V. MEHNATGA HAQ TO‘LASH.
KAFOLATLI TO‘LOVLAR VA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI
Pedagoglar va xodimlar mehnatiga haq to‘lash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son qarori,Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli hamda 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ish haqini to‘lash muddatlari:
birinchi yarim oy uchun - joriy oyning o‘n beshinchi sanasigacha;
ikkinchi yarim oy uchun - keyingi oyning o‘ninchi sanasigacha;
Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi
Xodimning roziligi bilan ish haqining bir qismi uning plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi, bunday o‘tkazma miqdori to‘lanadigan summaning 50 foizidan oshmaydi.
Xodimga haq to‘lash mazkur Shartnomada belgilangan muddatlarga nisbatan xizmat ko‘rsatuvchi bankning aybi bilan kechiktirilganda – Ish beruvchi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 264-sonli Qarori asosida tuzilgan bank va mijoz o‘rtasidagi xizmat ko‘rsatish shartnomasiga binoan) bank rahbariyatiga jarima undirish to‘g‘risida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq to‘lashni tartibga solishga yo‘naltirishni o‘z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |