Xodimlari kasaba uyushmasi


Download 220.22 Kb.
bet8/42
Sana09.01.2022
Hajmi220.22 Kb.
#267007
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
Касаба Шартнома 44




Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida ma’qullangan


2021 yil «7»-yanvar

Bayon № 1




O‘rta Chirchiq tumani 44-sonli umumta’lim maktabi
2021-2023 yillar uchun
JAMOA SHARTNOMASI

Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan jamoa shartnomasiga imzo chekdilar:





Ish beruvchi maktab direktori


Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

G.Saidov


(F.I.O.)

G.Adilova

(F.I.O.)


2021 yil «7»-yanvar

2021 yil «7»-yanvar


Jamoa shartnomasiga imzo chekish vaqtida quyidagilar hozir bo‘ldilar:


Ish beruvchi vakillari

G.Saidov

1.A.Tulubayev

2. N.Ergashev

3. D.Sharipova

Xodimlar vakillari

G.Adilova

1.G.Umarova

2.S.Kenjaqulova

3.K.Djumadillayeva


I. UMUMIYQOIDALAR

  1. Mazkur jamoa shartnomasi (keyingi o‘rinlarda «Shartnoma») XTB tizimidagi 44-sonli umumta’lim maktabida ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, «Aholi bandligi to‘g‘risida», «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida», «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida», «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi o‘rtasida tuzilgan Bosh Kelishuv, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Tarmoq kelishuvi va boshqa huquqiy va me’yoriy hujjatlarga asoslanib ish beruvchi va xodimlarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish masalalaridagi hamkorligi to‘g‘risida tuzilgan.

  2. Mazkur Shartnomaning taraflari deb quyidagilar hisoblanadi:

- 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori G.Saidov timsolida
- xodimlar maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G.Adilova timsolida


  1. Shartnoma shartroma imzolangan kundan kuchga kiradi va 2023 yilgacha amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o‘zgartirguncha, to‘ldirguncha amalda bo‘ladi.

  2. Mazkur Shartnoma Ish beruvchiga va Maktabning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga, o‘rindosh xodimlarga hamda maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasiga biriktirilgan kichik nodavlat tashkilotlarning xodimlariga ham tatbiq etilishi mumkin.

  3. Mazkur Shartnomada nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

xodimning oila a’zolariga;

yoshga doir pensiyaga chiqishi munosabati bilan mehnat munosabatlari ish beruvchi tomonidan bekor qilingan shaxslarga;

kasaba uyushmasi qo‘mitasining shtatdagi xodimlariga (agar mavjud bo‘lsa);

mazkur maktabda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli zarar etkazilishi oqibatida jabrlangan sobiq xodimlarga;

mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan xodim qaramog‘ida bo‘lgan va zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga;

kasaba uyushmasi a’zolariga (kasaba uyushmasi byudjeti hisobidan beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar qismida).



  1. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taraflarning o‘zaro roziligi bilan Mehnat kodeksida uni tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  2. Ish beruvchi barcha xodimlarni, shu jumladan ishga yangi qabul qilingan xodimlarni, jamoa shartnomasi, shuningdek Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib qabul qilingan Maktabning boshqa lokal hujjatlari bilan tanishtirish, jamoa shartnomasining mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma’lumotlar oshkoraligini (majlislar, mas’ul xodimlar hisobotlari, axborot stendlari va hokazo orqali) ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

  3. Maktabga yangi ishga qabul qilingan xodimlarni dastlab kasaba uyushmasi qo‘mitasida tanishuv suhbatidan o‘tishi yo‘lga qo‘yiladi.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-moddasiga muvofiq, kasaba uyushmasi organlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirish hamda nazorat qilishni amalga oshiradilar. Kasaba uyushmasi vakillarining maktabga ushbu masala yuzasidan faoliyat olib borishlariga to‘sqinlik qilinmaydi.

  5. Xalqaro mehnat tashkilotining “Muassasalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risida”gi 135-Konvensiyasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995 yil 18 dekabrda 196 raqam bilan ro‘yxatga olingan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil haqida Nizom”ning 12-bandiga binoan xodimlarning quyidagi toifalari mazkur kelishuv maqsadlarida Mehnatkashlar vakillari deb e’tirof etiladilar:

a) saylab qo‘yiladigan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va a’zolari;

b) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil;

v) mehnat nizolari komissiyasining a’zolari.

Xodimlarning vakillik organlari a’zolarining mehnat sohasidagi qo‘shimcha kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasiga muvofiq belgilanadi.



  1. Maktab pedagog - o‘qituvchilari va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tarkibiga kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakilini kiritadi.

II. MAKTABNING IQTISODIY FAOLIYATI


  1. Taraflar mehnat vazifalarining halol va sifatli bajarilishi xodimlar farovonligining negizi ekanligini e’tirof etadilar.

  2. Download 220.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling