Xo’jalik jarayonlarida ikkiyoqlama yozuv
Ikkiyoqlama yozuv va uning qo‘llanilishi
Download 177.51 Kb.
|
ikkiyoqlama yozuv
3. Ikkiyoqlama yozuv va uning qo‘llanilishi
Ko‘rib o‘tganimizdek, jamiyatda ikkiyoqlama yozuvning paydo bo‘lishi buxgalteriya hisobi rivojlanishiga asos bo‘lgan. XIII—XIV asrlarda ikkiyoqlama yozuv tizimi paydo bo‘ldi va SHimoliy Italiyaning bir necha savdo markaz- larida undan foydalanila boshlandi. Topilgan yagona qo‘lyozmalarga ko‘ra ikkiyoqlama yozuv 1340- yili paydo bo‘lgan1. YAna boshqa manbalarga ko‘ra bundan ham oldinroq Fransiyaning SHampan viloyati savdo firmalarida (1299—1300) ikkiyoqlama yozuvdan foydalanilgan. Uning asoschisi Italiyada yashagan fransuz monarxi Luko Pacholi hisoblanadi. U o‘zining ulkan ishi hisoblangan «Schyot va yozuvlar to‘g‘risida risola» nomli asarida (1494- yil) hisob yozuvlari bo‘yicha tushunchani ochib berdi. Hozirda ham bu kitob juda dolzarb hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qaysi tarmoqqa qarashliligidan va unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki va undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularning tashkil topish manbalari ishtirok etadi. SHuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schyotlarda aks ettirishda ikki yoki undan ortiq schyotlardan foydalaniladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari tufayli mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari bir-biri bilan bog‘lanadi va natijada ular uchun mo‘ljallangan buxgal- teriya hisobi schyotlari ham bir-biri bilan bog‘lanadi (bu bog‘lanish «Schyotlar korrespondensiyasi» deyiladi). Schyotlar bog‘lanishining buxgalteriya hisobi yozuvlarida aks ettirilishiga «Ikkiyoqlama yozuv» (buxgalteriya provodkasi) deb aytiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan jarayonlarga tegishli summalar buxgalteriya hisobi yozuv- larida eng kamida ikkita schyotga yoziladi, albatta bir schyotning debetiga, ikkinchi schyotning kreditiga. Quyidagi misollar yordamida ikki yoqlama yozuv va uning amaliyotda qo‘llanilishini tushunib olish mumkin. Misol. Mehnat haqi berish uchun hisob-kitob schyotidan kassaga 7000000 so‘m pul olindi. Ushbu xo‘jalik jarayon tufayli korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi mablag‘i kamayib, korxonaning kassasida esa naqd pul ko‘paydi. Bu jarayonni schyotlar chizmasida aks ettirish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
DT кassa KT DT Hisob-kitob schyoti KT
Yuqorida keltirilgan misoldagi xo‘jalik jarayoni tufayli «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» schyotlari bir-biri bilan bog‘lanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, ikkiyoqlama yozuv — bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarning schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir. Ikkiyoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Amaliyotda xo‘jalik jarayonini bir schyoti debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettirilishi buxgalteriya provodkasi deyiladi. Buxgalteriya yozuvining ikki turi mavjud: — oddiy buxgalteriya yozuvi(Упрощенная форма)2; — murakkab buxgalteriya yozuvi. Oddiy buxgalteriya yozuvida faqat ikki schyot qatnashib, biri debetlanadi, ikkinchisi kreditlanadi. Misol. Bankdan qisqa muddatga 1000000 so‘m kredit olindi va hisob-kitob schyotiga o‘tkazildi. Bank oldidagi qarz, shu bilan birga hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘i ham ko‘paydi. Bank bilan qisqa muddatli kreditlar yuzasidan hisob-kitoblar schyotining passivligini va hisob-kitob schyotining aktivligini inobatga olsak, bu jarayon buxgalteriya yozuvida quyidagicha aks ettiriladi: DT 5110 — «Hisob-kitob schyoti» - 1000000 so‘m KT 6810 — «Bankning qisqa muddatli kreditlari» - 1000000 so‘m. Murakkab buxgalteriya yozuvida esa uch yoki undan ortiq schyotlar qatnashib, bir schyot debetlanishi va ikki yoki undan ortiq schyot kreditlanishi va aksincha, bir schet kredit- lanib, ikki yoki undan ortiq schyot debetlanishi mumkin. Misol. Korxonadagi asosiy vositalarga eskirish summasi hisoblandi: a) asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga 220000 so‘m; b) yordamchi ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga 30000 so‘m; d) ma’muriy boshqaruvdagi asosiy vositalarga 29500 so‘m. DT 2010 – 220000 DT 2310 – 30000 DT 9420 – 29500 KT 0250 – 279500. SHuningdek, ba’zi hollarda xo‘jalik jarayonlari bir tomonlama yozuv orqali ham aks ettiriladi. Masalan, ko‘rib o‘tganimizdek, balansdan tashqari schyotlar faqat bir tomonlama yozuv orqali ko‘rsatiladi. Misol. Korxona qisqa muddatli ijaraga asosiy vosita oldi. Uning balans qiymati 61 500 900 so‘m. Ushbu xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisobi yozuvlarida quyidagicha aks ettiriladi: a) olinganda: DT 001 — «Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar» — 61 500 900; b) egasiga qaytarilganda: KT 001 — «Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar» — 61 500 900. Download 177.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling