Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uchun ishlab chiqarish zaruriyati deb quyidagi holatlarda bajarilishi lozim bo‘lgan tezkor va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hisoblanishi mumkin:
a) boshqa xodimning ishda vaqtinchalik hozir bo‘lmagan davrida (o‘quv sessiyasiga, mehnat ta’tiliga va haq to‘lanmaydigan ta’tilga ketishi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi sababli);
b) tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat, va boshqa favqulotda xodisalarning oldini olish zaruriyati yuzaga kelganda;
v) takomillashtirishlar natijasida vaqtinchalik ish to‘xtaganda.
Vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishlar muddati ishdagi zaruriyatini keltirib chiqargan omillarni bartaraf etish vaqti yoki bekor turib qolinishining butun davri bilan belgilanadi. Barcha hollarda Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddatining chegarasi yil davomida 60 kundan oshmasligi lozim.
Xodim Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrda unga bajarayotgan ishiga qarab, lekin avvalgi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |