-sub-yektlari-faoliyatida-marketing-xizmatini-tashkil-etish-muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Kichik biznes sub’ektlarida marketing kompleksi elementlari bilan bog’liq muammolar (mualliflar ishlanmasi) № Marketing elementlari
Kichik biznes sub’ektlarida marketing kompleksi elementlarining
xususiyatlari Elementlar Xususiyatlari Mahsulot (product) - an’anaviy usulda ishlab chiqariladigan; - talabi tez o‘zgaradigan, mavsumiy; - bozordagi hayotiylik davri bilan ishlab chiqarish davrining bir-biriga yaqinligi. Narx (price) - bozorga kiruvchi past narx strategiyasini qo‘llashi; - tannarxning pastligi; - o‘ta qayishqoq narx siyosatiga egaligi. Yetkazib berish (place) - tovar harakatining yo‘li qisqa; - yetkazib berishda kam sonli (2-4ta) pog‘onalar qatnashadi; - asosan, mahalliy bozoralrda pirovard iste’molchiga yaqin joylarda sotadi; - sotish miqdorining beqarorligi; - savdo nuqtalarini tezkor o‘zgartira olishi. Siljitish (promotion) - ko‘p mablag‘ sraf qilinadigan siljitish usullaridan kam foydalanishi; - vitrina va tashqi reklama vositalaridan ko‘proq foydalanishi; - tovarni targ‘ib qilishda mahalliy aholining ko‘magidan foydalanishi; - shaxsan sotish va propoganda usullaridan ko‘proq foydalanishi. Tadqiqotlarimizdan kelib chiqib, kichik biznes subyektlari faoliyatida marketing kompleksi bilan bog’liq muammolar aniqlandi. Har bir marketing kompleksi elementlari bilan bog’liq muammolar 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Kichik biznes sub’ektlarida marketing kompleksi elementlari bilan bog’liq muammolar (mualliflar ishlanmasi) № Marketing elementlari Marketing muammolari 1. Mahsulot (product) - mahsulot assortimentini kengaytirish; - mahsulot sifatini boshqarish; 1 Маслова Т.Д., Божук С.Г., Ковалик Л.Н. Маркетинг: Учебник. 3-е изд., перераб. и доп. –СПб.: Питер, 2008. -34 с. JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM) www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 2 (April) ISSN: 2181-3000 Page 72 - mahsulot “hayotiy davri”ni aniqlash; - mahsulot raqobatbardoshligini oshirish; - brendni tanitish. 2. Narx (price) - yirik korxonalarning narxlari ta’siri ostida qoladi; - narxlar o’ta qayishqoq bo’ladi; - ko’pchilik holatlarda past narxlar shakllanadi, bu esa iste’molchilarda “shubhali” fikrlarni vujudga keltiradi. 3. Yetkazib berish (place) - sotuv kanallarini yetarli darajada tovar bilan ta’minlay olmaydi; - ulgurji tovar sotish imkoniyati cheklangan; - logistik xarajatlarning oshib ketishiga olib keladi; - saqlash infratuzilmasining mavjud emasligi; - o’zining tashish uchun transportining yo’qligi. 4. Siljitish (promotion) - ommaviy reklama tarqatish vositalaridan foydalanish uchun yetarli mablag’ning yo’qligi; - sotishni rag’batlantirish dasturini ishlab chiqish uchun moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligi; - yarmarka va ko’rgazmalar uchun taqdim etiladigan namunalar cheklangan. Marketing kompleksini ishlab chiqish qo‘yilgan maqsadlarga erishishni eng yaxshi tarzda ta’minlay oladigan marketing qurollarining kombinatsiyasini qo‘llashdan iborat [9]. Marketing kompleksini shakllantirishga, birinchi navbatda, bozorning tanlangan maqsadli segmentidagi talabning ahvoli (rivojlanayotgan, salbiy, irratsional va hokazo) ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun kichik biznes sub’ektlari bozor vaziyatining xususiyatiga qarab, shuningdek, o‘zining imkoniyatlariga mos marketing vositalarining muayyan kombinatsiyasi asosida o‘zining strategik qarorlarini qabul qiladi. Marketing kompleksi elementlarini shakllantirish bozor vaziyati va korxona imkoniyatlaridan kelib chiqib nihoyatda xilma-xildir. Ularning xilma-xilligi marketing vazifalarini hal qilishning ko‘pgina strategik usullarining mavjudligi, iste’molchilarning ehtiyojlari o‘zgarishi, raqobat usullarining xilma-xilligi va boshqalardan kelib chiqadi. Kichik biznes sub’ektlari tomonidan marketingni qo‘llash bo‘yicha kasb etgan tajribasi, shu jumladan, uni boshqarish tajribasi ham, bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Ularning marketing, imkoniyatlar to‘g‘risidagi bilimlarining chuqurligiga, asosiysi esa, qo‘yilgan maqsadlarga erisha olishiga kichik biznes sub’ektida marketingdan ijodiy foydalanishning muvaffaqiyati yoki mag‘lubiyati bog‘liq bo‘ladi [10]. Tadbirkor marketing sohasida chuqur bilimga ega bo‘libgina qolmay, marketingni kichik korxona faoliyatiga joriy etish va bu ishni shaxsan boshqarishga qat’iy bel bog‘lashi kerak. Xulosa JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM) www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 2 (April) ISSN: 2181-3000 Page 73 Kichik korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish masalalari malakali kadrlar va vositalarning yo’qligi sababli ayniqsa dolzarb bo’lib qolmokda. Lekin shunga qaramay, bu yerda marketingai qo’yidagi yo’nalishlarda tashkil etish mumkin: 1) boshqa kichik korxonalar bilan birgalikda muayyan marketing tadbirlarini, masalan, bozorni o’rganish, reklama kompaniyalari va hokazolarni o’tkazish; 2) marketing vazifalarini korxonaning eng yaxshi tayyorgarlik ko’rgan xodimiga yuklash; 3) marketing tadbirlari (sotish tarmog’ini shakllantirish, assortimentni rivojlantirish, jamoatchilik bilan ishlash va hokazo)ni ishlab chiqish va joriy qilish uchun maslahatchilar va ekspertlarni taklif etish; 4) tashqi bozor kon’yunkturasini o‘rganish, talab va taklif, narxlar kon’yunkturasini tahlil qilib boruvchi marketing agentliklari, marketing tadqiqotlari olib boruvchi uyushmalar tashkil etish; 5) marketing markazlari, marketing firmalari faoliyatini rivojlantirish, ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida marketing tadqiqotlari markazlari faoliyatini tashkil etish; 6) marketing autsorsing tizimini rivojlantirish, tajribali yirik korxonalarning marketing xizmati mutaxassislarining maslahatlari, marketing funksiyalarini bajarishga jalb qilish. Download 67.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling