Xodimlarning mehnatga moslashish jarayoni. Reja: Mehnatga moslashuvning mohiyati va tuzilishi


Download 33.22 Kb.
bet3/3
Sana02.08.2023
Hajmi33.22 Kb.
#1664699
1   2   3
Bog'liq
XODIMLARNING MEHNATGA MOSLASHISH JARAYONI

Tashkilot ichidagi martaba xodimning bitta tashkilot doirasidagi rivojlanish bosqichlarining almashinib turishini qamrab oladi. U uchta yo’nalishda amalga oshiriladi: martabaning vertikal yo’nalishi-bu tarkibiy pog’onaning yanada yuqoriroq darajaga ko’tarilishidir; gorizontal yo’nalish-faoliyatning boshqa funktsional sohasiga qo’shilish yoki tashkiliy tuzilma qat’iy tarzda rasman biriktirib qo’yilmagan tashkiliy tuzilmada muayyan xizmat vazifasini bajarishdir (masalan, vaqtincha tashkil etilgan maqsadli guruhning rahbari vazifasini bajarish va hokazo). Gorizontal martaba qo’shimcha haq to’lash hisobiga avvalgi bosqichdagi vazifalarni kengaytirish yoki murakkablashtirishni kiritish mumkin; markazga intiluvchi yo’nalish-xodimlar uchun birmuncha maroqli bo’lsa ham, ko’proq hollarda ko’zga tashlanmaydi. Bu-tashkilotning rahbariyati tomon qilinadigan harakatdir. Masalan, xodimni o’zi uchun ilgari qulay bo’lmagan uchrashuvlarga, rasmiy va norasmiy tarzdagi kengashlarga taklif etish, samimiy tarzda murojaat qilish va hokazolardir.
Martabaning turli bosqichlarida xodim turli ehtiyojlarni qondiradi. Dastlabki bosqich maktabda o’qish o’rta va oliy ma’lumot olishni o’z ichiga qamrab oladi va 25 yoshgacha davom etadi. Ana shu davr mobaynida inson faoliyat turini izlash maqsadida bir qancha ishlarni almashtirishi mumkin. Qaror topish bosqichi taxminan besh yil davom etadi (25 yoshdan 30 yoshgacha). Xodim ana shu davrda tanlagan kasbini o’zgartiradi, zarur ko’nikmalarni egallaydi, uning malakasi yuzaga keladi, o’zini namoyon qilish sodir bo’ladi va mustaqillikka ega bo’lish ehtiyoji tug’iladi. Odatda, bu yoshda oila tuziladi va shakllanadi, shuning uchun tirikchilik uchun zarur bo’ladigan «eng kam miqdordan» yuqoriroq ish haqi olish istagan paydo bo’ladi. Xizmatda ko’tarilish bosqichi 30 yoshdan 40 yoshgacha davom etadi. Ana shu davrda malakaning ortishi, xizmatda ko’tarilish sodir bo’ladi. Amaliy tajriba to’plash, malaka orttirish, o’zini namoyon qilishga ehtiyoj tug’iladi, yanada yuqoriroq maqomga ega bo’li shva ko’proq mustaqillikka erishish istagi tug’iladi, shaxs sifatida o’zini namoyon qilish boshlanadi. Saqlash bosqichi erishilgan natijalarni mustahkamlashga doir harakatlar bilan ajralib turadi va 40 yoshgacha davom etadi. Malakani takomillashtirish davri boshlanadi va faol ishlar natijasida va maxsus ta’lim olish tufayli malaka yanada ortadi, xodim o’z «maktabi»ni yaratishga o’z bilimlarini yoshlar bilan baham ko’rishga qiziqadi, ijod qilishga intiladi, bu davrda xizmat sohasida yangi bosqichga ko’tarilishi sodir bo’lishi mumkin. Garchi bu davrda xodimning ko’pgina ehtiyojlari qondirilgan bo’lsa ham, uni o’zi olayotgan ish haqi darajasi qiziqtiradi, boshqa daromad manbalarini topishga intilish (masalan, boshqa tashkilotlarning foydasiga, sarmoyasida, aktsiyalar, obligatsiyalarda qatnashish va hokazo) paydo bo’ladi. Yakuniy bosqich 55 yoshdan 65 yoshgacha davom etadi. Bu davrda inson pensiya haqida jiddiy o’ylay boshlaydi, ishdan ketish tashvishda bo’ladi. Xuddi shu davrda o’ziga munosib o’rinbosar izlash, uni o’rnida qoldirishga tayyorlash harakatlari ko’zga tashlanadi. Xodim avvalgi ish haqi saqlanib qolsa-da, boshqa daromad manbalari ko’payishini istaydi, chunki bu dargohdan pensiyaga chiqib ketgandan keyin pensiyasi miqdoriga qo’shimcha bo’lib, kuniga yaraydi. Pensiya bosqichida mazkur korxonadagi martabasi (faoliyati) yakun topadi. O’zini boshqa faoliyat sohalarida ko’rsatish imkoni paydo bo’ladi, holbuki mehnat jamoasidagi ish davrida uni ro’yobga chiqarishning iloji bo’lmagan yoki shunchaki qiziqish hisoblangan edi. O’ziga va o’zi singari pensionerlarga hurmat-e’tibor ortadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 374-382 betlar.
2.Abdurahmonov Q.H., Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 161-166 betlar.
3.Shoyusupova N.T. «Mehnat sotsiologiyasi» Toshkent-2004 yil, 32-42 betlar.
Download 33.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling