Ish beruvchining ko‘rsatmasiga binoan ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, xizmat safarida bo‘lish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, ochiq darslar o‘tkazish va boshqa turli tadbirlarda qatnashish) maqsadida xodim o‘z asosiy ishidan ozod etiladi.
Agarda yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar ish vaqtida o‘tkazilsa, bu holda xodimning ish haqi saqlanib qolinadi - mazkur tadbirlar ishdan tashqari vaqtda o‘tkazilsa, xodimga sarf qilingan vaqtiga mutanosib qo‘shimcha dam olish vaqti beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi 743-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan yillik ustama va yillik qo‘shimcha ta’tillar beriladi. Shuningdek, maktab xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashda mazkur qarorning 4-ilovasida kelirilgan yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlar inobatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |