Xoja buxoriy


I.2. Jaxon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi


Download 62.81 Kb.
bet4/7
Sana06.04.2023
Hajmi62.81 Kb.
#1331699
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yurtimiz allomalarining kalom ta\'limoti rivojidagi o\'rni

I.2. Jaxon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi.
Xasan II ning masjidi, Kasablanka, Marokash:
Masjidning qurilish ishlari 1993-yilda yakunlangan bo‘lib, uni qurish uchun 800 million dollar mablag‘ sarflangan. Barcha pullar ehsonlar hisobiga yig‘ilgan. Masjidning balandligi 210 metr. Inshoot “Mavritaniya” me’moriy uslubi an’analariga rioya qilingan holda qurilgan. Bir vaqtning o’zida 25000 kishini o’z bag’riga sig’diraoladigan masjidni, Fransuz arxitektori Mishel Pinso loyihalashtirgan.
ZUMRAD IBODATXONASI. TAILAND, BANGKOK
Buddizm markazlaridan biri bo’lmish Tailand, o’zining ko’p asrlik tarixi bilan birga, diniy arxitekturaviy an’analariga ega. Chiang May provinsiyasidan 15 km g’arbda joylashgan. Uning Taicha nomi “Vat Pratxat Doi Sutxep”. Inshoot markazida 20 metrli ulkanoltin tusli minora joylashgan
PYOTR SOBORI. VATIKAN.
Sobor 1506-1626 yillarda qurilgan. Inshoot kafedral sobor hisoblanadi.
“BAROKKO” arxitekturaviy usulda bunyod etilgan. Balandligi 136,6 metrni tashkil etadi. Yevropaning mashxur arxitektorlari : Mikelanjelo, Bernardo,RafaelSanti, Jakomo, Rosselino, Sangallo, Perutsiy va boshqalar.
Shayx Zayd masjidi, Abu-Dabi, BAA:
Shayx Zayd masjidi ulkan tort misoli bo‘lib, nozik va nafis minora bilan bezatilgan. Masjidga o‘rnatilganeng katta qandil, eng katta gilam va marmar mozaikasi o‘ziga xos rekordni qayd etgan. Gumbazlari soni 82 ta bo’lgan masjid, 40000 odamni o’z bag’riga sig’diradi. Inshoot 4 ta minoraga ega, har birining balandligi 107 metr.
Ichki ko’rinishi Meskita, Kordova,Ispaniya:
G‘arbiy Yevropadagi islom o‘tmishining yorqin namunasi Kordova shahrida joylashgan. O‘rta asrlarda ushbu masjid kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turgan. Uni qurish ishlari VIII asrda boshlangan bo‘lib, XIII asrga qadar davom etgan. Hozirda ushbu masjud xristian dinining cherkoviga aylantirilgan.
ICHKI KO’RINISHI SAMYE. XITOY, SHANYAN
Tibet muxtor hududidagi 1-monastiir “Samye-gompa” dir. Uning qurilishi 799- yilida tugallangan. Monastir Tibet buddizmining markazi hisoblanadi. VII asrda qirol Songtzen Gampo tomonidan bunyod etilgan. Inshoot Bihardagi (Hindiston) ibodatxonadan andoza olib barpo qilingan.
Jome masjid, Dehli, Hindiston: XVII asrda Eski Dehli ko‘chalarining markaziga qurilgan ajoyib yodgorlik. Jome masjid Shohjahon buyrug‘iga asosan qurilgan. Bino hind-islom ramzlarini o‘zida mujassam etadi. Dehli me’morchiligining ajralmas qismi bo’lgan masjid O’rta Osiyo me’morchiligining belgilarini o’zida mujassam etgan. Inshoot an’anaviy qizil rangda barpo qilingan.
Bibixonim masjidi, Samarqand, O‘zbekiston:
Uzoq vaqtga qadar XV asrda (1399-1404 yillar) qurilgan Bibixonim masjidi islom olamida eng ulkan masjid deya hisoblangan. Masjid Amir Temur buyrug‘iga asosan qurilgan. Inshoot O‘rta Osiyo arxitektura me’morchiligini klassik na’munasi. Masjid to’rt tomondan ravoq va peshtoqlar bilan o’ralgan. Poydevori xarsangtoshdan, devorlari pishiq g’ishtdan qurilgan.
Rossiyaning Qozon shahri yaqinidagi bir posyolkada 1992-yildan beri antiqa bir ibodatxona qurilmoqda. Uning tomida barcha yirik dinlar ramzlarini ko’rish mumkin. “Butunjahon ibodatxonasi” qurilishi tashabbusi bilan chiqqan inson besh yil oldin vafot etgan, biroq uning ishini oila a’zolari davom ettirmoqda.
“Barcha dinlar ibodatxonasi” yoki “Butunjahon ibodatxonasi” deb nomlanuvchi bu joy ham masjid, ham cherkov, ham sinagoga vazifasini o’tashi mumkin.
1992-yilda qurilishi boshlangan ibodatxona 16 ta din va g’oyib bo’lgan sivilizatsiyalar e’tiqodini o’zida mujassamlashtirishi rejalangan.
Rossiyalik rassom, me’mor, haykaltarosh va tabib Ildar Xanov tushida Iso payg’ambarni ko’rganidan so’ng qurilishga jazm qilganini aytgan. Biroq ibodatxona qurilishini yakunlash unga nasib etmadi.
“Iso payg’ambar akamning tushida unga ibodatxona qurishni buyurdi. Akam pul yo’qligiga ishora qilganida Iso “sen ishni boshlayver, pulning g’amini yema” deb javob bergan”, - deydi rassomning ukasi Ilgiz Xanov.
Imorat turli din va oqimlarni ifoda etuvchi shaklda qurilmoqda. Masalan, Qadimiy Misr e’tiqodlariga bag’ishlangan xonasi ham bor.
“Dunyoda ikkinchi bunday ibodatxonani topa olmaysiz. Mehmonlarni bu joyning antiqaligi o’ziga tortadi”, - deydi ibodatxona ma’muri Farid Xayrullin.
Ibodatxona qurilishi uchun pul dunyoning turli burchaklaridan, loyihaga qiziqish bildirgan odamlardan tusha boshladi.
“Odamlar yuz tuzilishi yoki dini boshqa bo’lgani uchun o’zini boshqalardan ajratmasligi kerak. Bu joy bag’rikenglik timsolidir”, - deydi indoneziyalik sayyoh Rafita Pandiangan.
“Buddistlikka bag’ishlangan bu xonada sokin energiya va saodatni his qilish mumkin. Odamlar bu yerga qayta kuch to’plash uchun, bu joyda olingan kayfiyatni o’zi bilan olib ketib, hayotini yaxshilash uchun keladi”, - deydi bu ayol.
Ibodatxona turli din vakillari sig’inadigan joy sifatida qurilayotgani yo’q. Imorat barcha dinlarning me’moriy ramzi va muzeyi bo’lib xizmat qiladi.



Download 62.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling