Xo’jalik jarayonlarida ikkiyoqlama yozuv


Sintetik va analitik hisob


Download 177.51 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi177.51 Kb.
#1510545
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ikkiyoqlama yozuv

4. Sintetik va analitik hisob
Xo‘jalik jarayonlari ro‘y berishi natijasida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manba- larini doimo miqdoriy, tarkibiy hamda joylashishi jihatidan o‘zgarib borishini hujjatlashtirish, buxgal- teriya provodkalari yordamida schyotlarda aks ettirib borish buxgalteriya hisobining asosi hisoblanadi. Oldingi savollarimizda ko‘rib o‘tganimizdek, schyotlarni ular ma’lumotlarni qay darajada aks ettirishiga qarab sintetik va analitik yozuvga ajaratish mumkin. Sintetik yozuvda xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari haqidagi ma’lumotlar umumlashtirib, pul o‘lchov birligida aks ettiriladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa sintetik hisob deb ataladi.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 21-son «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli standartda keltirilgan schyotlar sintetik schyotlardir. CHunki bu schyotlar bitta mablag‘ yoki manba to‘g‘risida umumiy ma’lumot beradi.
Ba’zi hollarda mablag‘ yoki manba to‘g‘risida aniqlashtirilgan, detallashirilgan, alohidalashtirilgan ma’lumotlar zarur bo‘lib qoladi. Bunday ma’lumotlarni olish uchun analitik hisobdan foydalaniladi.
Analitik hisob xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari haqidagi ma’lumotlarni ularning alohida turlari bo‘yicha, aniq ko‘rsatkichlar orqali olishda foydalaniladi. Analitik schyotlar miqdori u qo‘llanilayotgan korxona, tashkilot va xo‘jalikning qaysi sohasida ekanligiga, ularning faoliyat doirasi katta yoki kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Analitik schyotlar bo‘yicha yuritiladigan hisob analitik hisob deyiladi. Quyidagi misollar orqali sintetik va analitik schyotlarning bir-biridan farqi va shu bilan birga ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib o‘tiladi.
«Tovarlar» schyoti 2900 raqami bilan belgilanib, sintetik schyot hisoblanadi. Tovarlar xo‘jalik mablag‘- larining aylanma aktivlar qismiga kirib, muomala sohasida bo‘ladi. SHuning uchun ham bu schyot aktivdir. «Tovarlar» schyoti debeti qoldig‘idagi summa savdo korxo- nasidagi mavjud bo‘lgan tovarlar qiymatini bildiradi, ammo tovarlarning qaysi turidan qancha qolganligi haqidagi ma’lumotni ham pul o‘lchov birligida, ham natura o‘lchov birligida analitik schyotlar orqali olish mumkin.
Sintetik va analitik schyotlarning bir - biridan farqi shundaki, sintetik schyotlarda xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari umumlashtirib ko‘rsatilsa, analitik schyotlarda esa ular haqidagi ma’lumotlar ularning turlari bo‘yicha alohida-alohida hamda uch o‘lchov birligi ham qo‘llanilib aks ettiriladi.
Misol. Tovarlarning umumiy qiymati 2910 — «Ombordagi tovarlar» sintetik schyotidan olinadi, ya’ni 30320000 so‘m. SHundan, sovutkichlar: «SINO» — 2 ta 1000000 so‘mdan, jami 2000000 so‘m; «Orsk» — 8 ta 1200 000 so‘mdan, jami 9 600000 so‘m; «DAEWOO » —10 ta 800000 so‘mdan, jami 8000000 so‘m; videokameralar: «DAEWOO » —2 ta 1400000 so‘mdan, jami 2800000 so‘m; «Samsung»—2 ta 1960000 so‘mdan, jami 3920000 so‘m; «Philips» 2 ta 2 000000 so‘mdan, jami 4 000 000 so‘mni tashkil etadi. Bu mablag‘lar sotish uchun «Ombordagi tovarlar» sintetik schyotida hisobga olinadi va har biri uchun alohida-alohida kartochka ochiladi. Mana shu kartochkalar
Download 177.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling