Xodimlarni boshqarishda inson psixologiyasini


Download 238.4 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi238.4 Kb.
#143567
Bog'liq
personal 2


XODIMLARNI BOSHQARISHDA

INSON PSIXOLOGIYASINI

O’RGANISH
  • Biz kundalik hayotda hoxlaymizmi yo’qmi turli insonlar bilan muloqot qilishga majburmiz, ba’zan bu hol hayotimizga o’ziga xos zavq bag’ishlasa, ba’zi hollarda stress holatiga tushishimizga sabab bo’ladi.


  • Insonlar asosan 4 ta tipdagi temperament ( mijoz) bilan

  • xarakterlanadi: ( lekin xech birida bir temperament to’liq

    holda uchramaydi ,shunchaki nisbatan biri boshqasidan ustunroq bo’ladi)



    Melanxolik, xolerik, sangvinik va

    flegmatik.

1. Melanxoliklar — asab tizimlari zaif, tezda ranjiydigan, ta’sirchan, yangi sharoitga sekin ko‘nikadigan, bir qarorga kelishlari o‘ta mushkul bo‘lgan xarakter egalaridir. Ko‘pincha ularning ovozlari past chiqadi. Hayotda arzimas muvaffaqiyatsizlikka uchrasalar ham tez tushkunlikka tushadilar. SHuning uchun bunday paytda ularni qo‘llab-quvvatlash kerak.

Melanxoliklar maqsad sari intilsalarda, bu yo‘lda uchraydigan to‘siqlarni yengishga irodalari yetmasligini, asablari dosh bermasligini bilsalar, maqsadlaridan osonlikcha voz kechishlari mumkin. Kundalik hayotda melanxoliklar har narsaga e’tiborli va ehtiyotkor bo‘lishadi. Tavakkal qilishni yoqtirishmaydi. Ular shuning uchun ham kamdan-kam hollarda xavf-xatarga uchraydilar.

Melanxoliklar go‘zallikka intiluvchan, iste’dodli, ijodkor guruh vakillaridir. Ko‘pgina buyuk yozuvchilar, shoirlar, musiqachilarning temperamenti aynan mana shu guruhga mansub bo‘lgan.
  • Xoleriklar — melanxoliklarga batamom qarama-qarshibo‘lgan temperament

  • vakillaridir. Ular juda faol hayot kechirishga o‘rganganlar. Bir ishga qiziqib ketsalar,

    oxirigacha yetkazmasdan qo‘ymaydilar. Ko‘pincha ularning harakatlari va so‘zlarida

    keskinlik, ba’zida esa qo‘pollikni ham ko‘rish mumkin. Ular kutishni yomon ko‘radilar.

    Xoleriklar olmasdan — olib qo‘yadigan, gapirmasdan — baqiradigan, yurmasdan —

    uradiganlar toifasiga kiradilar. Ularning harakatlari fikrlaridan oldin yuradi,

    shuning uchun ham ular bir ishni qilib qo‘yib, keyin fikr yuritadilar. Xoleriklarni vazmin,

    deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Ular gohida xushchaqchaq va dilkash suhbatdosh, gohida esa

    serjahl va asabiy holatda bo‘ladilar. Ana shunday paytda ularni umuman gap tushuntirib

    bo‘lmaydigan darajadagi odam qiyofasida ko‘rishingiz mumkin. Boshqa tarafda esa,

    xoleriklar fanlarni, bilimlarni oson o‘zlashtiradilar. Ulardan yaxshi, qiziqarli fikrlar chiqadi,

    lekin bu fikrlarni hayotga tadbiq qilish uchun ularga sabr-toqat yetishmaydi.
  • Sangviniklar— xoleriklarga o‘xshab mustahkam asab tizimiga egalar,

  • lekin ularga nisbatan vazmin va bosiq temperament vakillaridirlar.

    Ular o‘z his-hayajonlarini (emotsiyalarini) jilovlashni ham,

    ortiqcha asabiylashmaslikni ham yaxshi uddalaydilar. Sangviniklarni yangi

    sharoitga tez ko‘nikadigan, odamlar bilan darhol til topishib ketadigan, tavakkal

    qilishni yaxshi ko‘radigan insonlar deyish mumkin. Ularning nutqlari tez,

    ovozlari baland bo‘ladi va shu bilan birga ular mimika va imo-ishoralar bilan gapiradilar.

    Sangviniklarning didlari hamda qiziqishlari tez-tez o‘zgarib turadi. Bir ish bilan

    doimiy shug‘ullansalar, bu ishdan tez zerikadilar va o‘zlariga boshqa

    mashg‘ulot topishga harakat qiladilar.

4.Flegmatiklar— xotirjam, og‘ir, bosiq va uncha-bunchaga pinaklarini ham

buzmaydigan temperament egalaridir. Ular ko‘p gapirishdan ko‘ra ish bilan

shug‘ullanishni afzal ko‘radilar.Ularning harakatlari sekin, nutqlari ravon bo‘ladi.

Har qanday muvaffaqiyatsizlik ularning asab tizimlariga zarracha ham ta’sir qilmaydi.

Flegmatiklar juda yomon sharoitlarda ham uzoq va tirishqoqlik bilan ishlashlari

mumkin. Yangi sharoitlarga sekin ko‘nikadilar, shuning uchun o‘zgarishlarni yomon

ko‘radilar.

Xoxlamayman bilaman, ifodalayman

Xoxlayman, bilaman, ifodalay olmayman

Xoxlamayman ,bilmayman, ifodalay olmayman

Xoxlayman,

bilmayman , uddalayman

Xoxlamayman

Bilaman,


uddalayman

Xoxlamayman,

Bilmayman,

uddalayman

Xoxlamayman,

Bilmayaman, uddalay olmayman



Shaxsning

Ijtimoiy

turlari
Download 238.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling