Xoli salomatligi va uni o’rganish usullari
Axoli kasallanishi va uni o’rganish usullari
Download 136 Kb.
|
Aholi salomatligi va uni o’rganish usullari
Axoli kasallanishi va uni o’rganish usullari.
(davolash va pediatriya fakultetlari talabalari uchun) Mavzu rejasi: 1.Kasalanish to’g’risida tushuncha. 2.Kasallanishni o’rganish usullari va manbalari. 3.Xalkaro kasalliklar nomenklaturasi, klassifikatsiyasi to’g’risida tushuncha. 4.Kasallanish turlari va ularni o’rganish usullari.
Axoli salomatligi haqida gapirganimizda, axoli salomatligini baxolovchi ko’rsatkichlardan biri kasallanish ko’rsatkichlari e’kanligi haqida to’xtalgan e’dik. Kasallanish deganda biz o’zi qanday jarayonni ko’z oldimizga keltirishimiz kerak. Kasallanish deganda jami mavjud kasalliklarning yoki aloxida bir kasallik turining, butun axoli o’rtasida yoki qandaydir bir ijtimoiy guruxi ichida darajasi tushuniladi. Kasallanishlar to’g’risidagi ma’lumotga e’ga bo’lamiz biz, qachonki bemor davolash-profilaktik muassasalarga murojaat qilib, kasalligini qayd qilsalar. Agar to’liq ma’lumotga e’ga bo’lishni nazarda tutsak,bu ko’p jixatdan axoliga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam darajasiga, tibbiy ko’riklarning xolatiga bog’liq bo’ladi. Axolini qancha ko’p tibbiy ko’rikka qamrab olishni tashkil qilinsa kasallanish darajasi to’g’risida shuncha to’liq va to’g’ri ma’lumotga e’ga bo’lamiz. Kasalliklar to’g’risida to’g’ri va to’liq ma’lumotga e’ga bo’lib axoliga ijtimoiy-tibbiy xizmatni to’g’ri rejalashtirish va tashkil qilishda axamiyati katta. Axoli kasallanishini o’rganish va uni to’g’ri ta’riflashda uchta tushunchadan foydalanamiz: 1.Xususiy kasallanish (birlamchi kasallanish) 2.Umumiy kasallanish (tarqalganlik) 3. Tibbiy ko’rikda aniqlangan kasalliklar. (Patologichveskaya porojennost)
axolining birlamchi kasallanishi avvalgi yillarga o’xshab pasayishi davom e’tmoqda. Agar ko’p viloyatlarda birlamchi kasallanish 3-5% ga bo’lsa Surxondaryo viloyatida 33 %ga, Toshkent viloyatida 20% ga kamaygan. Ushbu xolatni asosan axolining ko’pchilik qismi tibbiy muassasalarga kam murojaat qilib, o’z-o’zini davolash usullaridan, shaxsiy o’zlarining vrachlariga murojaat qilib davolanishidadir. Buning isbotini xuddi shu viloyatlarda qatnovlar sonining avvalgi yillarga nisbatan keskin kamayishi bilan bog’lasa bo’ladi. Ms: Surxondaryoda o’tgan yilga nisbatan 481,5 ming qatnovga. Toshkent viloyatida 1625,1 ming qatnovga kamaygan. Demak axoli o’rtasida paydo bo’lib, ammo davolash-profilaktik muassasalarida qayd qilinmagan kasalliklar, kasallanish darajasini aniqlashda inobatga olinmaydi, bu o’z navbatida birlamchi va umumiy kasallanishning darajasini kamaytirib ko’rsatadi va axoli salomatligi to’g’risida ma’lumotga e’ga bo’la olmaymiz. Kasallanish tarkibini taxlil qilganimizda Respublikamizda birinchi o’rinda nafas olish kasalliklari 28,5% ikkinchi o’rinda qon kasalliklari 15,6%, uchinchi o’rinda ovqat xazm qilish a’zolari 10,2% , to’rtinchi o’rinda asab kasalliklari 8,2% beshinchi o’rinda jaroxatlanish va zaxarlanish 6, 2 e’gallaydi. Ma’lumki ko’p yillardan beri Respublikamizda nafas yo’li kasalliklari birinchi o’rinni e’gallab keldi, 1998 yildan beri 3-o’ringa tushdi, buning asosiy sabablaridan biri, ushbu patologiyani aniqlashni yaxshi yo’lga qo’yilmaganligidir. Birlamchi kasallanishning pasayishi axoli kasallanishning xaqiqiy pasayganligini bildirmaydi. Bu demak axolining davolash-profilaktik muassasalariga murojaat qilishlarining pastligi oqibatidir. Bu xolat umumiy kasallanishning yildan-yilga o’rtacha 2-4% ga oshishi bilan isbotlanadi. Umumiy kasallanish-bu ma’lum bir davrda jami aniqlangan kasalliklar, ya’ni yangi aniqlangan va oldingi yillarda aniqlangan va ushbu yilda bir marta qayd qilinib ro’yxatga olingan kasalliklarning 10000, 100000 axoliga nisbati. Demak umumiy kasallanishni xisoblashda, bemorlarning murojaat jarayonida to’lg’azilgan statistik talon (f-025-2/x)ning xar ikkalasi (+) bilan va belgisizlari qo’shilib hisoblaniladi. Ushbu har ikkala, birlamchi kasallanish va umumiy kasallanishni o’rganish statistik talon (f-025-2/x) formasi asosida o’rganiladi.Statistik talon bemorlar ambulatoriya-poliklinik muassasalarga murojaat qilib hali xech qachon aniqlanmagan, xech qaerda qayd qilinmagan kasalligi aniqlanganda to’lg’azilib (+) belgisi qo’yiladi, demak (+) belgi bilan to’lg’azilib stat. Talonlar birlamchi kasallanishni o’rganishda ishlatiladi. Agar bemor biron-biron kasallik tufayli murojaat qilganda, ushbu kasalligi oldingi yillarda aniqlangan bo’lsa, shu kasallik ushbu yilda bumor birinchi marta murojaat qilganida stat. Talon xech qanday belgisiz to’lg’aziladi. Umumiy kasallanish birlamchi kasallanishdan xamisha yuqori turishi bilan farqlanadi. Umumiy kasallik o’zining tarkibidagi darajasi bilan ham birlamchi kasallanishdan farq qiladi.ms: Qoraqolpog’iston respublikasi 1-o’rinda umumiy kasallanishda qon kasalliklari turadi (anemiya hisobiga), 2-o’rinda nafas yo’llari kasalliklari, 3-o’rinda asab kasalliklari, 4-o’rinda ovqat xazm qilish kasalliklari, 5-o’rinda siydik-jinsiy a’zolar kasalliklari turadi. Ushbu kasallanish darajasi ham bizga axoli salomatligi to’g’risida to’liq ma’lumot bermaydi, sababi bu ham axolining murojaati bilan bog’liq, shuning uchun axoli o’rtasida kasallanishning xaqiqiy darajasini bilish maqsadida tibbiy ko’riklar o’tkazilishi zarur bo’ladi. Tibbiy ko’rikda aniqlangan kasalliklar. (patologik parojennost) bu yoppasiga o’tkazilgan tibbiy ko’rik natijasida aniqlangan kasalliklarning 1000 tibbiy ko’rikdan o’tkazilganlarga nisbatidir. Tibbiy ko’rik natijasida hali natijasida hali bemorlarni bezovta qilmayotgan e’ndi shakllanayotgan kasalliklar ham aniqlaniladi. SHu sababli tibbiy ko’rik vaqtida aniqlangan kasalliklar darajasi, birlamchi va umumiy kasalliklarga nisbatan ham yuqori bo’ladi va axoli salomatligini baxolashda e’ng asosiy manbalardan biri bo’lib xizmat qiladi. Kasalliklarning nomenklaturasi va klassifikatsiyasi. Sog’liqni saqlashni rejalashtirish, uni to’g’ri boshqarish axoli sog’ligi to’g’risidagi aniq ma’lumotlarga e’ga bo’lmasdan turib amalga oshirishni ko’z oldimizga keltirish juda qiyin, axoli salomatligining darajasini o’rganish va baxolash xalkaro kasalliklar tasnifidan foydalanish yo’li bilan amalga oshiriladi. SHu vaqtgacha biz 1975 yilda Dunyo Sog’liqni saqlash assambleyasining 29 sessiyasida qabul qilingan 1980 yildan amalga kiritilgan 9 chi ko’rigi bo’yicha kasalliklar tasnifidan foydalanib keldik. Oxirgi 10 chi ko’rik 1989 yilda dunyo Sog’liqni Saqlash assambleyasining 43 chi sessiyasida qabul qilindi va 1993 yildan amalga qo’llash tavsiya e’tilgan. Ko’pgina davlatlar ushbu klassifikatsiyaga o’tdilar, ammo ba’zi iqtisodiy tomondan nochorroq davlatlar shu kungacha ushbu kasalliklar klassifikatsiyasiga o’ta olmaganlar. Xalkaro kasalliklar klassifikatsiyasida mavjud kasallarning barchasi sinflarga, sinflar bloklarga (gruppa), bloklar rubriklarga, rubriklar uch rakamli sonlar bilan belgilanadi, rubriklar podrubriklarga, ular to’rt sonli rakam bilan belgilanadi. Xozirgi klassifikatsiyaning oldingi 9chi klassifikatsiyadan farqlari quyidagilardan iborat: -sinflar 17 dan 21 ga oshgan. -asab sistemasi kasalliklari YI –asab sistemasi kasalliklari YII-ko’z kasalliklari va uning pridatochnogo apparatlari kasalliklari YIII- quloq va so’rg’ichsimon o’siq kasalliklari. -YOrdamchi E-kod mustaqil sinfga XX-kasallanish va o’limning tashqi sabablari. -YOrdamchi u-kod mustaqil sinfga-axoli salomatligiga ta’sir e’tuvchi omillar va sog’liqni saqlash muassasalariga murojaati. Bu yangi sinf profilaktikaga bo’lgan talabning oshib borayotgan yo’nalish manfaatlarini ko’zlab, murojaatlarni o’z vaqtida ro’yxatga olishni ko’zlab amalga oshirilgan. - XX-XXI sinflarda sezilarli o’zgarish sodir bo’ldi, asosan ta’sir qiluvchi ximiyaviy moddalarning nomi 5,5 mingdan oshib ketdi. -Bloklar soni 258 taga etdi. -rubrik belgilash uchun ingliz xarfi va ikkita shifr belgilangan. Barcha lotin alfaviti qo’llanilgan . U xarfidan tashqari. -rubriklar soni 999 tadan 2600 taga etgan. -yangi klassifikatsiya ko’pgina kasalliklarni xar xil organlarning zararlashiga qarab baholash imkoniyatini yaratadi.YAngi klassifikatsiyada aniqlanmagan xolatlar rubrikasi qoldirildi. Bu o’z navbatida sog’liqni saqlash tashkilotchilarga tashxislik soxasini to’g’ri baholashga yordam beradi. Xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi sinflari.
Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling