Xollozov bekzodning soliqlar va soliqqa tortish fanidan mustaqil ishi
Download 486.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqJISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN YER SOLIGʻI, UNI HISOBLASH VA BYUDJETGA UNDIRISH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN YER SOLIGʻI, UNI HISOBLASH VA BYUDJETGA UNDIRISH.
- Kirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT(TARMOQLAR VA SOHALAR BO‘YICHA) TA’LIM YO`NALISHI II OLIY TA’LIM 4-KURS 418 - GURUH TALABASI XOLLOZOV BEKZODNING SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH FANIDAN MUSTAQIL ISHI Termiz-2023 MAVZU: JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN YER SOLIGʻI, UNI HISOBLASH VA BYUDJETGA UNDIRISH.REJA:1. Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir.2. Shaharlar va shaharchalarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig‘i stavkalari 3. Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari 4. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Soliq to’lash tartibi KirishSoliq to’lovchilarMulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari yer solig’ini to’lovchilardir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to’lanadigan ijara haqi yer solig’iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig’ini to’lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni to’lash tartibi tatbiq etiladi. Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi. Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir: 1) dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; 2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; 3) jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari; 4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar; 5) meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari; 6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari; 7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari. Ko’p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’ekti bo’lmaydi, ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko’rsatilganlari bundan mustasno. Download 486.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling