69. Buyurtmalarni qabul qiluvchi qanday vazifani bajaradi?
A)* u asosan buyurtmalarni qabul qilish bilan band bo‘ladi.
B) u asosan buyurtmalarni bajarish bilan band bo‘ladi
V) u asosan buyurtmalarni jo‘natish bilan band bo‘ladi
G) u asosan buyurtmalarni shakllantirish bilan bo‘ladi.
70. Buyurtmalarni qabul qiluvchilarning qanday turlari bo‘yicha farqlanadi?
A) *«ichki» (ofis) xodimlari (peshtaxta ortida turgan sotuvchi) va «tashqi» (tovarni etkazib berayotgan firmaning supermarketlar menejerlari bilan uchrashadigan savdo vakili).
B) menejerlar, marketologlar, tovarshunoslar
V) sotuvchilar, tovar etkazib beruvchilar, ofis xodimlari, tashqi xodimlari
G) ombor xodimlari, sotuvchilar, merchendayzerlar, savdo vakili
71. Missionerlar kimlar?
A) *buyurtmalarni qabul qilishi talab etilmaydigan va bunga ruxsat ham berilmaydigan savdo xodimi
B) tovarni sotuvchi savdo xodimi, buyurtmalarni qabul qiluvchi savdo xodimi
V) tovarni joylashtiruvchi va buyurtmalarni qabul qiluvchi savdo xodimi
G) tovarni reklama qiluvchi savdo xodimi
72. Missionerning asosiy vazifasi nimadan iborat?
A) *real va potensial foydalanuvchilar bilan o‘zaro yaxshi munosabatlarni shakllantirish yoki ularni tovardan foydalanishga o‘rgatish, o‘qitish
B) tovarlarni joylashtirish, pozitsiyalashtirish va buyurtmalarni qabul qilish
V) mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni shakllantirish, tovarni qadoqlash, buyurtmalarni qabul qilish
G) ichki va tashqi savdo xodimlarini boshqarish
73. Texnik maslahatchi kim?
A) * yuqori darajadagi texnik bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan savdo xodimi
B) menejerlar, marketologlar, tovarshunoslar
V) sotuvchilar, tovar etkazib beruvchilar, texnik savdo xodimi
G) ombor xodimlari, sotuvchilar, merchendayzerlar, texnik savdo xodimi
74.Talabni shakllantiruvchi qanday savdo xodimi?
A) *ijodiy yondashuv usullaridan foydalangan holda moddiy tovarlarni yoki xizmatlarni sotadigan savdo xodimi.
B) sotuvchi, chakana savdogar, ulgurji savdogar, sotishni ilg‘or shakllaridan foydalanuvchi savdo xodimi
V) merchendayzer, ulgurji savdogar, mayda ulgurji savdogar
D) ombor ishchisi, sotuvchi, chakana savdogar, ulgurji savdogar
Do'stlaringiz bilan baham: |