Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilini tashkil etish va uning oldiga qo’yilgan vazifalar


Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi


Download 1.79 Mb.
bet3/13
Sana09.01.2022
Hajmi1.79 Mb.
#264655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
hisobot

Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi.

Kassa muomalalarini yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bank boshqarmasining 1998-yil 24-yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan « Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Korxona kassasidagi pul mablag'larining hisobga olinishi buxgalteriya hisobining 9-sonli BHMAga asosan tartibga solinadi. Korxonaga tegishli pulning bank tomonidan belgilangan uncha katta bo'lmagan rniqdoridagi qisrni naqd pul sifatida kassada saqlanadi.

Kassa muomalalarini yuritish uchun korxonada kassir shtati ajratiladi. U o'zi qabul qilib olgan barcha boyliklaming but saqlanishi uchun to'liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassimi tayinlash bo'yicha buyruq chiqqanidan so'ng korxona rahbari uni kassa muomalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to'liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o'z vazifalarini hech kirnning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassimi vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tug'ilganida korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O'z navbatida, u bilan to'liq moddiy javobgarlik to'g'risida shartnoma tuziladi. Kassir to'satdan ishni tashlab ketishga majbur bo'lganida (kasal bo'lganida va boshqa hollarda) uning hisobdorligidagi boyliklami korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat kornissiya boshqa kassirga o'tkazadi. Bunda qayta hisoblash natijalari va boyliklami berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga kornissiya a 'zolari imzo chekadi. Korxona rahbari pul mablag'larining kassada but saqlanishini ta'rninlaydigan zarur sharoitlami yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jihozlangan alohida xona, seyf ajratilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surguchli muhr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muhr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan paketlar, qutichalarda korxona rahbarida turadi.

Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to'lash, nafaqa berish, xizmat safari xarajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarfIanadi. Bankdan olingan mablag'lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim.

Korxona kassasidagi pul mablag'lari, qimmatbaho qog'ozlar, markalar, talonlar bir oyda bir marta yo'qlama qilish yo'li bilan ro'yxatga olinadi. Kassa muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

50l0-«Milliy valutadagi pul mablag'lari».

5020-«Xorijiy valutadagi pul mablag'lari».

Ushbu schyotlarning debet tomonida korxona kassasiga pul mablag'larining kirimi aks ettiriladi. Kredit tomonida korxona kassasidan to'lanadigan pul mablag'lari va limitdan ortiqcha pullarni bankka topshirish aks ettiriladi.

Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o'zining pul mablag'larini va naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankida hisob-kitob schyotini ochadi. Bankda schyot ochish uchun tashkilotlar quyidagi hujjatlami taqdim etishlari kerak:

1. Schyot ochish uchun ariza.

2. Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlaming yagona davlat ro'yxatiga kiritilganligi to'g'risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko'chirmasi.

3. Yuqori organ yoki ta'sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko'chirma.

4. Davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi hujjat.

5. Soliq organidan ro’yxatdan o'tib idensifikatsiya nomeri berilganligi to'g'risidagi ma'lumot.

6. Imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka.

Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag'larining harakati, holati haqidagi ma'lumotlami umumlashtirib boradi. Hisob-kitob schyotining debetida pUl mablag'larining kelib tushishi, kreditida esa pulning o'tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning ko'chirmasiga asosan amalga oshiriladi.

Pulning tushumi va o'tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:

1. To'lov topshiriqnomasi.

2. To'lov talabnomasi.

3. Inkassa topshiriqnomalari.

4. Pul cheki.

5. Pul badallari haqidagi e'lon.



  1. Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling