Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga va aholiga kreditlar berish tarixan tijorat banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi


Download 43.02 Kb.
bet2/8
Sana21.04.2023
Hajmi43.02 Kb.
#1370974
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-15variant

2. "Transport" (lot. transporto — tashiyman) — ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish tarmogʻi. Yuklarni va yoʻlovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlar, korxonalar, xalq xoʻjalik tarmoqlari oʻrtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani taʼminlaydi.
Quyidagi transportlar mavjud: yer usti transporti (poyezd va avtomobillar), suv transporti (kema va qayiqlar), havo transporti (aviatsiya). Bu transport turlari bilan bir qatorda shaxsiy foydalaniladigan avtotransportlar xam mavjud. Vazifasi va xususiyatiga koʻra, temir yoʻlovchilar va yuk tashuvchi transportga boʻlinadi. Ichki ishlab chiqarish. transporti bevosita moddiy neʼmatlar ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiladi va korxona ishlab chiqarish vositalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy foydalaniladigan transport (yer usti, suv va havo) ijtimoiy ishlab chiqarish.da muhim sohani tashkil etadi.
Transport kommunikatsiya va infratuzilmalarini rivojlantirish savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishida, mamlakatlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu soha taraqqiyoti iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojida katta ta'sir kuchiga ega. Аyni shu jihatlarni inobatga olib mazkur yo’nalishda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, bugun mamlakatimiz oldida xalqaro savdo va transport logistikasi tizimini shakllantirish, tovarlar va xizmatlarni yetkazib berishning global bozoriga kirib borish, hamda u yerdagi kuchli raqobatga bardosh bera olishdek dolzarb vazifalar turibdi. Bugungi kunda mamlakatimizda transport logistikasini rivojlantirish, undagi xizmat turlarini zamonaviylashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, “2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da transport sohasini rivojlantirish bo’yicha bir qancha vazifalar belgilangan. Bu iqtisodiyotni liberalashtirish, Jumladan: -milliy transport logistika kompaniyalari o’rtasida raqobat darajasini oshirish; -avtomobil parklarini kengaytirish; -yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish; -eksportga mo’ljallangan milliy mahsulotlar narxlarini raqobatdosh qilish maqsadida yuklarni bir transportdan boshqasiga qayta yuklash punktlari sonini oshirish; -avtomobil yo’llari holatini yaxshilash va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish belgilab o’tilgan. Qolaversa, transport xizmati ko’rsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek respublikaning transport salohiyatini oshirish maqsadida, 2019 yil 6 martda “Yuk va yo’lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora –tadbirlari to’g’risida” PQ-4230-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig qarori qabul qilindi.



Download 43.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling