Xoʻjalik nizolari
Download 26.73 Kb.
|
Biznes A.Azamxon mini keys
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy javobgarlik
Yuridik javobgarlik — huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, o'z qilmishi uchun javob berishi, davlat majburlov choralari ko'rinishdagi oqibatlarga duchor bo'lishi va ularni boshidan kechirishidir yoki boshqacha qilib aytganda huquqbuzarga nisbatan davlat qoʻllaydigan choralar. Yuridik javobgarlikning maqsadi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, tartibga solish va muhofaza etishdir. Yuridik javobgarlik qonuniylik, adolatparvarlik, jazoning muqarrarligi, maqsadga muvofiqlik, ayb uchun javobgarlik, bir huquqbuzarlik uchun ikki tomonlama javobgarlikka yoʻl qoʻyilmasligi kabi tamoyillarga asoslanadi. Yuridik javobgarlikfaqat qonunda belgilangan tartibda va vakolatli organning tegishli qarori asosidagina vujudga keladi. Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: jinoiy javobgarlik, maʼmuriy javobgarlik, fuqarolik huquqiy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, moddiy javobgarlik. Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda konstitutsiyaviy, ekologik javobgarlik turlari ham koʻrsatiladi
Huquqiy javobgarlik, yuri dik javobgarlik — huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida koʻzda tutilgan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qoʻllash. Bu choralar shaxsiy (ozodlikdan mahrum etish), mulkiy (jarima), tashkiliy (muayyan huquqdan mahrum qilish, ishdan boʻshatish) tusda boʻlishi mumkin. Huquqiy javobgarlik oʻz xususiyatiga koʻra, siyosiy, axloqiy va boshqa javobgarliklardan farq. qiladi. Huquqiy javobgarlik huquqbuzarliknmj turlariga muvofiq quyidagilarga boʻlinadi: jinoiyhuquqiy, fuqarolik-huquqiy, maʼmuriyhuquqiy, instituti-zomiy-huquqiy javobgarlik. Huquqiy javobgarlikda adolatlilik, insonparvarlik, qonuniylik asoslantirilganlik, huquq buzilgan holda javobgarlikning muqar-rarligi, individuallik (faqat aybdor shaxsning oʻziga nisbatan javobgarlik), maqsadga muvofiqlik kabi tamoyillarga amal qilinadi. Zaruriy mudofaa (shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari himoyasidan kelib chiqib, zarar yetkazuvchiga nisbatan zaruriy mudofaa doirasida qarshilik koʻrsatish yoki zarar yetkazish); oxirgi zarurat (shaxs jamiyat, davlat manfaatlariga xavf tugdiradigan holatlarda, bu xavfning oldini olishga qaratilgan choralar doirasidagi harakatlar); kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilik; muomalaga layoqatsizlik; kazus (tasodiflar) va shahrik. yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar hisoblanadi. Yuridik javobgarlikni amalga oshirish uchun vakolatli organning huquqni qoʻllash akti zarur boʻladi. Bunday aktlar sudning qarori, maʼmuriyat buyrugʻi boʻlishi mumkin. Download 26.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling