Xloroplastlar faqat oʻsimliklar va fotosintez qiluvchi suv oʻtlarida uchraydi. (Odamlar va boshqa hayvonlarda xloroplastlar mavjud emas.) Xloroplastning vazifasi fotosintez deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishdir. Fotosintez
Download 138.5 Kb.
|
xlorofil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xloroplastlar
KirishSizning tanangiz (trillionlab) hujayralardan iboratligini bilsangiz kerak. Oziq-ovqatlarni, ayniqsa, meva va sabzavotlarni isteʼmol qilishingiz kerakligining sababi ovqatlanish, oʻqish, piyoda yurish va hatto nafas olish kabi vazifalarni bajarish uchun zarur boʻladigan energiyani hosil qilish ekanini ham bilsangiz kerak. Brokkoli tarkibidagi energiyani tanangiz foydalanishi mumkin boʻlgan shaklga aylantirish uchun tanangizda aynan nima sodir boʻladi?Ushbu savolning javobi ikkita muhim organellaga bogʻliq: mitoxondriya va xloroplastlar. Xloroplastlar – bu boshqa oʻsimliklar va suvoʻtlar bilan bir qatorda brokkoli hujayralarida joylashgan organellalar. Ular yorugʻlik energiyasini yutib, uni oʻsimlik toʻqimalarida yonilgʻi molekulalari sifatida saqlaydi. Mitoxondriya oʻsimlik hujayralari bilan bir qatorda hujayralaringiz ichida ham mavjud. Ular brokkolining molekulalari (yoki boshqa yonilgʻi molekulalari)da saqlanadigan energiyani hujayra foydalanadigan shaklga aylantiradi. Keling, ushbu juda muhim ikki organellani batafsil koʻrib chiqamiz. XloroplastlarXloroplastlar faqat oʻsimliklar va fotosintez qiluvchi suv oʻtlarida uchraydi. (Odamlar va boshqa hayvonlarda xloroplastlar mavjud emas.) Xloroplastning vazifasi fotosintez deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishdir. Fotosintezda yorugʻlik energiyasi toʻplanib, karbonat angidriddan uglevod hosil qilish uchun ishlatiladi. Fotosintezda hosil boʻlgan uglevod oʻsimlik hujayrasi tomonidan ishlatilishi yoki oʻsimlikxoʻr hayvonlar (odamlar ham) tomonidan isteʼmol qilinishi mumkin. Ushbu uglevod tarkibidagi energiyaning ajratib olinishi oʻsimlik va hayvonlar hujayralarining mitoxondriyalarida sodir boʻladi. Xloroplastlar hujayra sitozolida joylashgan disk shaklidagi organellalardir. Bu organellalar tashqi va ichki membranalarga ega va ular orasida membranalararo boʻshliq mavjud. Ushbu qoʻshqavatli membranadan soʻng, markazda kattakon boʻshliqni koʻrishimiz, boʻshliqning ichidan esa membrana disklarini topishimiz mumkin. Bu membrana disklarini tilakoid, ularning oʻzaro bogʻlangan toʻplamini esa grana deb ataymiz. Xloroplastlarning tashqi, ichki membranasi, intermembrana boʻshligʻi, stroma va tilakoidlarning grana deb nomlanuvchi toʻplami koʻrsatilgan rasm. Oʻsimliklar bargiga yashil rang beruvchi xlorofill pigmenti yuqorida taʼkidlab oʻtilgan tilakoidning membranasiga oʻrnashgan boʻladi va aynan u yorugʻlik energiyasini yutilishida asosiy oʻrin egallaydi. Tilakoid disklarining ichidagi boʻshliq lyumen deb atalsa, tilakoidning tashqi tarafidagi suyuq modda bilan toʻlgan xloroplast boʻshligʻi stroma deyiladi. Siz xloroplast, xlorofill va fotosintez haqida batafsil maʼlumotni fotosintez maqolasidan bilib olishingiz mumkin. Download 138.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling