Xoja hayoti va ijodi. Hikoyatlari


Download 4.77 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi4.77 Kb.
#1452405
Bog'liq
9-SINF. Xoja hayoti va ijodi. Hikoyatlari

Xoja hayoti va ijodi. Hikoyatlari

Adib haqida

Xojaning to‘liq ismi Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja bo‘lib, millatimiz tarixida davlat va din arbobi, lirik va epik janrlarda birdek barakali ijod qilgan betakror adib sifatida alohida o‘rin tutadi. Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan. 1480-yilda Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhob xoja oilasida tug‘ilgan.

Xoja quyidagi lavozimlarda ishlagan


Darun viloyatiga
Hokim
Jonibek Sulton hukumatida
Saroy mulozimi
Hirot va Balx shahrida
Shayxulislom

Xoja 1547- yilda Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband qabri yonida dafn qilinadi.

Xoja 1547- yilda Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband qabri yonida dafn qilinadi.


Xoja
XII asrda Buxoroda Abduxoliq G‘ijduvoniy asos solgan mashhur “xojagon” silsilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan edi.

“Xojagon” silsilasining mashhur murshidlari

  • Bahovuddin Naqshbandiy
  • Xoja Ahror Valiy
  • Abdurahmon Jomiy

Xojaning o‘g‘li Hasanxo‘ja Nisoriy
“Muzakkiri ahbob” asarida otasining qilgan ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan.

Xojaning Zahiriddin Muhammad Boburga yuborgan g‘azali

Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur,

Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur.

Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari,

Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.

Ulki, jondin kechadur, sham’i visolingni ko‘rub.

Vah na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur.

Ravshan o‘lg‘ay davlati vaslida hijron oqshomi,

Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur.

Xoja yanglig‘ nola qil, zulfi g‘amidin kechalar

Kim, mahali nola-vu faryod-u afg‘on kechadur.

Dostoni haqida

Xojaning “Maqsad ul-atvor” nomli bir dostoni ham yetib kelgan. Doston 1514–1520-yillarda Jonibek Sulton nomiga bitilgan bo‘lib, Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Maxzan ul-asror”ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan.


“Miftoh ul-adl”
“Gulzor”
Hikoyalar to‘plami

Xojaning darslikda berilgan hikoyatlari mazmuni

1-hikoyatda adolat bilan ish qilishning savobi naqadar ulug‘ligi aytilgan.

2-hikoyatda xo‘jayiniga sadoqat bilan xizmat qilmagan odam ikkinchi xo‘jayiniga sodiq bo‘lmasligi haqida. Bunda xoinlik, vafosizlik qoralangan.

3-hikoyatda adolat qilishda ikki arzgo‘y tarafning shikoyatini birdek tinglash lozim ekanligi aytiladi.

4-hikoyatda ertasini o‘ylagan kishi hech qachon xonavayron bo‘lmasligi aytiladi.

Foydalanilgan adabiyot:

Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Qayta

ishlangan 4-nashri. /Qozoqboy Yo‘ldoshev, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo‘ldoshbekov; [Mas’ul muharrir: V.Rahmonov]. —T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2019.


Download 4.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling