Xo’jalik subektining moliyaviy barqarorligining tahlili Reja: I. Kirish
Moliyaviy natijalar va rentabillik ko'rsatkichlar
Download 70.91 Kb.
|
Pardaev nazarbek 819
Moliyaviy natijalar va rentabillik ko'rsatkichlar
Moltyaviy natija foyda bo'lsa ham, zarar bo'lsa ham ularni aniqlash usullari bir xildir. Shuning uchun ularni aniqlashni 'foyda' ko'rsatkichi misolida ko'rib chiqamiz Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda qanday aniqlanadi? Mahsulotlarni sotishdan olingan sof pul tushumlaridan (SPT) sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tan narxi (TN) chegirib tashlash orqali yalpi foyda aniqlanadi. YF=STP-TN Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining foydasi qanday aniqlanadi? Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydadan (YF) davr xarajatlari (DX) bilan asosiy faoliyatning boshqa operatsion xarajatlarini (BX) ayirish va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini (BD) qo'shish orqaliasosiy faoliyat foydasi (AFF) aniqanadi. AFF=YF-DX-BX+BD Umum xo'jalik faoliyatining foydasi qanday aniqlanadi? (UXF) Asosiy faoliyat foydasiga (AFF) moliyaviy faoliyat daromadlarini (MFD) qo'shib moliyaviy faoliyat bo'yicha bo'lgan xarajatlarni (MFX) ayirib tashlash orqali umumxo'jalik faoliyatining foydasi (UFX) aniqlanadi. UXF= AFF+MFD-MFX Moliyaviy faoliyat daromadlariga quydagi daromadlar kiradi Dvidentlar shaklidagi daromad Foizla shaklidagi daromad Uzoq muddatli (Lizing) dan daromad Valyuta kursi farqidan daromadlar Boshqa daromadlar Moliyavi faoliyat xarajatlariga quydagilarni kiritishimiz mumkin Foiz shaklidagi xarajatlar Uzoq muddatli ijara (LIZING )bo'yicha foiz shaklidagi xarajatlar Valyuta kursi farqidan zararlar Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar Soliqlar to'langunga qadar bo'lgan foyda (STF) qanday aniqlanadi? Bu foyda umumxo'jalik faoliyati foydasiga (UXF) favqulotda yuzaga kelgan foydani (FF)qo'shish va favqulotda yuzaga kelgan zararni (FZ) chegirib tashlash orqali aniqlanadi. STF=UXF +FF-FZ. Hisobot davrining sof foydasi qanday aniqlanadi? Sof foydani (SF) aniqlash uchun soliq to'langunga qadar bo'lgan foydadan (STF) daromad solig'ini (DS) hamda foydadan to'lanadigan boshqa soliq va yig'imlarni (BS) chegirib tashlash kerak. SF=STF – DS—BS Rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning moliyaviy faoliyatining samaradorligini ifodalovchi nisbiy koeffitsiyentlardir. Ular korxonaning daromadliligini, foydaliligini ifodalaydi. Rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning u yoki bu holati bo'yicha foydalilik darajasini ta'riflash va ularga baho berish uchun ishlatiladi. Rentabellik darajasi bir so'mlik mablag'lar, xarajatlar va fondlar qiymatiga nisbatan olingan foyda hajmini ifodalaydi. Agar ushbu ko'rsatkich darajasi oshib borsa, foydalilikning oshib borishini bildiradi. Hozirgi vaqtda rentabellik ko'plab ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Shulardan asosiy ko'rsatkichlardan bo'lib quydagilar hisoblanadi. Sotilgan mahsulotlar rentabelligi Asosiy vositalar rentabelligi Aktivlar rentabelligi Xususiy kapital rentabelligi Permanent kapital rentabelligi Sotilgan mahsulotlar rentabelligi. Buni (R(m))aniqlash uchun mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foydani(Yf )100% ga ko'paytirib, sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tan narxiga (TN) bo'lish kerak. Rm = Yf*100/TN Bu rentabellik xarajatlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichdir ya'ni 1 so'mlik qilingan xarajatga qancha foyda olinganligini ko'rsatadi. Asosiy vositalar rentabelligi. Bu hisobot davridagi sof foydani (SF) 100%ga ko'paytirib, asosiy vositalarning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish orqali aniqlanadi R AV= SF*100/AIF Bunda AIF- asosiy ishlab chiqarish vositalarining o'rtacha yillik qiymati Bu rentabellik asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalaydi. Aktivlar rentabelligi. Buni (Ra) aniqlash uchun soliq to'lagunga qadar bo'lgan foydani (STF)100%ga ko'paytirib, natijasini uzoq muddatli aktivalar (UA) bilan aylanma aktivlar (AA) summasining jamiga (Yani balansning jamiga) bo'lish kerak Ra= STF*100/(UA+AA) Aktivlar rentabelligi hisobot davrida 1so'lik asosiy vositalar bilan aylanma mablag'lar hisobiga nechcha so'mlik foyda olinganligi anglatadi. Xususiy kapital rentabelligi. Buni (RXK) aniqlash uchun xo'jalikning hisobot yilidagi sof foydasini (SF) ni 100% ga ko'paytirib, ularning summasini xususiy kapital (XK)ning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish kerak. Rxk= SF*100/XK Bu ko'rsatkich 1 so',lik xususiy kapital hisobiga necha so'mlik sof foyda olinganligini ko'rsatadi. Ya'ni xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligini ifodalaydi. Permanent kapital rentabelligi. Bu rentabellikni (Rpk) aniqlash uchun korxonaning sof foydasini (SF) permanent kapitalning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish kerak. Rpk= SF* 100/PK Korxonaning xususiy kapitali bilan uzoq muddatli qarz kapitali birgalikda permanent kapitalni tashkil qiladi. Demak Permanent kapital rentabelligini quydagicha ifodalash mumkin. Rpk= SF*100/XK+QK Bunda XK—xususiy kapital QK—uzoq muddatli qarz kapitali Permanent kapital rentabelligi koeffitsiyenti xususiy va uzoq muddatli qarz mablag'larining 1 so'miga qancha sof foyda to'g'ri kelishligini ko'rsatadi. XULOSA. Xulosa o‘rnida aytganda, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun chetel investorlari hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qilishi barobarida, investitsiya qonunchiligidagi ziddiyatlarni bartaraf etish, xorijiy sarmoyadorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “davlat-xususiy sektor” sherikligini rivojlantirish, sarmoyadorlar kiritgan mablag‘lar xavfsizligini kafolatlash, iqtisodiy barqarorlik va moliya bozorining mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi. Iqtisodiyotga investitsiyalarini jalb qilish va boshqarishga bo’lgan yondashuvlar konsepsiyasi‖ga qaratilgan. Unga ko’ra butun dunyo mamlakatlarining olimlari ushbu konsepsiya ustida ko’pla bilmiyiz lanishlar olib borgan. Ushbu izlanishlarni o’rgangan holda mamlakatga investitsiyalarni jalb qilish va boshqarish konsepsiyasining asosida quyidagi muhim yondashuvlar mavjud: -investitsion faoliyatni tanlash jarayoni sifatida ko’rib, investitsion resurslarni jalb qilish va asoslash hamda investitsiyalash mexanizmini investitsion faoliyatni amalga oshirish maqsadida foydalanish zarur; -investitsiyalarni jalb qilish va boshqarish obyektning investitsion jozibadorligini baholash bilan amalga oshiriladi -turli xil tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishning usullari tanlanayotganda investitsiyalash jarayonida ishtirok etayotgan investorning manfaatlari mamlakatning manfaatlariga mos kelishini inobatga olish lozim; -hukumat tomonidan loyihalarni investitsiyalashda aholi va davlat olinadigan natijalardan manfaatdor bo’lishi shu bilan birga ijtimoiy muammolarni hisobga olish talab etiladi.Turli xil adabiyotlarda keltirilgan investitsiyalarni jalb qilish va boshqarish haqidagi tushunchalar o’rinolgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1.O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. 2.Ўзбекистон Республикасининг “Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Қонуни. 2018 йил 30 август. Ўзбекистоннинг янги Қонунлари. №14. –Т.: Адолат,2017. 3.Ўзбекистон Республикасининг “Корхоналар тўғрисида”ги Қонуни. 2017 йил 15 феврал. 4.Ўзбекистон Республикасининг “Акциядорлик жамиятлари ва акциядорлар ҳуқуқларини ҳимоялаш тўғрисида”ги Қонуни. Ўзбекистоннинг янги Қонунлари. №14. –Т.: Адолат,2017. 5.“Монополияга қарши ишларни тартибга солиш ва рақобатни ривожлантириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” : Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 26 февралдаги ПФ-4191-сон Фармони // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами – 9 сон – 2018- 9 март. 6.Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Иқтисодиётнинг реал сектори корхоналарини қўллаб-қувватлаш, уларни барқарор ишлашини таъминлаш ва экспорт салоҳиятини ошириш чора-тадбирлари дастури тўғрисида. 2018 йил 28 ноябрь, ПФ-4058-сон. 7.Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармойиши. Иқтисодий ночор корхоналарни тижорат банкларига сотиш тартибини тасдиқлаш тўғрисида. 2018 йил 19 ноябрь, Ф-4010-сон. 8.Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори. Ишлаб чиқариш ва ижтимоий инфратузилмани янада ривожлантириш юзасидан қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида. 2019 йил 20 январь, ПҚ-1041-сон. Download 70.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling