Xodimga 575 stavka qo’shib berish to'g'risida


Download 58.56 Kb.
bet7/7
Sana04.02.2023
Hajmi58.56 Kb.
#1164833
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

11. Xodimga:
Asosiy mehnat taʼtili 24 ish kuni
Qoʼshimcha taʼtil qonunchilikdagi tartibga ko‘ra belgilanadi.
Ish xaqi toʼlanmaydigan taʼtil Mehnat kodeksining 150-moddasiga asosan.
12. Xodim bilan ish beruvchi mazkur shartnoma ilovasiga muvofiq korrupsiyaga qarshi qoidalarning asosiy shartlariga rioya qilishga kelishib oldilar.
13. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mehnat sharoitlari va unga xaq to’lash hususiyatlari, ijtimoiy ximoya, imtiyozlar, kafolatlar va xokazolar bilan bog’liq bo’lgan boshqa shartlari.
13.1. SHARTNOMANI BEKOR QILISH SHARTLARI:
13.2. Mazkur shartnoma bir tomondan shartnoma bandlari bajarilmaganda, tashkilot tugatilganda yoki mulk shakli oʼzgarganda muddatidan oldin bekor qilinadi.
13.3. MEHNAT SHARTNOMASINING BOSHQA SHARTLARI:
13.4. Qoʼshimcha “Xodim” bilan “Ish beruvchi”ning oʼzaro mehnat munosabatlari Oʼz.Res. Mehnat Kodeksi xamda amaldagi qonun xujjatlari asosida tuziladi.
13.5. YAKUNIY QOIDALAR
13.6. Mazkur shartnomaga barcha qoʼshimcha oʼzgartishlar, ular agar yozma shaklda va ikki tarafdan imzolangan boʼlsa haqiqiy hisoblanadi.
13.7. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, har biri bir xil huquqiy kuchga ega.

Tomonlarning manzillari va imzolari: Ish beruvchi: Qarshi shahar maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 25-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti Манзил: Qarshi shahar, “Chulquvar” MFY

Xodim: G’ulomova Dilfuza Tuychiyevna
Manzili: Qarshi tumani Dasht qishlog’i ____________________________

____________________-sonli mehnat shartnomasiga ILOVA


Korrupsiyaga qarshi qoidalarning
ASOSIY SHARTLARI
1. Xodim ushbu mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida: pora taklif qilmaslik; va’da bermaslik; pul to‘lamaslik; tovlamachilik qilmaslik; bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik; pora olmaslik; biron-bir shaxs foydasiga yoki biron bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik; mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik; o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik majburiyatini oladi.
2. Xodim atrofdagi shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyishi shart. 3. Xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Respublika maktabgacha ta’lim vazirligining ichki hujjatlariga muvofiq manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishini oldini olish choralarini ko‘rishi va manfaatlar to‘qnashuvi yoki uning kelib chiqish ehtimoli haqida o‘ziga ma’lum bo‘lishi bilan darhol ish beruvchini yoki uning o‘rnini bosadigan shaxslarni xabardor qilishi shart.
4. Xodimlar orasida shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, xizmat majburiyatlaridan chetga chiqqan holda boshqa xodimlarning professional ish faoliyatiga aralashish, ma’lumot so‘rash hamda qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatish holatlari yuzaga kelganda Respublika xalq ta’limi vazirligining ichki hujjatlariga muvofiq darhol quyidagi aloqa kanallari orqali:
korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan ishonch telefoni 71-215-53-02, 71-215- 54-08.
Telegram-kanali: (@antikorbot);
davlat organi yoki takshlotining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xizmat telefon raqamiga xabar qilishi lozim; shaxsan Respublika maktabgacha ta’lim vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi manzillariga xabar qilinishi lozim.
5. Agar xodim Respublika maktabgacha ta’lim vazirligining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan va sodir etilishi rejalashtirilayotgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi faktlarni aniqlasa, u ushbu ma’lumotni aloqa kanallari orqali Respublika maktabgacha ta’lim vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul shaxslarga taqdim etishi shart.
6. Xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Respublika maktabgacha ta’lim vazirligining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan korrupsiyaga qarshi talablarni buzgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Xodim: M.Jaxonova __________________________
Download 58.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling