Xoli salomatligi va uni o’rganish usullari
Tibbiy –demografik muammolar. Demografiya va uning ijtimoiy ahamiyati
Download 136 Kb.
|
Aholi salomatligi va uni o’rganish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «______»___________________2007y.
Tibbiy –demografik muammolar. Demografiya va uning ijtimoiy ahamiyati.
(davolash va pediatriya fakultetlari talabalari uchun) Jamoat salomatligi va sog`liqni saqlashni boshqarish, jismоniy tarbiya kafedrasining ilmiy – uslubiy konferen-tsiyasida muxokama qilingan. Bayonnoma № 2 «______»___________________2007y. Urganch-2007 Mavzu rejasi: Deomografiya haqida tushuncha. Demografik jarayonlarning tibiiy-ijtimoiy ahamiyati. Urbanizatsiya to’g’risida tushuncha. Axoli va uning xususiyatlari to’g’risidagi nazariyalar. Demografik ko’rsatkichlar va ularning tibbiyot va sog’liqni saqlashdagi tutgan o’rni. Ushbu ma’ruzada gap demografiya va uni xisoblash usullari va uning tarixi haqida e’mas, sababi bu xsusiyatlarini o’quv kitobidan yoki amaliy mashg’ulotlardan olish mumkin. Ma’ruza muammoli masala bo’lganligi sababli gap, demografik jarayonlarning tibbiyotda, axoli salomatligini o’rganishda uni baxolovchi ko’rsatkichlardan biri sifatida, demografik jarayonining jamiyat taraqqiyotiga uning iqtisodiy rivojiga ta’siri yoki dmografik jaryonlarning iqtisodiyotga bevosita ta’siri to’g’risida boradi. Agar demografik jarayonni o’rganish, undagi sodir bo’layotgan o’zgarishlarning faqatgina tibbiyotga ta’lluqli muammo desak, bir muncha noto’g’ri bo’ladi, sababi tibbiyot muammolarini xal qiluvchi, balki xalq-xo’jaligining barcha soxalarini to’g’ri rivojlantirish dasturlarini yaratishda ahamiyati juda katta. Bundan tashqari har bir mamlakatning demografik jarayonlariga qarab uning qanchalik taraqqiy e’tganligi to’g’risida bilish mumkin. Demografik ko’rsatkichlar axoli salomatligini baxolashda asosiy mezonlardan biri sanaladi. Ma’lumki axoli xarakati, ayniqsa immigratsiya, e’migratsiya jarayonlari yuqumli kasalliklarning tarqalishida, bir davlatdan ikkinchi davlatga o’tishni ta’minlovchi asosiy omillardan biri. Bulardan tashqari axolining mexanik xarakati jarayonida odamlarning ijtimoiy sharoitlari yomonlashadi, ta’minot darajasi buziladi/ ms: qochoqlar, favqulodda xodisalar va boshqalar/ bu ham o’z navbatida xar xil kasalliklarning tarqalishiga olib keladi. 1962 yilda № 6 BMT tomonidan qabul qilingan axolining tug’ilishi va o’limini va b. Ro’yxatga olish uchun “axolini byuliten asosida qayd” qilish qabul qilingan bo’lsa xam bugun ko’pgina rivojlanayotgan / ms: afrika davlatlarida tug’ilishi va o’lim atigi 45% qayd e’tiladi, ushbu xolat er yuzi axolisi o’rtasida uni to’liq regestratsiya qilish 30 % ga amalga oshiriladi. Tabiiyki, bunday davlatlarda kasallanishning ko’rsatkichlari xam aniq bo’lmaydi. Ko’pchilik mamlakatlarda yagona hisobga olish va tibbiy statistika masalalari to’liq yo’lga qo’yilmagan va natijada to’laqonli axoli salomatligini baxolovchi ko’rsatkichlarga e’ga bo’lish imkoni bo’lmaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki axoli salomatligiga to’g’ri baxo berish uchun sog’liqni saqlashni to’g’ri rejalashtirish uchun, tibbiyot va sog’liqni saqlash tizimiga demografik ko’rsatkichlari zarur va ularning ahamiyati katta. Davlatlar o’rtasida ko’pchilik ko’rsatkichlarni solishtirish, taqqoslash uchun xam ushbu ko’rsatkichlarning aniq sonlari zarur. Demografiya-bu axoli va uning jamiyatdagi rivojlanish to’g’risidagi fandir. Fanning asosiy vazifasi axolining ijtimoiy-iqtisodiy, biologik va tabiiy geografik omillari asosida uning tarkibida,joylashishda xarakatida sodir bo’layotgan xodisa va jarayonlarning, o’zgarishlarning qonuniyatlarni o’rganishdan iborat. Tibbiy-demografik ma’lumotlar o’z ichiga axoli sonini, tarkibini, undagi bo’ladigan o’zgarishlarni, o’lim sabablarini av axoli xarakatini oladi. Demo-xalq, grafo-yozaman degan ma’noni bildirib, axoli xaqidagi fan. Demografik ma’lumotlarni olish manbasi bu davriy o’tkazilib turadigan axolini ro’yxatga olish ya’ni axolining perepisidir. Demografik jarayonni o’rganganimizda bu xolatni biz 4 ta guruxga bo’lib o’rgansak yanada tushunarliroq bo’ladi. 1. Axoli statistikasi-bu o’z navbatida o’z ichiga axolining sonini uning zichligini va tarkibiy qismlarni o’rganishni oladi. Axoli sonini biz yuqorida qayd qilganimizdek axolini ro’yxatga qilish yordamida o’rganiladi. Sobiq sovet davlati tuzumiga qadar rossiyada 1897yilda amalga oshirilgan, keyin 1920,1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va oxirgi ro’yxatga olish sobiq sovet davlatida 1989 yilda amalga oshirildi. Bu ro’yxatga olish avvalgilardan tubdan farq qilib, chuqurlashtirilib , taxlil qilingan xolda komp’yuterlar yordamida amalga oshirildi, Respublikamiz mustaqillikka e’rishgandan beri xali mamlakatimizda axolini ro’yxatga olish amalga oshirilmadi. Ammo shunday bo’lsa xam O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasi tomonidan xar yili o’zining barcha tarmoqlari yordamida axolining soni aniqlanib boriladi. 1938 yil 1 yanvarga O’zbekistonda o’rtacha axolisi 23, 963 kishini tashkil e’tdi. O’zbekiston Respublikasida axoli o’sish an’anasiga e’ga xar yili Respublika axolisi yarmi mln. Atrofida o’sadi. Bundan tashqari sog’liqni saqlash xodimlarining, aniqrog’i uchastka vrachlari va xamshiralarninng yordamida xam, o’zi xizmat ko’rsatayotgan axolini ro’yxatga olish amalga oshirilib, uni umumiy ro’yxat bilan solishtirib boradilar. Axolining umumiy o’rtacha sonini, ayrim xududlar bo’yicha bilish tibbiyotga demografik va kasallanish ko’rsatkichlarini xisoblashda, sog’liqni saqlashni rejalashtirishda muxim axamiyat kashf e’tadi. Axolining zichligi xam muxim axamiyat kashf e’tuvchi xususiyatlardan biri. Axolining zichligi deganda biz ma’lum joyda / viloyatda, tumanda va bir kilometr kv maydonga to’g’ri keladigan yashovchilarni tushunamiz. Ushbu ko’rsatkichni o’rganilayotgan joyning umumiy o’rtacha axolisining xududiga km2 / bo’lish yo’li bilan aniqlaymiz. O’zbekistonda zichlik 53 kishidan ko’p. Er yuzi bo’yicha bu ko’rsatkich 30 kishini tashkil qiladi. Respublikamiz viloyatlarida axolining zichligi bir xil e’mas. Ms: Andijon viloyatida axoli zichligi Sobiq Sovet davlati ham birinchi o’rinlardan bo’lgan. Xozirgi kunda bu viloyatda axoli zichligi 500 kishidan ortiq. Xorazmda 180185 kishini tashkil qiladi. Axolining zichligi birinchi navbatda e’pidemiologiya jixatdan axamiyati katta Ms: axoli zich joyda yuqumli kasalliklarning tarqalishi xavfli juda yuqori bo’ladi. Sog’liqni saqlash xodimlarini dori-darmon, mablag’, transport va boshqalarni to’g’ri taqsimlashda, tibbiyot muassasalarini to’g’ri tashkil qilishda xam zichlikni bilishning axamiyati katta. -axolining tarkibiy qismlari, ya’ni shahar, qishloq axolisi, e’rkaklar va ayollar va o’spirinlar, tug’ish yoshidagi ayollar, ishchilar va xizmatchilar, talabalar va xakazo. Axolining ushbu xususiyatlari o’rganish, demografiyaning xususiy ko’rsatkichlarini xisoblashda qo’llaniladi. Axoliga tibbiy xizmatni to’g’ri rejalashtirishda ms. 6 tug’ish yoshidagi ayollar sonini bilish, ayollar maslaxatxonalarini tashkil qilishda, serpushtlik aniqlashda, bolalar sonini bilish bolalar davolash-profilaktik muassasalarini qurishda, ishchi va xizmatchilarni bilish t.s.k. larni tashkil qilish va xakazolarda qo’llaniladi. Axolining tarkibini bilish tibbiyotda shu tarkibiy qismlari o’rtasida profilaktik ishlarni, dispanserizatsiya, ishlarini amalga oshirishda muxim ahamiyat kashf e’tadi. 2. Axoli xarakat- bu o’z navbatida 2 ga: a/ axolining mexanik xarakati b/ axolining tabiiy xarakatiga bo’linadi. Axolining mexanik xarakati axolining bir joydan ikkinchi bir xududga ko’chish jarayoni tushunilib, bu xol ko’proq favqulodda xodisalar ro’y berganda, urush paytida yoki biron-bir shahar va inshootlarini barpo qilish jarayonlariga amalga oshirildi . Agar davlatning ichida sodir bo’lsa uni miratsiya jarayoni deb kiritamiz. Agar axoli xarakati davlat chegaralaridan o’tadigan bo’lsa, biz uni immigratsiya va e’migratsiya deb ataymiz. Immigratsiya bu boshqa davlatlardan axolining kirib kelishi bilan kechsa, e’mimigratsiyada bu davlatdan chetga axolining chiqib ketishi tushuniladi. Ushbu qayd jarayonlarni aniq bilish xam muxim axamiyatga e’ga, axoli mexanik xarakati birinchidan demografiya ko’rsatkichlarga ta’sir qiladi, negaki yoshlar yig’ilgan joyda tug’ilish, o’sish ko’rsatkichlari oshsa, o’lim ko’rsatkichlari kamayadi. Aksincha keksalar yig’ilgan joyda o’lim oshadi, tug’ilish, o’sish kamayadi. SHuningdek axolining mexanik xarakati kasallanish ko’rsatkichlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu bilan birga axolining soni, tarkibida xam o’zgarishlar sodir bo’ladi, bu o’z navbatida sog’liqni saqlashni rejalashda axamiyatga katta. 1984 yilda Mexiko shaxrida bo’lgan axoli to’g’risidagi xalqaro konfirentsiyada va keyingi formalarda /8/ qayd qilingandek 1970 yillardan boshlab butun mamlakatlarida axolining o’sishi va pasayishi kuzatilmoqda . Er e’zida 1970-75 yillarda o’rtacha yillik o’sish 2,03 % tashkil qilingan bo’lsa 80-yillarda 1,6 % rivojlanayotgan davlatlar uchun 1,2-90 % ni / 1000 axoliga/ tashkil qildi. Mamlakatimizda axolining tug’ilishi ko’rsatkichi yildan-yilga kamayib bormoqda. 1998 yilda bu ko’rsatkich xar ming axoliga 23,3% ga teng bo’lib, 1991 yilda / 34,5/ nisbatan 32,5% ga pastdir. Er sharida axolining o’sishini kamaytirishga e’rishgan bilan xam, planetamizda axoli soni yil sayin oshib bormoqda, har yili er yuzida axoli soni 80 mln kishiga o’sadi. Bir yilda 125-130 mln bola tug’iladi. Bu xolat ko’pgina rivojlanayotgan davlatlar xisobiga yuz beryapti. Mutaxassislarning xisoblashicha bizning e’ramizgacha 5-10 ming yil ilgari planetamizda 10 mln axoli bo’lgani. Ushbu axolining birinchi bor 2 marta 11 asrning boshlarida yuz bergan, ikkinchi bor 2 martaga oshishi 600 yildan keyin, uchinchi bor XIX asr oxirida sodir bo’lgan. SHu vaqtda er yuzida 1 mlrd axoli yashagan. 1960 yillarda er yuzida 3 mlrd axoli yashagan, 4 chi 2 marta olgan bo’lsa, 5 chi bor axolining 2 marta oshishi 2000 yillarda mo’ljallangan va u shunday xam bo’ladi. Xozir er sharida 6 mlrddan oshiq axoli bor. Axolining yuqori tezlik bilan o’sishi ko’proq XX yi yuz yilliklarga to’g’ri keladi. Ms: 1990-19960 yillarda axoli soni Irakda 5 marta, Iranda 3,5 marta, Pokiston, Indiya, Bangladeshda 3 marta, Evropada 4 marta oshgan. Amerikalik biolog P.E’rlixning fikricha axoli soni 2100 yilgacha 60mlrd ga etadi. Ushbu qayd qilingan xolatlar har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy axvoliga ta’sir qilmay qolmaydi. Professor B.CH. Urlansning fikricha axolining mana shunday kuchli o’sishidan so’ng 100 yildan keyin er yuzi axolisi 11-12 mlrd da maromlashadi. Ko’pchilik chop e’tilgan ma’lumotlarga qaraganda, axolining ko’payishi shu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ruxiy sabablar: milliy daromad, urbanizatsiya, mehnat sharoiti, turmush tarzi, xayot uslubiy va boshqa ko’pgia sabablarga bog’liq.. Urbanizatsiya shu shaxar axolisining va shaxarlarning ko’payishi. Sobiq ittifoq davrida 1970-80 chi yillarda bizda xam mana shunday xolat kuzatiladi. Mustaqillikdan so’ng bu xolatga biroz chek qo’yiladi. Ms: O’zbekiston qishloq axolisi 62,3% tashkil e’tadi. /1999/ Qishloqlarga ham ishlab chiqarish kirib borishi munosabati bilan ko’pchilik shaxarga kelishiga intilgan. Axoli bugun o’z joylarida yashab ishlamoqdalar. Urbanizatsiyaninng sodir bo’lishi bilan bog’laydilar. -ijtimoiy-iqtisodiy xayotiy axvolining o’zgarishi. -jamiyatda ijtimoiy professional guruxiy tarkiblarning o’zgarishi. -ijtimoiy-madaniy me’yorlarning o’zgarishi -ijtimoiy- tibbiy ko’rsatkichlarning o’zgarishi. Mana shu qayd qilingan xususiyatlarning barchasi ijtimoiy demografik jarayonlarga ta’sir qiladi. Bu ta’sirlarini biz odatda ijobiy ta’sirlar deb yuritamiz. Urbanizatsiyaning salbiy ta’sirlari xam mavjud: axolining zichligi oshadi, atmosferaning ifloslanishi, gipodinamiya –kam harakatlik, asabiy-ruxiy taranglikning oshishi, bu holatlar bizga ma’lum qon aylanish tizimi kasalliklarini, jaroxat, o’smalarning oshishiga, sanitariya –gigienik axvolining yomonlashuviga olib keladi. SHunday qilib urbanizatsiyani keng ma’noda qaraydigan bo’lsak, bu axolining yashash sharoiti va turmush tarzining keskin o’zgarishi hisoblanadi. Demografiyada ya’ni o’rtacha umr qurish yoki o’rtacha umrning davomiyligi tushunchalari ham mavjud. Bu ko’rsatkich bundan 25-30 yil avval 45-50 yoshni tashkil qilgan bo’lsa, hozirga kelib bu ko’rsatkich ko’pchilik mamlakatlarda birmuncha oshdi. Ms: YAponiyada oxirgi ma’lumotlarga qaraganda 79-83 yoshni qilsa, mamlakatimizda bu ko’rsatkich 70 yoshni tashkil qilgan./1998/ Ushbu ko’rsatkich rivojlanayotgan mamlakatlarda, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 2-3 marta kam.Axolining yosh guruxlari bo’yicha ham tarkibi har xil e’mas.ms: er yuzi bo’yicha 0-14 yoshliklar 32% ni, 15-64 yoshliklar 62,1 %ni, 65 yoshdan yuqorisini 6% ni tashkil qiladi. O’rtacha umr qurish davomiyligi- bu bir yilda tug’ilganlarning, agar umr bo’yi ular o’rtasidagi yoshlari bo’yicha o’lim ular tug’ilgan yildagi darajada saqlangan holda, o’rtacha yashashi/ yilda/ tushuniladi. Axoli salomatligining va uning ijtimoiy rivojlanishining asosiy indikatorlaridan biri bu bolalar o’limi sanaladi va u o’z navbatida o’rtacha umr ko’rishning davomiyligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Sababi bolalarning yoshlari bo’yicha o’lim har yili ular tug’ilgan yildagi darajada saqlanib turmaydi. SHuning uchun ham bolalar o’limini kamaytirish yo’li bilan biz so’z yuritayotgan ko’rsatkichni uzaytirish mumkin. Bunga misol qilib biz Kuba mamlakatini olsak bo’ladi. U mustaqillikni qo’lga kiritgan paytda bolalar o’limi 100%ni tashkil qilgan. Kubada oila vrachi amaliyotini keng qo’llab /bir vrach va bitta hamshira 500-600 kishiga qaraydi/, bolalar o’limi Kubada 1988 yilda 18% /promillini/ tashkil e’tdi, tug’ilish 17,4 %, O’lim 6,3%, o’rtacha umrning davomiyligi 74 yoshni tashkil e’tdi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda bugunga kelib tug’ilish kamaydi. Respublikamiz mustaqillikka e’rishgandan keyin, dastlabki yillradan boshlab oilani rejalashtirish xoxlamagan xomiladorlarning oldini olish, har xil kontrasaeptsiyalarni qo’llash, tadbirlarini amalga oshirish hisobiga yaqin qisqa davrda mamlakatimizda tug’ilish kamaydi, o’rtacha umr ko’rish davomiyligi oshdi. /70, 4/yosh. Hozirgi kunda ko’pchilik sharqiy Evropa mamlakatlarida /1870 dan 1988 yilgacha/ bo’lgan davrda qariyalar 9 % dan 20% oshgan, 0-19yoshliklar 40% dan 25-30%ga kamaygan. 3.Axolining kelajagini oldindan hisoblash. Demografik jarayonlarni o’rganishda axolining ko’rsatkichlarini oldindan hisoblash sog’liqni saqlashda, axoli sog’ligini yaxshilashda, tibbiy muassasalarni barpo qilishni rejalashtirishda axamiyati katta. Axolining demografik ko’rsatkichlarining dinamikasi har xil yo’nalishlarda bo’lishi mumkin. Demografik jarayonlar o’rganilayotgan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlariga bog’liq holda, uning ko’rsatkichlari doimiy ravishda harakatda bo’ladi. Ms: aytaylik tug’ulish, o’lim, tabiiy o’sish va boshqa ko’rsatkichlar uzoq yillar davomida ma’lum bir an’ana va qonuniyat asosida o’sish yoki kamayish xususiyatiga e’ga bo’ladi. Ms: bolalar o’limi o’n yillar davomida axolining barcha ijtimoiy-iqtisodiy axvoli yaxshilanishi, tibbiy xizmatning yaxshilanishi, odamlarning tibbiy bilim darajasining o’sishi hisobiga kamayib kelayotgan bo’lsa, xuddi shu an’anaga suyangan holda, ana shu ko’rsatkichlarning yana 10,20 yildan keyin qay darajada bo’lishini aniqlash qiyin e’mas. Xuddi shunday demografiyaning boshqa ko’rsatkichlarini bashorat qilish mumkin. Aytaylik ko’pchilik tadqiqotchilar yuqorida qayd qilganimizdek axolining o’sishi nafaqat mamlakatda, balki er yuzida ya’ni planetamizda hisoblab aytib beradilar.Oldindan hisoblash nafaqat demografik ko’rsatkichlarda, balki kasallanish ko’rsatkichlarida, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida amalga oshirish mumkin va natijada ko’pchilik kutilmagan favqulotda xolatlarning oldini olish mumkin. Ms: ko’pchilik statistlar, demograflar ko’p yillar oldin planetamiz axolisi 2000 yilga borib 6 mlrd bo’lishini aytgan bo’lsa, hozir ko’pchilik olimlar 2100 yilga borib bu son 11-12 mlrdga etishini aytiyapti. Axoli haqidagi nazariyalar. Axoli to’g’risidagi e’ng e’ski nazariyalardan biri bu ingliz dindori Tomos Maltus /1766-1834/nazariyasi hisoblanib, u bu nazariyasini 1798 yilda yaratgan “Axoli haqidagi qonun tajribasi” nomli asarida keng yoritib bergan. Ammo T.Maltusning kitobi yozgandan keyin ko’p yillardan keyin ishlab chiqarish rivojlana boshlab mexnat bilan kapital o’rtasidagi to’qnashuvlar paydo bo’la boshlagandan so’ng, ishsizlar soni osha boshlagandan so’ng tan olina boshlandi.T. Maltus o’zining axoli to’g’risidagi fikrlarini ikkita asosiy ko’rinishda isbotlashga harakat qiladi. 1.Axoli soni geometrik progressda o’sib boradi va har 255 yilda er yuzi axolisi 2 barobar ko’payadi. 2.Insonlarning yashashini ta’minlovchi maxsulotlar e’sa arifmetik tarzda o’sadi. Bu o’z navbatida xosildor erlarning yo’qolishi olib keladi. Maltus axolini urushlar e’pidemiyalar bilan kamaytirib turishni taklif e’tadi.T.Maltusning xulosasi axoli ikkita yo’lning birisini, urush, ochlik, kambag’allik, ishsizlik yoki oilani rejalashtirishni tanlashlari zarur bo’ladi. SHunday bo’lsa ham ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlarda tug’ilishning yuqoriligi hisobiga, axolining tabiiy o’sishi yuqoriligicha qolmoqda.ms: Xitoy, Indiyada axoli soni er yuzi mamlakatlari ichida yuqori sanalib, davlat ishlari rejalashtirish maqsadida ko’pgina qonunlarni qabul qilmoqda. Bu qonunlardan asosiy maqsad davlatda tug’ilish, tabiiy o’sishni ma’lum bir mu’tadil darajaga olib kelish. Hozir Xitoyda 1,2 mlrd dan ko’p axoli yashaydi.1950-70 yillarda axoli 400 mln ga oshdi. SHuning uchun bu davlatda tug’ulishni kamaytirish siyosati yuritilmoqda. Xatto Xitoyda №bitta oila, bitta bola” nomli shior oldinga surilgan. Ikkinchi bola dunyoga kelishi bilan shu oilaga barcha davlat imtiyozlari to’xtaladi, bolalar bog’chasidan joy berilmaydi. Demografik ko’rsatkichlar. Axolining demografik jarayonlarini o’rganishda va uni baxolashda bir necha demografik ko’rsatkichlardan keng foydalaniladi. Barcha demografik ko’rsatkichlar 2 ta katta guruxga bo’linadi: 1.Umumiy demografik ko’rsatkichlar /tug’ilish, o’lim, tabiiy o’sish/ ko’rsatkichlari. Ushbu ko’rsatkichlarni xisoblash umumiy axolining soniga nisbatan xisoblaniladi. O’z navbatida ushbu ko’rsatkichlarni axolining har xil ijtimoiy guruxlari bo’yicha, xududlar bo’yicha, xududlar bo’yicha ayrim-ayrim xisoblab taxlil qilish mumkin. 2. Demografiyaning xususiy ko’rsatkichlari /umumiy serpushtlik/, nikoxdagi serpushtlik, bolalar o’limi, chaqaloqlar o’limi/, uning tarkibiy qismi shu ijtimoiy guruxlarga nisbatan xisoblab o’rganiladi va taxlil qilinadi. Ushbu ko’rsatkichlarni xisoblash usullari amaliy mashg’ulotlarda o’tiladi. Qo’llanilgan adabiyotlar: 1. Respublika axolisining salomatlik xolati va u. Rsi SSVgi tizimidagi muassasalarining taxlil, Toshkent, 1999y 3-5 b. 2.Iskandarov T.I, Mamatqulov B.M. sanitariya-statistik va ijtimoiy gigienik tadkikot usullari, Toshkent, 1994y 129-155 b. 3.Lisitsin YU.P. sotsialnaya gigiena i organizatsiya zdravoxraneniya, Moskva, 1992 s.189-216. 4.Lisitsin YU.P. Rukavodstvo po sotsialnoy gigiena i organizatsii zdravoxraneniya, Moskva, “Meditsina”, 1987 , 282-292. 5.Serenko A.F.Ermakov V.V. Sotsialnaya gigiena i organizatsii zdravoxraneniya, Moskva, “meditsina” 1984.
Zdorove naseleniya i zdravoxraneniya v R. U. Za 1997, Toshkent, 1998, s.12 Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling