Xo’jalik yurituvchi subyektlarning baho siyosati va baholarni shakllantirish asoslari reja
Download 104 Kb.
|
Moliya kredit
- Bu sahifa navigatsiya:
- UB k = T + F k
- ChB = UB m + Su
Yagona (yaxlit) baholar mamlakatning barcha hududlarida amal qiladi. Ular davlat tomonidan o'matiladi va tartibga solinadi.
Mintaqaviy baholar mamlakatning ayrim hududlarida shakllanadi. Bunday baholam ing tarkibiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari va xom-ashyo, gaz, elektroenergiyaning baholarini kiritish mumkin. Shu mintaqaning o'zida ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulotlarga o'matilgan baholar mahalliy baholar deyiladi. Bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo‘yicha baholaming quyidagi turiari mavjud: erkin (bozor) baholar(i); qayd etilgan (qat’iy) baholar; tartibga solinadigan baholar; • prestij (kamyob, obro'li) baholar; paritet (teng) baholar. Mahsulotlami ishlab chiqaruvchilar va xizmatlami ko'rsatuvchilar tomonidan bozor kon’yunkturasiga muvofiq ravishda talab va taklif asosida qo'llaniladigan baho erkin (bozor) baholar(i) deyiladi. Qayd etilgan (qat’iy) baholar ma’lum darajada o'matilgan baholardan iborat. Asosan yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan muhsulotlarga nisbatan tegishli boshqaruv organlari tomonidan foydalaniladigan baholar tartibga solinadigan baholar deb ataladi. O'tib bo'lmaydigan xususiyatlarga ega bo'lgan juda yuqori sifatli buyumlarning bahosiga prestij (kamyob, obro‘li) baholar deyiladi. Bir necha mamlakatiarning davlat hokim iyat organlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari, boshqa tovariar va xizmatlar baholari o'rtasidagi nisbatni tartibga keltirish uchun qo'llaniladigan baholar paritet (teng) baholar deb ataladi. Yetkazib berish va sotish shartlariga ko'ra baholami quyidagicha farqlash mumkin: netto-baholar; brutto-baholar (fakturaviy baholar); jahon baholari. Oldi-sotdi joyidagi baholarga netto-baholar deyiladi. Oldi-sotdi shartlariga (soliqlaming turi va miqdori, chegirmalaming mavjudligi va darajasi, frank turiari va sug'urta shartlariga) muvofiq ravishda aniqlanadigan baholar brutto-baholar deb ataladi. Jahon baholari yirik import va eksport operatsiyalari amalga oshiriladigan baholardan iborat. Amaliyotda jahon baholari xomashyo tovarlari bo'yicha eksportyor mamlakatning darajasi yoki bir va auksionlar bahosi; ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlarga mo'ljallangan buyumlar bo'yicha — jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilaming baholariga muvofiq; xalq iste’mol tovarlari bo'yicha — yetakchi yirik kataloglarda e’lon qilingan baholarda aniqlanadi. Amaliyotda ichki firmaviy (transfert) baholar degan tushuncha ham mavjud. Bunday baholar bir firmaning bo'linmalari yoki bir assotsiatsiya tarkibida bo'lgan bir necha firmalar o'rtasida mahsulotlar realizatsiya qilinganda qo'llaniladi. Baholaming yana bir turi bor. Ulaming nomi tabaqalashtirilgan baholar deb yuritiladi. Bunday baholar tabiiy, hududiy va XYuSlaiga bog'liq bo'lmagan boshqa mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlaridagi farqiar, shuningdek, mahsulotning sifatidagi farqlarga (navi, yangiligi va boshqa sifat belgilariga ko'ra) bog'liq ravishda bir xil mahsulotlarga o'matiladigan turli ulguiji, sotib olish va chakana baholardan iborat bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar tabaqalashtirilgan baholardan iste’molchilarning turli guruhlari uchun foydalanadi. Bunda, albatta, ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilarning har bir guruhi uchun maksimal baholami o'rnatishga harakat qiladi. Bunday baho sotib oluvchining rezervlashtirilgan bahosi deyiladi. Rezervlashtirilgan bahoning sotib oluvchilar daromadlariga bog‘liq ravishda o‘matilishi bahoning ideal diversifikatsiyasi deb ataladi. Tabaqalashtirilgan baholar sotib olinayotgan tovarlaming miqdoriga bogiiq ravishda ham o'rnatilishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda tovarlaming kichik partiyalari va bir martalik buyumlar uchun baholar yuqori, ular yirik partiyada sotib olinganda esa baholaming darajasi ancha pasaytirilishi mumkin. Baholaming har bir turi ularga tegishli boigan shakllantirish va foydalanish xususiyatlariga ega. Masalan, XYuSlarning ulguiji baholari sanoat tovarlarining turli guruhlariga tegishli boigan o‘ziga xos belgilar bilan xarakterlanadi. Energiyatashuvchilaming bahosi, o‘z navbatida, boshqalardan tashqari, resurslami tejab-tergash siyosatini amalga oshirishda muhim iqtisodiy richag boiib hisoblanadi. Aniq baho o ‘zida ma’lum bir elementlarni mujassam etadi. Ularning ahamiyati absolyut ifodalanishda bahoning tarkibi, •birlikning qismi yoki foizlarda ifodalangan baho tarkibidagi har bir elementning salmog'i esa bahoning tarkibiy tuzilmasi deb ataladi. Baholaming namunaviy tarkibiy tuzilmasi quyida keltirilgan: UBk = T + Fk
ChB = UBm + SuBu yerda: ChB — chakana baho; UBm — tarmoq ulguiji bahosi; Su — savdo ustamasi (muomala xarajatlari,savdo XYuSining foydasi). Bahoning minimal chegarasini ishlab chiqarish chiqimlari aniqlab beradi. Ularning puldagi ifodasini mahsulot tannarxi deb atash qabul qilingan. Foyda bahoning majburiy elmenti hisoblanadi. XYuS foyda hisobidan dividentlarni to'laydi, ishlab chiqarishni kengaytiradi va modemizatsiya qiladi, kadrlarni tayyorlashni amalga oshiradi, ijtimoiy sohaga mablag‘larni ajratadi. Foyda bahoning muhim elementi hisoblanib, XYuSning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli uning hajmi (miqdori)ga bevosita bog'liq. Tovarlar vositachilar (ta’minot—ta’minlash, savdo—sotib olish XYuSlari va tashkilotlari hamda boshqa vositachilik firmalari) orqali realizatsiya qilinganda bahoda vositachining ustamasi o'z aksini topadiki, u vositachilik qilganligi uchun komission yig'imlami, vositachining transport va boshqa xarajatlarini, uning qo'shilgan qiymat solig'i va foydasini o'zida aks ettiradi. Savdo ustamasi savdo tashkilotlarining mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarini (muomala xarajatlarini) va ularning foydasini qamrab oladi. Hozirgi paytda savdo ustamalari markazlashtirilgan tarzda tasdiqlanmaydi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan alohida tovariar bo'yicha ularning yuqori chegarasi mintaqaning mahalliy ma’muriyati tomonidan belgilanadi. Baho yuqorida sanab o'tilgan barcha elementlarni o'zida mujassam etmasligi ham mumkin. Masalan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olish bahosida qo'shilgan qiymat solig'i mavjud emas. Shuningdek, barcha tovariar ham aksizosti tovarlari bo'lavermaydi, ayrim tovariar esa vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri iste’molchilarga sotiladi. Xilma-xil bo'lishiga qaram asdan, bozor baholari erkin iqtisodiyotda talab va taklifga m uvofiq ravishda o'm atiladi. Hukumatning baholarni shakllantirish tizimiga aralashuvi (bunday deyilganda, odatda, tovarlarga baholarni shakllantirish jarayoni va baholar tizimi tushuniladi), jahon amaliyotining ko'rsatishicha, ko‘pchilik hollarda, iqtisodiy vaziyatni murakkablashtiradi. Buning sababi shundaki, davlat organlari, odatda, o'zlarining biznesga ishtirok etishlari natijasida qo'shimcha xarajatlarni vujudga keltiradi. Baholarni aniqlashning turli-tuman konsepsiyalari mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: sof qiymat asosida baholarni aniqlash (muallifi G.S.Strumilin); baholarni o'rtalash tirilgan qiym at asosida aniqlash (D.D.Kondratov); takror ishlab chiqarish baholari (V.S.Nemchinov); • ob’ektiv asoslangan tarzda baholash (L.S.Kantorovich); oxirgi xarajatlarning baholari (S.S.Shatalin). va boshqalar. Bahoni hisoblash (aniqlash)ning «o'rtacha xarajatlar va foyda» metodi o'z asosiga ishlab chiqarishning o'rtacha chiqimlari va ustamasini oladi. Bunda baho ishlab chiqarish chiqimlari va foydaning yig'indisi sifatida qaraladi. Bu yerda foydaning qismlari esa foydalanilayotgan mehnat va tabiiy resurslarga, kapitalga proporsional ravishda aniqlanadi. Bu metodga ko'ra mehnatning qiymati bahoning asosi bo'lib xizmat qiladi. Bunday yondoshuv erkin bozor tizimi nuqtai-nazaridan o'zini oqlamaydi, chunki ko'p XYuSlar o'z tovarlarini yuqori bahoga ega bo'lishga intilib, xarajatlar va foyda bilan baholamasdan, balki xilmaxil omillarni hisobga olgan holda baholaydi. Xolbuki, amaliyotda ana shunday bo'lishi mumkin ekan. Har holda buni neoklassiklar tasdiqlaydi. Ularning qarashlaricha, ne’matlami ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari shu mahsulotni sotib olish kerakligi yoki yo'qligi xususidagi iste’molchining tegishli qarori bilan hech qanday umumiy jihati yo'q. Bu joyda uni haqiqatdan ham tashvishga soladigan narsa iste’moldagi optimallilikdir. Agar u shu tovarni o'z ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori sifatli deb e’tirof etsa, baholarni qoplashga mo'ljallangan xarajatlarni (bu yerda yana shu narsani ham hisobga olish kerakki, u o'zining ish haqiga bu mahsulotdan tashqari yana boshqa bir qancha mahsulotlami ham sotib olishi kerak) asosli deb hisoblasa, u holda u shu mahsulot o'zida mujassam etgan foydalilikka (naflilikka) asoslangan holda qaror qabul qiladi. Tovarda mujassamlangan foydalilikni esa hyech qachon shu mahsulotni ishlab chiqarish qiymatiga tenglashtirib boMmaydi. Shuning uchun ham baholarni shakllantirishning ikkinchi metodini «bozor nimani ko'rsatsa», deb xarakterlash qabul qilingan. Bahoni zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlash asosida hisoblash metodi ham ma’lum. Uning asosida zararsizlik grafigi yoki kutilayotgan foydani ta’minlashning tijoriy biznes-rejalashtirish yotadi. Boshqa hollarda baho chiqariladigan tovarning unikalligi (antiqaligi) asosida o ‘rnatiladi. Bu yerda baho o‘rnatilayotgan paytda nafaqat ishlab chiqarish chiqimlari, balki tovarning sotib oluvchi uchun qadr-qimmati ham inobatga olinadi. Ko'pchilik hollarda baholar preyskurant baholar asosida aniqlanadi. Bunday metodni amalga oshirish jarayonida savdolashish imkoniyati mavjud bo'ladi. Individual sotib oluvchilar uchun buning ahamiyati kamroq bolsa-da, ulguiji sotib oluvchilar uchun bu narsa katta ahamiyatga ega bo'lib, baholaming umumiy darajasiga o'z ta’sirini, albatta, ko'rsatadi. Bahoni aniqlashning raqobat savdolari orqali m etodi XYuSlarning pudrat uchun kurashuvi sharoitida qo'llaniladi. Bunda XYuS raqobatchilaming kutilayotgan baho takliflarini hisobga oladi. U o'zining oldiga shartnomani qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'ygan ekan, boshqa raqobatchilarga nisbatan pastroq bo'lgan bahoni so'raydi. Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling