Xodimlari kasaba uyushmasi
Download 220.22 Kb.
|
Касаба Шартнома 44
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish beruvchi
Ish beruvchi kamida ikki oy oldin Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga xodimlar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida axborot taqdim etadi va ishdan bo‘shatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o‘tkazadi
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilish haqidagi qarorini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega. Maktabda ro‘yxatdagi xodimlar o‘rtacha sonining 10 va undan ortiq foizi ishdan bo‘shatilishi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish deb hisoblanadi. (O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasiga binoan, xodimlarining umumiy soni 100 kishidan ortiq bo‘lgan tashkilotlardan ro‘yxatdagi xodimlar o‘rtacha sonining 10 va undan ortiq foizi ishdan bo‘shatilishi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish deb hisoblanadi). Ish beruvchi qisqartirilayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitish ishlarini tashkil etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Xodimlar soni qisqartirilayotganda qisqartirish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan quyidagi choralar nazarda tutiladi: a) o‘rindoshlikni, vaqtincha ishlaydigan xodimlar sonini cheklash, bir necha kasbda ishlashni taqiqlash, fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha bajariladigan ishlarni jamoaning o‘ziga berish; b) xodimlarning hoxishiga ko‘ra ularga ish haqi saqlanmagan holda qisqa muddatli ta’tillar berish; v) qisqartirish to‘g‘risidagi ogohlantirish amal qilayotgan davrda xodimning o‘z hoxishi bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishini tomonlar kelishuviga binoan ogohlantirish muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya to‘lash bilan amalga oshirish; g) xodimlar soni qisqartirilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirish olgan xodimga ogohlantirish muddati davomida o‘ziga qulay vaqtda boshqa ish qidirish uchun haftada bir kun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqini berish. Agar xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 103-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega bo‘lmasalar, u holda xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan quyidagi holatlar inobatga olinadi: a) nogironlik; b) pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlik (ayollar 53 yosh, erkaklar 58 yosh); v) ishlayotgan yolg‘iz onaning qaramog‘ida 14 yoshga to‘lmagan bolalar mavjudligi; g) og‘ir betob yoki nogironligi bo‘lgan oila a’zosini parvarishlayotganligi. Download 220.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling