Xodimlari kasaba uyushmasi


Download 220.22 Kb.
bet16/42
Sana09.01.2022
Hajmi220.22 Kb.
#267007
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
Касаба Шартнома 44

Ish beruvchi mehnatga haq to‘lashga va mehnatni me’yorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, shuningdek ularni joriy etish tartibini Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib oladi.

  • Maktabda oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalarning quyidagi turlari va miqdorlari o‘rnatiladi:

        • tungi vaqtdagi ish uchun 1,5 baravar haq to‘lanadi;

        • ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun - 2 baravar miqdorda haq to‘lanadi ;

        • xodimlarga bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvi bo‘yicha belgilanadi, lekin lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 % dan kam bo‘lmasligi kerak. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” qoidalari bajariladi) (160-modda);

        • O‘zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safarlari uchun va Ish beruvchining manfaatlarida, shuningdek lokal hujjatlarda nazarda tutilgan xollarda majburiy malaka oshirish kurslarida malaka oshirish davriga to‘laniladigan kompensatsiyalar “O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2003 yil 24 iyulda 83 va №7/12 son bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 29 avgustda 1268 raqam bilan ro‘yxatga olingan) hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasiga asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    a) yo‘l xarajatlari normativ asosida;

    b) doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;

    v) O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan bazoviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida sutkalik xarajatlar;

    g) xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.



        • O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safarlari uchun to‘lanadigan kompensatsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 19 noyabrda 2730-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015 yil 19 oktyabrdagi 92-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan) “Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga binoan amalga oshiriladi;


        • Download 220.22 Kb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling