Xolidinov Jasurbek ning “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan


Bozor infratuzilmasining maqsadi,asosiy vazifa va tamoyillari


Download 311.39 Kb.
bet3/4
Sana25.01.2023
Hajmi311.39 Kb.
#1119926
1   2   3   4
Bog'liq
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari

2. Bozor infratuzilmasining maqsadi,asosiy vazifa va tamoyillari
Bozor infratuzilmasi infratuzilmaning nisbatan yangi turi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda bozor mexanizmining rivojlanib borishi bilan alohida bozorlarning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha faoliyatning maxsus turini yaratish zaruriyati vujudga keladi. Bozorning paydo bo‘lishi uning madaniylashgan ko‘rinishda amal qilishini ta’minlovchi yangi tashkilotlar, muassasalaming shakllanishini taqozo etadi.
Mustaqil tizim sifatidagi bozorga nisbatan olganda, infratuzilma - bu tovar va xizmatlarning harakatini, oldi-sotdi jarayoniga vosita bo‘lib xizmat qiluvchi tashkiliy-huquqiy shakllaming yig‘indisi yoki bozorga xizmat ko‘rsatuvchi hamda uning amal qilishining normal sharoitini ta’minlash bo‘yicha ma’lum funksiyalami bajaruvchi muassasalar, tizimlar, xizmatlar, korxonalaming majmuidir.
Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida bozor infratuzilmasining ahamiyati tobora oshib borar ekan, uning mohiyati, iqtisodiy mazmunini o‘rganish muhim hisoblanadi.
Iqtisodiy tushunchalar lug‘atida “Bozor infratuzilmasi (inglizcha market infrastructure) — asosiy vazifasi tovarlami ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishdan iborat bo‘lgan tarmoq, kichik tarmoq hamda faoliyat sohalari (transport, ta’minot, mol tarqatish, savdo va h.k.)ning majmui” sifatida ta’riflanib, “rivojlangan bozor infratuzilmasi iqtisodiyotdagi mablag'lar aylanishining tezlashuvi, yangidan yaratilgan qiymatning realizatsiyasi jarayoni uchun shart-sharoit yaratadi”.


3.O‘zbekistonda bozor infratuzilmasining amal qilish mexanizmlari va faoliyat natijalari
Bozor infratuzilmasi ishtirokchilari harakatlarini doimiy kuzatish asosida xulosalar chiqarish va ulami amaliyotga tatbiq etishni bir necha shakllarda amalga oshirish mumkin. Uning uchun bozordagi har bir ishtirokchining iqtisodiy aloqalarida mavjud muammolarini o‘rganish talab etiladi. Bu shakllami quydagilar orqali ifodalash mumkin:
- davlat tomonidan yaratiladigan sharoitlar;
- yangi iqtisodiy ishtirokchilaming paydo bo‘lishi.
Davlat tomonidan yaratiladigan sharoitlar 2 xil usulda amalga oshiriladi. Bular to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita), ya’ni infratuzilmaning shakllanishiga qonunchilik asosida sharoit yaratish.Bundamamlakat hukumati tomonidan bozordagi sharoitlar va ishtirokchilaming munosabatlarini davlat va iqtisodiy subyektlar manfaatlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib qonuniylashtiradi va ularga sharoitlar yaratiladi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tilgandan so‘ng juda ko‘plab bunday infratuzilmalar yaratildi. Misol qilib aytish mumkinki, bozor iqtisodiyoti xususiy mulkchilikning bo'lishini talab etdi va unda yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Bu esa quyidagi to‘rt xil usulda amalga oshirildi: 1) davlat mulkini aksiyalar orqali korxonada ishlovchilarga taqsimlab berish; 2) korxona aksiyalarini fond bozorida sotish; 3) aksiyalar chiqarilib, davlat ixtiyorida ushlab qolish; 4) chet ellik hamkorlarga aksiyalarini sotish.
Bu jarayonda albatta fond bozorlarini tashkil etish va ular faoliyatini qonuniylashtirish zaruriy sharoit edi. Ushbu jarayonlar doimiy muvofiqlashtirilib va takomillashtirilib boriluvchi jarayon hisoblanib, O‘zbekistonda jahon tajribasidan foydalanib, milliy xususiyatlami hisobga oigan holda, doimiy zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirilib borilmoqda. Ikkinchi usulni bilvosita usul, ya’ni iqtisodiy dastaklar orqali shart-sharoit yaratish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda ma’lum bir bozor iqtisodiyoti ishtirokchilariga zarur boigan yangi infratuzilma obyektlarini tashkil etish uchun sharoitlar yaratib beriladi. Misol uchun, soliqlar, davlat bojlari va boshqa davlat tomonidan undiriladigan to’lovlardan qisman va to‘liq imtiyozlar berish yoki taqiqlar qo'yish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlarining ayrim turlari va boshqa shunga o‘xshash bir qancha tovarlarning ishlab chiqarilishi yoki sotilishini rag'batlantirish yoki taqiqlash maqsadida aksiz va boshqa soliqlar, to’lovlar joriy etilgan.
Shunday qilib, O'zbekistonda bozor infratuzilmasi shakllanishi va rivojlanishining yana bir xususiyatli tomoni - bu uning mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bosqichlariga muvofiq holda olib borilishidir.

Xulosa

Download 311.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling