Xodimlarning mehnatga moslashish jarayoni. Reja: Mehnatga moslashuvning mohiyati va tuzilishi
Download 33.22 Kb.
|
XODIMLARNING MEHNATGA MOSLASHISH JARAYONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy tanlash
Mehnatga moslashish omillari-bular mazkur jarayonning kechishi, muddatlari, sur’atlari va natijalariga ta’sir ko’rsatuvchi shart-sharoitlardir. Ular orasida sub’yektiv va sub’yektiv omillarni ajratib ko’rsatish mumkin. Ob’yektiv omillar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq omillar bo’lib, ular xodimga unchalik bog’liq bo’lmaydi, bu omillarga mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, mehnatning sanitariya-gigiena shart-sharoitlari, jamoaning katta-kichikligi, korxonaning qaerda joylashganligi, tarmoq ixtisoslashuvi vash u kabilar kiradi.
Sub’yektiv (shaxsiy) omillarga esa quyidagilar kiradi: -Xodimning ijtimoiy–demografik xususiyatlari (jinsi, yoshi, ma’lumoti, malakasi, ish staji, ijtimoiy ahvoli va hokazolar); -ijtimoiy-psixologik xususiyatlar (da’volar darajasi, mehnat qilishga hozirlik, omilkorlik ishlab chiqarish vaziyatida tezda yo’l topib olish, o’zini-o’zi nazorat qilish qobiliyati va o’z harakatlari, hamda, ishlarini vaqt jihatidan taqsimlay olish, chiqishimlilik vash u kabilar); -sotsiologik omillar (kasbiy qiziqish, mehnat samaradorligi va ish sifatidan moddiy va ma’naviy manfaatdorlik va hokazolar darajasi). Ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarishdagi moslashuv jarayonida xodimning shaxsiy imkoniyatlari ham muayyan ahamiyatga egadir. Kasb yo’naltirish, moslashuv va korxonada kar’era tizimi. Agar kasb to’g’ri tanlangan bo’lsa, moslashuv (ko’nikish) ancha tezroq va muvaffaqiyatliroq kechadi. Kasbiy tanlash-bu ilmiy asoslangan usullar yordamida insonning u yoki bu ishni bajarishga tibbiy, ijtimoiy va psixofiziologik jihatdan yaroqligini shakllantirish darajasi va imkoniyatlarini aniqlashdir. Kasbiy tanlashning vazifasi-tanlangan kasbdan qoniqmaslik natijasida, hamda xodimning zarur qobiliyatlari va mayllari yo’qligi tufayli sarf bo’lgan xarajatlarni qisqartirish, kamaytirishdan iborat. Kasbiy tanlash ikki bosqichda amalga oishiriladi: birinchi bosqichda kuzatuv materiallari, ishchi jarayonlarini so’rovlar, test savollariga jalb qilish, rahbarlar, yetakchi mutaxassislar bilan suhbatlashish asosida professiogramma-kasbnoma (kasblarni har tomonlama tasvirlash orqali ishchi, mutaxassis topshiriqni qanday va qaysi mehnat qurollari yordamida, ishlab chiqarishning qanday texnikaviy sharoitlarida bajarishi lozimligi haqida tasavvur beradi) tuzib chiqiladi. Ikkinchi bosqichda korxonaga ishgakirayotgan yoshning tibbiy dalillar, mayllar, ijtimoiy, ruhiy va fiziologik xususiyatlari o’rganiladi. Shular asosida shaxsiy xaritatuzib chiqiladi, unda insonga ijtimoiy jihatdan baho beriladi (ongligi, kasbiy faoliyatining sabablari, kasbiy qiziqishlari, fikr doirasining kengligi, ishlab chiqarish faoliyatidan qoniqish hosil qilganligi), psixologik baho beriladi (oliy nerv faoliyatining turi, miya boshqaruv tizimlarining tuzilish xususiyatlari). Shaxsiy xaritani tuzib chiqish uchun, odatda, asosan, ikkita usuldan foydalaniladi: testlar tizimi–masalalar to’plamidan iborat bo’lib, ularni yechish jarayonida insonning psixofiziologik xususiyatlari va sifatlari: diqqati, temperament iva shu kabilar namoyon bo’ladi; ishga kiruvchilar bilan shaxsiy suhbatlashish, so’rovnoma tarqatish. Korxonalarda va tashkilotlarda xodimning o’qishi, ish staji, egallagan kasbiy malakalari, tashabbuskorligi va sifatli mehnat qilish natijalaridan manfaatdorlik sifatlariga qarab, lavozim va kasblar bo’yicha vazifalarga ko’tarish tizimi amalga oshirishi lozim. Martaba-bu insonning butu nish bilan bog’liq yillari mobaynida mehnat tajribasi va faoliyati bilan bog’liq alohida anglab yetilgan nuqtai nazar va xulq-atvoridir. Martabaning ikki turi: kasbiy va tashkilot ichidagi martaba mavjud. Kasbiy martaba shu bilan ajralib turadiki, muayyan xodim o’zining kasb sohasidagi faoliyatida turli rivojlanish bosqichlarini o’taydi: ta’lim oladi, ishga kiradi, kasbiy jihatdan o’sadi, alohida kasbiy qobiliyatlari qo’llab-quvvatlanadi, pensiyaga chiqadi. Download 33.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling