Xolesistit — alomatlari, O’tkir va surunkali turlari, sabablari, davolash, parhez


Download 176.5 Kb.
bet8/11
Sana09.06.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1470620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xolesistit — alomatlari, O’tkir va surunkali turlari, sabablari,

Kardialgik sindrom. Ovqatlanishdan keyin paydo bo’ladigan aritmiyalar va ekstrasistoliyalar, yurak bo’lmachalari hududidagi o’tmas og’riqlar. Elektrokardiogramma salbiy T tishcahalari, tekis QRS tishchalarini ko’rsatadi;

  • Ezofagik sindrom. Jig’ildon qaynashi, ko’ks ortida o’tmas og’riq va yot jism mavjudligi hissi. Vaqtinchalik disfagiya (ovqatni yutish qiyinligi);

  • Ichak sindromi. Lokalizatsiya qilinmagan og’riqlar va doimiy ich qotishi bilan qorin damlanishi.

    Surunkali nokalkulyoz xoletsistit — o’t pufagining yallig’lanishi bo’lib, u mikroblar bilan zararlanishi natijasida rivojlanadi va tosh shakllanmasdan biriktiruvchi to’qimalarining o’sib ketishi va safro turg’unligi bilan kechadi.
    Mikrofloraning patogenez o’chog’iga kirib borishi ko’tariluvchi, tushuvchi yoki limfogen yo’l orqali sodir bo’ladi:

    • Ko’tariluvchi yo’l — ichakdan pufak bo’yniga va undan yuqoriga. Safroning ichakdan qayta oqishini oldini oladigan sfinkter funktsiyasining buzilishiga yo’l ochib beradi;

    • Tushuvchi yo’l — infektsiya qo’zg’atuvchisining qon oqimida sirkulyatsiya qilishida. Ba’zi manbalarda infektsiyani «gematogen» yo’l bilan tarqalishi deb ataladi;

    • Limfogen. Limfa — organizmning biologik suyuqligi bo’lib, u ko’plab funktsiyalarda, shu jumladan yallig’lanish reaktsiyalarini neytrallashtirishda ishtirok etadi. Katta hajmli yiringli infektsiyalarda (siydik-tanosil, nafas olish, hazm qilish sferasida) limfa o’z rolini bajara olmaydi va infektsiya tarqalishi omili bo’lib xizmat qila boshlaydi.

    Surunkali nokalkulyoz xolesistit patogenezi rivojlanishi o’t pufagining qisqaruvchi va so’ruvchi funktsiyasining yo’qotilishi bilan kechadi, bu esa safro turg’unligi (okklyuziya), devorlarining qalinlashishi va a’zoning bujmayishiga olib keladi.

    DESTRUKTIV XOLESISTIT


    Xolesistitning flegmonoz va gangrenoz turi bitta nozologik guruhga kiritilgan. Og’ir yallig’lanish jarayonlarining umumiy nomi destruktiv (buzuvchi) xolesistitdir. Flegmonoz xolesistitning prognozi ehtiyotkor, gangrenoz shakliniki — salbiy. Flegmonoz xolesistit deyarli har doim kataral va yiringli xoletsistitning davomi sifatida kechadi, ammo ayrim hollarda mustaqil patogenezga ega bo’ladi.
    Asosiy simptomakompleksga (kuchli og’riq, ko’ngil aynishi, og’zida achchiq ta’m) quyidagilar qo’shiladi:

    • Qorin damlanishi — ichak parezi yoki atoniyasi belgisi;

    • Taxikardiya (daqiqasiga 112 taga qadar) — og’riq markazlarining qo’zg’alishi;

    • Nafas olishda tananing o’ng tomoni chap tomongaga simmetrik bo’lmaydi — bu reflektor avaylovchi reaktsiya.

    Gangrenoz xolesistit flegmonoz xolesistitning davomi hisoblanadi. Kasallik quyidagicha ifodalanadi:

    • Yuzaki nafas olish — reflektor avaylovchi reaktsiya;

    • Ongning depressiyasi;

    • Qorinparda devorining tarangligi va kuchli og’riq — peritonitning belgisi.

    Download 176.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling