Xoja buxoriy


II BOB. Mutafakkirlari ulug‘langan yurt


Download 67.58 Kb.
bet5/8
Sana09.04.2023
Hajmi67.58 Kb.
#1346603
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Turdiyev Islom

II BOB. Mutafakkirlari ulug‘langan yurt.
II.1. Mutafakkirlarning yurtimizda tutgan o’rni.
Tarixdan yurtimiz mutafakkirlar diyori sifatida islom olamida mashhur bo‘lib kelgan. Yurtimiz allomalarining boy ilmiy-ma’naviy merosi asrlar osha nafaqat xalqimiz, balki butun musulmon dunyosi ma’rifati uchun manfaatli manba bo‘lib xizmat qilayotgani buning yorqin dalilidir. Movarounnahr diyorini “islom daraxtining serhosil shohlari”ga qiyoslanishi ajdodlarimizining islom tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun berilgan yuksak e’tirof hisoblanadi.
Qayd etish joizki, istiqlol sharofati tufayli yurtimiz allomalarining hayoti va ilmiy-ma’naviy meroslarini o‘rganib, keng jamoatchilikka yetkazish imkoniyati yaratildi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq hukumatimiz tomonidan milliy va diniy qadriyatlarni tiklash, ulug‘ ajdodlarimizning yorqin xotiralarini e’zozlash, ularning ilmiy-ma’naviy meroslarini o‘rganib, keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimizni ma’rifiy islom ta’limotlari bilan bahramand etish borasida qator tadbirlar amalga oshirila boshladi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi I.Karimovning “mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi” kabi fikrlari buning yaqqol dalilidir.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Hakim Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk allomalarning maqbara va ziyoratgohlari, Buxoro shahridagi tarixiy “Kalon” masjidi, “Abduxoliq G‘ijduvoniy” majmuasi, Samarqand shahridagi “Shohi Zinda” majmuasi, Toshkent shahridagi “Hazrati Imom (Hastimom)” majmuasi va boshqa shu kabi ko‘pgina muqaddas qadamjolar qayta tiklanib, obod etildi.
Ulug‘ mutafakkirlar xotirasini abadiylashtirish va boy ma’naviy merosiini o‘rganish maqsadida 1993 yili Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi, 1995 yili Mahmud Zamaxshariy tavalludining 920 yilligi, Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi, 1998 yili Imom Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy yil bo‘yicha 1225 yilligi, 1999 yili Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1130 yilligi, 2000 yili Burhoniddin Marg‘iloniy tavalludining 910 yilligi, 2003 yili Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi hamda 2004 yili Xoja Ahror Valiy 600 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Tadbirlar doirasida xorijiy va mahalliy olimlar, tadqiqotchilar ishtirokida ilmiy anjumanlar o‘tkazildi.
Istiqlol yillarida Qur’oni karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi, tafsirlari, islom olamida Qur’ondan keyingi eng mo‘’tabar manba hisoblangan Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” hamda Imom Termiziyning “Sunani Termiziy” hadislar to‘plamining tarjimasi, “Al-adab al-mufrad”, “Shamoili Muhammadiy” asarlari, Burhoniddin Marg‘iloniyning shariat ilmiga bag‘ishlangan “Al-Hidoya” asari, Abu Mansur Moturidiyning aqida ilmi haqidagi “Tabsiratul adilla” asari va boshqa ko‘pgina ulkan ilmiy salmoqqa ega adabiyotlar nashr etildi.
Mazkur asarlarda o‘z aksini topgan komil inson tarbiyasi, insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, ezgulik g‘oyalari asrlar davomida insonlarni tinchlikka, bunyodkorlikka hamda go‘zal axloqqa chorlab kelgan. Turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunda ajdodlar ma’naviy merosini o‘rganish, ulardagi ezgu g‘oya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga yetkazish va bu orqali yoshlarda milliy g‘urur, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish, bunyodkorlik, milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarni mantiqiy izchil davomi sifatida O‘zbekiston Respblikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qisqa, lekin sermazmun vaqt ichida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Yurtboshimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlariga qilgan tashriflari davomida joylardagi buyuk allomalarning muqaddas qadamjolarini obod qilish, bu zamindan yetishib chiqqan buyuk allomalarning hayoti, boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ularni keng jamoatchilika yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Nukus shahridagi “Imom Eshon Muhammad” hamda Urganch shahridagi “Oxunbobo” jome masjidlarida tubdan qayta qurish va obodonlashtirish ishlari, Surxondaryo viloyatida buyuk muhaddis Imom Abu Iso Termiziy hamda Qarshi tumanidagi alloma Abul Muin Nasafiy ziyoratgohlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan Termiz shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini hamda Buxoro shahrida Mir Arab oliy madrasasini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
O‘z navbatida, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning hayoti, avlodlarga qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ularni xalqchil va ta’sirchan uslubda keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlarga yetkazish bo‘yicha qator adabiyotlar nashr etildi. Xususan, termizlik allomalarning “Shamoili Muhammadiya”, “Sunani Termiziy” (1-2-jild), “Haj va uning sirlari”, “Kitabul ilal (Hadis illatlari haqida)”, “Ma’rifatul asror (Sirlar ma’rifati)”, “Al-akyos val mug‘tarrun (Oqillar va aldanganlar)” va boshqa 17 nomlanishdagi asarlari kitobxonlar ommasiga taqdim etildi.
Abul Muin Nasafiyning turli buzg‘unchi firqa va jamoalarga raddiyalari jamlangan “Tabsiratul adillati fi usuliddin a’la tariqati Imom Abi Mansur al-Moturidiy” (Din usullarini Imom Abu Mansur Moturidiy ta’limoti asosida dalillar bilan sharhlash) asari arab tilidan o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilinmoqda.
Xalqaro doirada ham Yurtboshimiz tomonidan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy va ijtimoiy-ma’naviy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida davlatimiz va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Jumladan, Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui huzurida insoniyat taraqqiyotiga benazir hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy diniy-ma’naviy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazini tashkil etishda ITBning ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu ezgu ishlardan ko‘zlangan pirovard maqsad – xalqimiz uchun qadimdan an’anaviy bo‘lib kelayotgan diniy-ma’naviy merosga sadoqatni mustahkamlash, shu orqali yoshlarda milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, bunyodkorlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, diniy vaziyatning sog‘lom va tabiiy rivojlanishiga amaliy hissa qo‘shish hamda ma’rifiy islomning asl qadriyatlarini singdirishdan iboratdir.



Download 67.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling