Xolbekova mohichexraning "texnologiya" faniga oid


Download 0.65 Mb.
bet10/140
Sana04.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1748348
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   140
Bog'liq
Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt bo-fayllar.org

8-9 sinflar uchun:
1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
2. Ishlab chiqarish asoslari.
3. Kasbga yo’naltirish asoslari.
o’quvchilarga mehnat ta’limi yo’nalishlari bo’yicha kasb turlari haqida axborotlar beriladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflarida o’quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq bo’lsa, moddiy texnik va kadrlar ta’minoti etarli bo’lsa mehnat ta’limi darslari shu sinflardagi o’quvchilarni ikki guruhga bo’lgan holda olib boriladi.
Mehnat ta’limining barcha yo’nalishlari bo’yicha 5 va 6 – sinflarda 6 kun (24 soat), 7-sinfda 10 kun (40 soat) 8-sinfda 16 kun (96 soat), jami 160 soat amaliyot o’tkazish rejalashtirilgan.
Amaliyotning maqsadi - o’quvchilarga o’rgatilayotgan bilim, ko’nikma va malakalarni bevosita unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida qatnashish orqali (sa’noat, qishloq xo’jalik va umumiy ovqatlanish korxonalari, ustaxonalar, tashkilot, muassasa yoki hunarmand ustalar huzurida) mustakamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida tashkil qilishdan iborat. Amaliyot ta’lim muassasasi yoki ishlab chiqarish korxonasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, o’quv yilida ko’zda tutilgan ta’til vaqtida o’tkaziladi.
5-Mavzu: Texnologiya fanidan ilmiy nazariy tadqiqotlar.
Reja:
  1. Pedagogik tadqiqotlar metodlarining mazmun mohiyati.


  2. Mehnat ta’limida qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari


  3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bosqichlari





Tayanch iboralar: ilmiy-pedagogik tadqiqot, metod, pedagogik kuzatish, suhbat, test, eksperiment, matematik va statistik tahlil, ijtimoiy tadqiqot metodi, tarbiya jarayoni, mutaxassislik, so’rovnomalar, hujjatlarni tahlil qilish, statistik ma’lumotlar.
1. Pedagogik tadqiqotlar metodlarining mazmun mohiyati. o’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat» asarlarida umuminsoniy qadriyatlarga qaytish haqidagi mulohazalarida ta’lim-tarbiya masalalarini faollikka asoslangan tamoyillarga o’tkazish, o’sib kelayotgan yosh avlodni yangiliklarni tez qabul qilishga undash, istiqlol yaratgan keng imkoniyatlardan foydalanib, xo’jalik va madaniyatning hamma sohalarida yuksak natijalarga erishish haqida gap boradi. Bu yangicha dunyoqarash xalq ta’limida ilgari surilgan uzluksiz ta’lim va shaxs xislatlarini ijodkorlik ta’limi orqali rivojlantirishda ta’lim nazariyasi oldiga yangi vazifalarni qo’yadi.
Xalq ta’limi tizimini tubdan o’zgartirish, uning rivoji uchun pedagogik, uslubiy, psihologik sharoitlarni yaratish talab etiladi. Amaliyotdan shu narsa aniq ravshanki, har qanday ilmiy xulosa tajriba va ilmiy tadqiqotlarga asoslanadi. Pedagogikada, xususan ta’lim va tarbiyada ilmiy tadqiqotlar hech qachon to’xtamaydi va uzluksiz davom etaveradi.
Pedagogik tadqiqotlarning fani sifatida maktab va boshqa o’quv yurtlarining faoliyati, uning maqsadi, dasturiy ma’nosi, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati, tashkiliy shakl hamda ijtimoiy sharoitlar xizmat qiladi.
Didaktik faoliyat o’qituvchi va o’quvchilarning hatti-harakatlaridan iborat. Bunday faoliyat natijasida o’quvchilar bilim, iqtidor va ko’nikmalarga ega bo’ladilar, o’z dunyoqarashini, shaxsiy kadriyatlar tizimini shakllantiradilar. Taxsil natijasida o’quvchi shaxsining turli xislatlari shakllantiriladi. Bunday o’zgarishlarni kuzatish, hisobga olish pedagogik tadqiqotlarnnig asoslaridan hisoblanadi. Yuqoridagi o’zgarishlar, o’qituvchining didaktik faoliyati ta’siridagi va o’z shaxsiy hatti-harakatlari ta’siridagi o’zgarishlar orasidagi qonuniyatlarni ochishga, ularni taxlil qilishga imkon beradi. O’quvchilar va o’qituvchilarning o’quv ishlari sharoitlari, harakatlari, ta’lim mazmuni, metod va vositalari orasidagi bog’liqliklar, tabiat qonuniyatlari qanday ob’ektiv xarakterga ega bo’lsa, shunday ob’ektiv xarakterga egadir.
Ta’lim va tarbiyaga taalluqli hatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib taxlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblanishini Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika», K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya fani sifatida» asarlarida ko’rish mumkin.
o’quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosalar chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan yemperik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling