Xo’jalik faoliyati sohalarida yuzaga keladigan iqtisodiy xavfsizlik turlari Ishlab chiqarish-xo’jalik sohasidagi xavfsizlik
Download 192.84 Kb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik shakillari va asosiy koʻrsatkichlari.......
Korxonaning tijorat sirlari ishlab chiqarish, texnologik ma`lumotlar, boshqaruv, moliya va shu kabilar bilan bog’liq bo`lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo`lgan ma`lumotlardir. Korxona “tijorat sirlari” toifasining qonunchilikda belgilab berilgan tavsifnomasi shunday.
Mavjud nuqtai nazarlarga ko`ra, korxonaning tijorat sirlari umumiy holda o`z ichiga quyidagi ma`lumotlarni qamrab oladi: korxonaning savdo aloqalari haqida; kapital hajmi va tuzilmasi, investitsiya rejalari haqida; ta`minotchi va iste`molchilar, tuzilgan shartnomalar haqida; ishlab chiqarish hajmi, aylanma mablag’lar va foyda hajmi haqida; bahoni shakllantirish siyosati va tovarlar bahosining shakllanishi haqida; bank opretsiyalari haqida va hokazolar. Amaliyot shuni ko`rsatadiki, tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi, korxonaning moliyaviy va texnik imkoniyatlari bilan aloqada bo`lganda, shuningdek ma`lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi mavjud bo`lgandagina to`liq kuch bilan ishlaydi. Bundan tashqari quyidagilarni to`g’ri tashkil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi: tayyor mahsulot (ayniqsa tajriba namunalari) va materallarning ba`zi turlarini hisobga olish va qo`riqlash; tadbirkorlik sirlari mavjud bo`lgan hujjatlar bilan ishlash tartibi (ularni hisobga olish, saqlash, yo`q qilish qoidalari va boshqalar); hujjatlarni ko`paytirish va ulardan nusxa olish vositalarini nazorat qilish; aloqa vositalari va hisoblash texnikasida tijorat ma`lumotlarini himoya qilish; korxona hududi va uning asosiy bino va inshootlarini qo`riqlash; mazkur korxonaga begona shaxslar tashrif buyurishini nazorat qilish. Ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va boshqa xizmatlar mutaxassislari o`zi ishlayotgan korxonaning tijorat sirlariga oid ma`lumotlar chetga chiqib ketishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan va real yo`qotishlarni to`g’ri va aniq (qiymat shaklida) baholashni o`rganib olishlari zarur. Korxonalarning maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga keluvchi yo`qotishlari umumiy ko`rinishda quyidagalarga olib keladi: ilmiy tadqiqotlarga litsenziya sotish imkoniyatlari pasayadi, fan-texnika taraqqiyoti sohasida erishilgan ustunliklar yo`qotiladi, ilmiy-tadqiqot bo`linmalarining yo`nalishni o`zgartirishlari uchun xarajatlari o`sadi; ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo`lga xomashyo, texnologiya va hokazolarni sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga keladi (yoki raqobatchilar tomonidan sun`iy ravishda yaratiladi); korxonaning tadbirkorlikdagi sheriklar bilan hamkorligi cheklanadi, foydali shartnomlarni imzolash imkoniyatlari kamayadi, shartnoma majburiyatlarini bajarishda muammolar vujudga keladi; korxonaning yangi bozor strategiyasini yaratish, marketing tadqiqotlari tuzilmasini o`zgartirish va hokazolarga sarflanuvchi xarajatlari o`sadi; tijorat sirlarini oshkor qilganlarga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo`llash xavfi kuchayadi. Barcha yo`qotishlarning umumiy miqori qiymatini aniq hisoblash juda murakkab va ko`p mehnat talab qiluvchi jarayon bo`lib, ba`zida ishonchi ma`lumotlar yo`qligi sababli ularni hisoblashning imkoni ham bo`lmaydi. SHu sababli ko`p hollarda korxonalarning ma`lumotlarni himoya qilishga rioya etmaslik bilan bog’liq bo`lgan yo`qotishlarini yiriklashtirilgan ekspert baholash kifoya qiladi. Yuqorida keltirilgan yo`qotishlarning o`rnini qoplash ko`pincha korxonalardan qo`shimcha xarajatlarni talab qilib, ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatchilik kurashida erishish mumkin bo`lgan muvaffaqiyatlar imkoniyatini pasaytiradi. Xuddi shuning uchun ham hozirgi paytda tijorat sirlarini muhofaza qilishga katta e`tibor qaratilmoqda. Korxona o`z faoliyatining muhim yo`nalishlari xavfsizligini ta`minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo`riqlash tartibini yaratish lozim. Xavfsizlik xizmati marketing va menejment xizmati, valyuta, kredit va huquqiy bo`limlar kabi iqtisodiy bo`linmalar bilan chambarchas bog’liqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka ko`proq yondashgan holda ularning foliyatini to`ldirishi zarur. Korxonaning tijorat sirlari ishlab chiqarish, texnologik ma`lumotlar, boshqaruv, moliya va shu kabilar bilan bog’liq bo`lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo`lgan ma`lumotlardir. Tijorat sirlariga mansub ma`lumotlarning to`rtdan bir qismi yo`qotilishi ham raqiblar uchun katta imkoniyat yaratadi hamda bir necha oy ichida ma`lumotlar chetga chiqib ketishiga yo`l qo`ygan firmalarning yarmi bankrotga uchrashiga olib keladi. SHu sabali hozirgi paytda tijorat sirlarining huquqiy maqomi va toifasini aniq belgilash, ularni oshkor qilish uchun javobgarlik mexanizmini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 192.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling