Xoʻjalik nizolari


Download 26.73 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi26.73 Kb.
#1544900
1   2   3
Bog'liq
Biznes A.Azamxon mini keys

Maʼmuriy javobgarlik - fuqaro yoki mansabdor shaxsning huquqni buzganligi uchun davlat (maʼmuriy organ) oldidagi jinoiy boʻlmagan javobgarligi. Bu davlatning majburlov chorasi boʻlib, davlat faoliyatining turli sohalarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladi. Maʼmuriy javobgarlik da odatda, jazo berayotgan maʼmuriy organ bilan huquq normasini buzgan shaxs oʻrtasida xizmat yuzasidan boʻysunish munosabatlari boʻlmaydi. Maʼmuriy javobgarlik shunisi bilan institutizomiy javobgarlikdan farq qiladi. Maʼmuriy javobgarlikga tortilganlar sudlangan hisoblanmaydilar, maʼmuriy jazo choralari yengil va muddati qisqa belgilanadi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, UzR qonunlari, OʻzR Oliy Majlisining qarorlari, OʻzR Prezidentining farmonlari, OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlarining , viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlaridan iborat.


  1. Mulkiy javobgarlik.

Iqtisodiy sudlar tomonidan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlikni belgilovchi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini bir xilda shakllantirish maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:


1. Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga qat’iy amal qilishlari lozim.
2. Shartnomada jarima yoki penya shaklida belgilanadigan neustoyka taraflar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullaridan biri hisoblanadi. Sudlar neustoykani undirish to‘g‘risidagi da’volarni hal qilishda neustoyka miqdorining qonun talablariga muvofiq hisoblanganligi, uning asosliligi, majburiyat buzilishi oqibatlariga mutanosibligi kabi holatlarni har tomonlama va chuqur muhokama qilib, talab qilingan neustoykaning adolatli miqdorini belgilashlari shart.
3. Agar shartnomada aynan bitta majburiyatning buzilishi uchun neustoykani ham jarima, ham penya ko‘rinishida to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, qonunchilikda boshqacha hollar nazarda tutilmagan bo‘lsa, da’vogar faqatgina bir shakldagi neustoyka qo‘llashni talab qilishga haqli.
4. FKning 326-moddasiga muvofiq sud qarzdor tomonidan majburiyatlarning bajarilish darajasini, majburiyatda ishtirok etuvchi taraflarning mulkiy ahvolini, shuningdek kreditorning manfaatlarini e’tiborga olib, neustoyka miqdorini kamaytirishga haqli.
Shu bilan birga sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, neustoykaning eng kam miqdori FKning 327-moddasida ko‘rsatilgan foizlar miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.
FKning 263-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq taraflarning kelishuvi bilan qonunda aniqlangan neustoyka (qonuniy neustoyka) miqdorining oshirilishi o‘z-o‘zidan undirilayotgan neustoykani kamaytirishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
5. FKning 327-moddasida nazarda tutilgan boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg‘arish pul majburiyatini bajarmaganlik uchun qo‘llaniladigan mulkiy javobgarlik bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur moddada qarzdorga pul to‘lash majburiyatini yuklash kuchiga ega bo‘lgan pul majburiyatlarini bajarmaganlik yoki kechiktirganlik oqibatlari ko‘zda tutilganligini inobatga olib, ushbu moddada belgilangan qoidalar, agar ular puldan to‘lov vositasi, pullik qarzni qoplash vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmasa, taraflar o‘rtasidagi munosabatlarga tatbiq qilinmaydi.
Xususan, pul belgilaridan pullik qarzni qoplash vositasi sifatida foydalanilmaydigan (kassa xizmati ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha mijozning bankka naqd pulni topshirish majburiyati,pul belgilarini tashiydigan yuk tashuvchining majburiyati va h.k.)
Download 26.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling