Xoli salomatligi va uni o’rganish usullari


Axoliga tibbiy-profilaktik yordamni tashkil qilishning asosiy printsiplari va hozirgi muammolari


Download 136 Kb.
bet8/10
Sana03.11.2021
Hajmi136 Kb.
#170169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aholi salomatligi va uni o’rganish usullari

Axoliga tibbiy-profilaktik yordamni tashkil qilishning asosiy printsiplari va hozirgi muammolari.
Mavzu rejasi:

1. Respublikamizda sog’liqni saqlash organlari va uning davlat tizimidagi tutgan

o’rni.

2.Axoliga davolash-profilaktik yordamni tashkil qilishning asoslari.



3. Davolash-profilaktik muassasalarning nomenklaturasi.

4. SHaxar poliklinikasi va uning vazifalari vazifalari, tarkibiy, ish printsipi.

5. Axoliga statsionar turda tibbiy yordamni tashkil qilish.
O’zbekiston Republikasida sog’liqni saqlash tizimi davlat axamiyatiga e’ga bo’lgan xalq-xo’jaligining ajralmas tarmoqlaridan biri. Axoli salomatligini saqlash va uni mustaxkamkamlash O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 40 moddasida “har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish xuquqiga e’ga” deb belgilangan.

1996 yilda qabul qilingan “Fuqarolar sog’ligini saqlash to’g’risidagi qonunda” da ham respublikamiz axolisiga tibbiy-profilaktik xizmatni ko’rsatuvchi muassasa va tashkilotlarning turlari va ularning faoliyat turlari batafsil belgilab berilgan.

Respublikamizda xalq-xo’jaligining boshqa soxalari kabi sog’liqni saqlash tizimning barcha faoliyatini boshqarish, kadrlar bilan ta’minlash ularning vazifalarini taqsimlashda, o’qish, qayta tayyorlashni tashkil qilishda. Ishni rejalashtirish va uni mablag’ bilan ta’minlashda boshqarish tizimining tutgan o’rni katta.

O’zbekiston Respublikasida Sog’liqni saqlash tizimidagi barcha davolash-profiklaktik muassasalarning faoliyati O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqariladi. Viloyatlarda, katta shaharlarda va tumanlar sog’liqni saqlash boshqarmasi boshliqlari va bosh vrachlari tomonidan boshqariladi. Umuman sog’liqni saqlash tizimi 2-tomonlama bo’yin sunuvchi soha hisoblanadi. Vertikal va gorizantal yo’nalishda/ to’g’ridan-to’g’ri va joylardagi xokimlarga/. Vertikal bo’yin sunishda o’zidan yuqori turgan tibbiyot muassasasiga bo’yin sunish tushunilsa, joylardagi xokimlarga qarashli bo’lish tushuniladi.Ms: sog’liqni saqlash vazirligiga viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasiga viloyat kasalxonasi va xakazo.

Gorizontal bo’yin sunishda davolash-profilaktik muassasa qaysi viloyat yoki tuman xududida joylashgan bo’lsa shu xudud xokimligi tomonidan chiqarilgan qarorlar va buyruqlarni bajarish bilan amalga oshiriladi. YUqorida qayd kilingan tizimidan tashqari sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli bo’lmagan quyidagi bir qator davolash profilaktik muassasalar ham mavjud. Temir yo’l, havo yo’llari va ichki ishlar xodimlar tibbiy yordam beradigan muassasalar shular jumlasiga kiradi. Bu muassasalar bevosita o’z vazirliklariga bo’y sunadilar. Respublika sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan isloxatlar Sobiq ittifoq davridagi sog’liqni saqlash tizimiga bir muncha o’zgartirishlar kiritdi.

Bular qatoriga respublikamizda FAP lar o’rniga qishloq vrachlik punktlarini tashkil qilinayotganligi, Respublikamizda, viloyat markazlarida va tumanlarda shoshilinch tibbiy yordam markazlari uning filial va bo’limlarining tashkil qilinayotganligi, bosqichma-bosqich tibbiyotning ba’zi soxalarida pullik xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning tashkil qilina boshlaganligini kiritish mumkin. Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilib hayotga tadbiq e’tilishini sog’liqni saqlash tizimiga qarashli oliy va o’rta ta’lim tizimida ham o’zgarishlarga olib keldi.

Umumiy amaliyot shifokorlarni tayyorlash, oliy toifadagi xamshiralarni, tibbiy pedagogik kadrlarni tayyorlashni amalga oshirish bunga misol 1998 y 1 yanvarga respublikamizda 3413 ta axoliga ambulatoriya poliklinik vrachlik tibbiy yordamni ko’rsatgandagina muassasa 4474 ta FAP, 1999 ta vrachlik va 663 feldsherlik punktlari mavjud. 1071 ta kasalxonada.

Axoliga kunduzgi stantsionar tibbiiy yordam 3085 ta muassasalarda amalga oshiriladi. Ulardagi jami o’rinlar soni-46922 ta.

Davolash –profilaktik muassasalarning nomenklaturasi.

Davolash profilaktik muassasalarning turlari sobiq ittifoq davrlarida shakllanib, u bir necha bor ko’rib chiqilgan va tasdiqlagan. Ms: 1949. 1962, 1974 va sobiq ittifoq davrida oxirgi marta DPM larning klassifikatsiyasi 1978 yilda 1000 buyruq asosida ko’rib chiqib tasdiqlanib uzoq yillarda davomida shu bilan ish olib kelinmoqda. Ammo respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng xalq-xo’jaligining barcha tarmoqlarida bo’lganidek sog’liqni tizimida ham ayrim o’zgarish va tuzatishlar kiritildi va bu tadbir “Sog’liqni saqlashni isloh qilish” dasturi asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi fuqarolar sog’liqni saqlash qonuniga muvofiq qator vazirlikning buyruqlari ishlab chiqilib, ularning ko’pchiligi amalga oshiriladi va sog’liqni saqlash tizimida yangi turdagi DPM lar faoliyat ko’rsatmoqda. Bular qatoriga qishloqdagi mavzu FAP larning o’rniga “Qishloq vrachlik punktlarning” tashkil qilinishi, bu bilan vrachlik tibbiy yordamni qishloq axolisiga yaqinlashtirildi, “SHaxar vrachlik punktlarining “tashkil e’tilishi ham shaxar poliklinikalarning ishini engillashtiradi”, SHoshilinch tibbiy yordam markazi Toshkentda, uning viloyatlaridagi filiali va tumanlarda bo’limlarning paydo bo’lishi axolini shu soxada tekin tibbiy yordamning tashkil e’tilishiga olib keldi. Bulardan tashqari onalik va bolalikni muxofaza qilish, santariya e’pidemiologiya deportamenti tizimidagi o’zgarishlar, qolaversa kadrlar tayyorlashdagi yangiliklar bunga misol bo’la oladi.

1 Kasalxona muassasalari –bularga tuman markazlaridan uzoqda joylashgan axolisi 1500 kishidan kam bo’lgan punktlarda hozirgi mavjud FAP lar, KVP KUK, MTK, shahar kasalxonalari, shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, viloyat kasalxonalari, bolalar kasalxonasi, Respublika miqiyosidagi kasalxonalari, bolalar kasalxonasi, Respublika miqiyosidagi kasalxonalar va boshqalar kiradi.

2. Ixtisoslashgan shuningdek tor ixtisosdagi kasalxonalar-bularga ruxiy kasalliklar shifoxonalari, sil kasalliklari, yuqumli kasalliklar, ko’z tish kasalliklari, fizioterapevtik shifoxonalar kiradi.

3. Dispanserlar: -sil kasalliklari, o’sma kasalliklar, narkologiya, fizioterapevtik, e’ndokrinogik va boshqa turdagi dispanserlar kiradi.

4. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari bularga: KVP, FAP, ambulatoriyalar, FP, poliklinikalar, bolalar poliklinikalari fizioterapevtik poliklinikalar va boshqalar.

5. Kechiktirib bo’lmaydigan, shoshilinch tez tibbiy yordam ko’rsatuvchi muassasalar san aviatsiya, tez tibbiy yordam punktlari, qon quyosh stantsionarlar, tez tibbiy yordam markazlari uning filial va bo’limlari.

6. Onalik va bolalikni muxofaza qiluvchi tibbiy muassasalar: bolalar bog’chasi yaslililar (vazirlikka qarashli) tug’ruqxona , ayollar maslaxat xonalari, bolalar –mehribonlik uylari, sut oshxonalari va boshqalar kiradi.

7. Sanitariya-kurorti muassasalari: bularga sanitariyalar, sanitariya-profilaktoriyalar, kurort poliklinikalar, bolnologik va balchiq bilan davolaydigan shifoxonalar kiradi.

Bugunga kelib Respublikamizda axoliga 34113-vrachlik muassasalari 4474-FAP, 663-FP, 1071 ta kasalxona (ularda doimiy o’rinlar soni-133052 ta) (1997 yilda bu ko’rsatkich 115/ 1483 61 ta) ya’ni o’rinlar soni 15309 taga shifoxonalar soni 80 taga kamaygan. Axoliga 3085 muassasada kunduzgi statsianar tibbiy yordam ko’rsatiladi. Ulardagi o’rinlar soni 46922 ta. SHundan 775 / 25633 tasi kasalxonalarda.2310/ 21289 tasi APM larda tashkil qilingan. Uylardagi shifoxonalar 2808 ta.




Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling