Xolmatov, A. J. Bodirov, E. M. Sultonov tarix fanidan testlar to’plami yangi darsliklar asosida mavzulashtirilgan testlar
-mavzu: O’rta Osiyoning arablar tomonidan fath etilishi, uning oqibatlari, xalq ozodlik qo’zg’olonlari
Download 1.04 Mb.
|
tarix fanidan testlar toplami.
2-mavzu: O’rta Osiyoning arablar tomonidan fath etilishi, uning oqibatlari, xalq ozodlik qo’zg’olonlari.Islomni qabul qilib,rasullohga ergashgan uning izdoshlari qanday atalgan? A) “olloh bandasi” B) “taqvodor” C) “muslim” musulmonlar D) “Xalifayi rashaddunlar” Quyidagi qaysi mamlakatlar bo’ysundirilib,behisob o’ljalarga ega bo’lgan Arab xalifaligi harbiy yurishlarini bizning o’lkamizga qaratadi? Falastin,Iroq,Eron,Mesopatamiya Misr,Suriya,Falastin,Iroq,Eron Suriya,Makedoniya,Iroq,Eron, Turkiya Iroq,Xuroson,Eron,Hindiston Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi va qayerlarni egallaydi? A) Poykand va Romitonni B) Qorako’l va Karmanani C) Romiton va Vardonani D) Chag’aniyon va Varaxshani Narshaxiyning yozishicha, Buxorxudotlar hokimyati hududida necha yirik qo’rg’onlar bo’lgan? A) 8 ta B) 10 ta C) 12 ta D) 16 ta Qaysi yillarda Tug’shoda davlatni boshqargan? A)680-696-yillarda B) 687-700-yillarda C) 690-714-yillarda D) 692-724-yillarda Qachon Abu Muslum boshliq qo’zg’alonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo’l oladilar? A) 748-yilning boshida B) 748-yilning oxirlarida C) 749-yilda D) 750-yilda Qachon Abbosiylarga qarshi Buxoroda qo’zg’alon sodir bo’ladi? A) 750-yilda B) 751-yilda C) 752-yilda D) 753-yilda Xitoy imperatorining qo’shinlari Turkistonga bostirib kirganda Abu Muslim kim boshchiligidagi qo’shinlarni ularga qarshi yuboradi? A) Abul Abbos So’fiyonni B) Ziyod ibn Solihni C) Ubaydulloh ibn Ziyodni D) Nasr ibn Sayyorni Abu Muslumning 751-yilda Talosvo diysiga yuborgan harbiy kuchlari kimlardan tashkil topgan edi? xorazmlik,sug’d,va toxarlardan sug’d,arab,va xorazmliklardan arab va sug’d, shuningdek turklardan turk, fors,va arablardan Ummaviylar –Arab xalifaligini qaysi yillarda boshqargan sulola hisoblanadi? A) 661-750-yillarda B) 644-740-yillarda C) 661-763-yillarda D) 620-760-yillarda Muhammad (s.a.v) avlodiga mansub – Abbosiylar sulolasi qaysi yillarda Arab xalifaligini boshqardi? A)761-1180-yillarda B) 750-1258- yillarda
C) 768-1275-yillarda D)740-1208-yillarda “Sarhang” so’zi qanday ma’noni anglatadi? A) matoga ohor beruvchi B) niqobli kishi C) kichik lashkarboshi D) qo’shin boshlig’i Quyidagi qaysi hududlar qo’zg’olonchilarga o’tgan yerlar hisoblanadi? A)Xorazm va Xuroson B) Chog’oniyon va Sug’d C) Xuroson va Sug’d D) Xorazm va Sug’d Qachondan boshlab qo’zg’alon Buxoro vohasida kuchayib ketadi? A) 772-yildan B) 774-yildan C) 776-yildan D) 777-yilda ”Oq kiyimlilar” qo’zg’alonida kurashning oxirgi bosqichi qayerda bo’lib o’tadi? A) Naxshabda B) Chag’aniyonda C) Zarafshon vohasida D) Kesh vodiysida Manbalarda qayd etilishicha qaysi arab lashkarboshilari tomonidan Xorazm ikki matotaba talon- taroj etilgan Ubaydullohon ibn Ziyod va Qutayba ibn Ziyod Salim ibn Ziyod va Ummaviya ibn Abdulloh Moviya I va Said ibn Xoroshiy Umar ibn Abdulaziz va Said ibn Usmon Qachon Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlandi? A) VI asr o’rtalarida B) VI asr oxirlarida C) VII asr boshlarida D) VII asr oxirlarida Allohning rasuli (elchisi) Muhammad (s. a. v. sallolohu alayhu vasallam) binni Abdulloh qaysi yillarda yashab o’tganlar? A) 540-603-yillarda B) 548-613-yillarda C) 563-620-yillarda D) 570-632-yillarda Islomni qabul qilib, rasullohga ergashgan uning izdoshlari …… deb atalgan. A) choriyor B) muslim C) izdosh D)xalifa
Qachon Muhammad (s. a. v) arablarni yagona davlatga birlashtiradi? A) 630-yilda B) 616-yilda C) 620-yilda D) 632- yilda
Muhammad (s. a. v) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr qaysi yillari xalifalikni boshqargan? A) 630-632-yillarda B) 631-633-yillarda C) 632-634-yillarda D) 634-636-yillarda “Daryoning narigi tomoni” degan ibora arabchada qanday ataladi? A) Xuroson B) Movarounnahr C) Mesopotamiya D) Xalifalik Qachon arablar jangsiz Marvni egalladi? A) 648-yilda B) 651-yilda C) 656-yilda D) 667- yilda Arablar hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarni bosib olib, u yerlarni qanday ataydi? A) Movarounnahr B) Mesopotamiya C) Xuroson D) Chog’oniyon Arablarning Movarounnahrga ilk bor hujumlari …… boshlandi. A) 651-yilda Marvdan B) 654-yilda Maymurg’dan C) 667-yilda Chog’oniyondan D) 673-yilda Balxdan
Qachon xalifa Muoviya I farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib, Buxoro muzofatiga bostirib kiradi? A) 654-yilda B) 667-yilda C) 673-yilda D) 700-yilda Qachon arablarning Chog’oniyonga hujumi boshlanadi? A) 664-yilda B) 667-yilda C) 670-yilda D) 671-yilda Arablar 673-yilda Buxoro muzofotiga bostirib kirib Buxoro hukmdori bilan sulh tuzib bu yerdan qancha asir olib ketadi? A) ikki ming B) uch ming C) to’rt ming D) olti ming Qachon Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi? A) 700-yilda B) 702-yilda C) 703-yilda D) 704-yilda 707-yilda Qutayba ibn Muslim katta qo’shin bilan …… egallaydi. A) Poykandni B) Buxoroni C) Varaxshani D) Samarqandni Qutayba qachon qayerni zabt etish bilan harbiy yurishlarini boshlaydi? A) 704-yilda Xurosonni B) 705-yilda Balx viloyatini C) 705-yilda Marvni D) 706-yilda Xorazmni Necha kunlik arablarning qamali natijasida Poykand egallanib, qo’lida qurol tutishga qodir bo’lgan barcha erkak zoti qirib tashlanadi, shahar esa vayron etiladi? A) 20 kunlik B) 36 kunlik C) 50 kunlik D) 70 kunlik Qachon Qutayba Naxshab va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko’radi? A) 707-yilda B) 709-yilda C) 710-yilda C) 711-yilda 711-yilda qayerning hukmdori yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi? A) Sug’d ixshidi B) Chog’oniyon malikzodasi C) Choch dehqoni D) Xorazm shohi Qachon Qutayba qo’shinlari Samarqandga hujumini boshlaydi? A) 710-yilda B) 711-yilda C) 712-yilda D) 713- yilda Tarxun taxtdan tushirilgandan keyin, uning o’rniga o’tirgan Gurak qaysi yillarda Sug’dda podsholik qiladi? A) 710-737-yillarda B) 712-740-yillarda C) 712-737-yillarda D) 714-738-yillarda Qutayba mahalliy aholini islom diniga kiritishga harakat qilib … ibodat qilmaganlarga jizya solig’ini joriy etgan masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul hadya joriy etdi islom dinini qabul qilmaganlarga katta xiroj solig’i soldi masjidga kelib nomoz o’qimaganlar-ga xiroj, jizya va zakot soliqlarini joriy etdi Gurak bilan Qutayba o’rtasida sulh tuzilib, ….. majusiylar arablarga ibodatxonalarni bo’shatib berish kerak edi arablarga bir yo’la 2 ming, yiliga esa 200 ming hisobida boj to’lashi kerak edi Samarqandliklar arablarni hukmronliklarini tan olishi kerak edi Samarqandliklar arab tili va yozuvini o’rganishi kerak edi Samarqand arablar tomonidan egallangach, Qutayba Gurakni qayerlarning hokimi etib tayinladi? Samarqand, Kesh va Naxshabga Samarqand, Kesh va Buxoroga Samarqand, Naxshab va Vardonzega Samarqand, Ustrushona va Keshga 713-yilda Qutayba qo’shinining bir qismi …… Choch viloyatiga, o’zi boshliq asosiy kuch esa Farg’ona tomon yo’l oladi Ustrushona ustiga yurish uyushtiradi Choch viloyatiga va bir qismi Keshga yurush qiladi Kesh va Naxshab tomon yo’l oladi Arablar bosqini davrida Chochning poytaxti qanday nomlangan? A) Madinat ut tujjor B) Madinat ash- Shosh C) Madinat ash-Toshkent D) Madinati Binokat 715-yilning boshida Qutayba qo’shinlari ……. Farg’ona vodiysini uzil-kesil egallab, Qashg’argacha kirib boradi Farg’ona vodiysini egallab, Chu vohasiga kirib boradi Xo’tan, Qashg’ar va Bolosog’in hududlarini egallaydi Yettisuv, Xo’tan va Farob hududlarini bosib oladi Arablar hukmronligi davrida Movarounnahr aholisidan idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq qanday nomlangan? A) xiroj B) zakot C) afanak D) ushr Qaysi shaharlarda shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlarga bo’shatib beriladi? Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand Buxoro, Samarqand, Nasaf va Shosh Poykand, Buxoro, Samarqand va Kesh Samarqand, Urganch, Nasaf va Shosh Qaysi xalifa murakkab vaziyatni hisob-ga olib, bo’ysindirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo’ldi, yangi yerlarni bundan bu-yon zabt etishni to’xtatish hamda moli-yaviy isloh o’tkazish to’g’risida farmon berdi? A) xalifa Muoviya B) xalifa Mahdiy C) xalifa Umar ibn Abdulaziz D) xalifa Marvon II Qachon Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida Sug’dda qo’zg’olon boshlandi? A) 717-yilda B) 720-yilda C) 721-yilda D) 723- yilda
Qaysi xalifa hukmronligi davrida musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va juzya soliqlarini olish bekor qilindi? A) xalifa Mahdiy B) xalifa Xorun ar-Rashid C) xalifa Ma’mun D) xalifa Umar ibn Abdulaziz Qachon Iroqda xalq qo’zg’olonini bostirishda shafqatsizligi bilan dong qozongan Said Xarashiy Xurosonga noib etib tayinlanadi? A) 717-yilda B) 720-yilda C) 721-yilda D) 724- yilda Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738- 748) mamlakatda o’z mavqeini mustahkamlab olish maqsadida qanday islohot o’tkazadi? A) harbiy B) boshqaruv C) qishloq xo’jaligi D) moliyaviy Arab xalifaligida …. toj-u taxt kurashi kuchaydi. A)VII asrning 90-yillarida B)VIII asrning 40- yillarida C)VIII asrning ikkinchi yarmida D)VIII asrning 70- 80-yillarida VIII asrning o’rtalarida qayer xalifalikdagi eng notinch va isyonkor o’lkalardan biri bo’lib qolaverdi? A) Xuroson B) Movarounnahr C) Hijoz D) Xalab VIII asrning 40-yillarida Muhammad payg’ambar avlodlaridan qaysi biri xalifalik uchun kurash boshladi? Marvon II Abbosning nevarasi Nasr ibn Sayyor Abbosning nevarasi Muhammad ibn Ali Abul Abbos Saffoh Qaysi xalifa hukmronlik qilgan davrda ummaviylarga qarshi umumiy norozilik nihoyatda kuchaydi? A) Umar ibn Abdulaziz B) Marvon II C) Abul Abbos Saffoh D) xalifa Mansur Ummaviylarga qarshi kurashga da’vat qilish uchun Abu Muslim qachon Xurosonga keladi? A) 746-yilda B) 747-yilda C) 748-yilda D) 749-yilda Abu Muslim o’ziga qarorgoh qilib qayerni belgilaydi? A) Shavval qishlog’ini B) Marv shahrini C) Moxuvon qa’lasini D) Balx shahrini Abu Muslim qullar uchun qayerda maxsus joy tashkil ettiradi va ularga kimni boshliq qilib tayinlaydi? Shavval qishlog’ida, Dovudni Moxuvon qa’lasida, Sulaymonni Qunduz qa’lasida, Murodni D) Xiri qa’lasida, Dovudni Abu Muslim harakati nomoyondalari qanday rangdagi libos kiyishgan edilar? A) oq B) qora C) qizil D) yashil Qachon Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi? A) 746-yilning o’rtalarida B) 747-yilning boshlarida C) 748-yilning boshida D) 749-yilning o’rtasida Xalifa Marvon II taxtdan ag’darilgandan keyin, uning o’rniga abbosiylardan kim xalifalik taxtiga ko’tarildi? A) Abul Abbos Abdulloh B) Abul Abbos Saffoh C) Horun ar-Rashid D) Abu Mansur Abu Muslimning 755-yilda abbosiylar tomonidan o’ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa … abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo’ldi. A) Xuroson va Movarounnahrda B) Xuroson va Talosda C) Eron va Falastinda D) Sharqiy Turkiston va Eronda
Qaysi yillarda Movarounnahrda “Oq kiyimliklar” qo’zg’oloni bo’lib o’tdi? A) 755-760-yillarda B) 760-765-yillarda C) 769-783-yillarda D) 771-777-yillarda “Oq kiyimliklar” qo’zg’olonining rahbari Hoshim ibn Hakim asli qayerlik bo’lgan? A) samarqandlik B) buxorolik C) balxlik D) marvlik Hoshim ibn Hakim qanday lavozimdan vazirlik darajasiga ko’tarilgan? A) sarhanglik B) hokimlik C) qozilik D) shayxulislomlik Muqannaning targ’iboti Movarounnahrning qaysi hududlarida yaxshi samara beradi? A) Buxoro va Samarqand B) Naxshab va Kesh C) Toxariston va Xorazm D) Ustrushona va Shosh Muqanna Movarounnahrga kirib kelgach o’ziga qayerni qarorgoh qilib belgilaydi? A) Naxshabni B) Kesh qa’lasini C) Som qa’lasini D) Narshax qa’lasini “Oq kiyimliklar” qo’zg’oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur …. Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi? A) 772-yilda B) 775-yilda C) 777-yilda D) 783-yilda “Oq kiyimliklar” 776-yildan boshlab….. Buxoro vohasida kuchayib boradi Qashqadaryo vohasida keng tus oladi Iloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o’zini ta’sirini o’tkazadi Termizda ham keng yoyiladi 777-yilda “Oq kiyimliklar”ga uzil-kesil zarba berish uchun harbiy kuch to’plash maqsadida xalifa …. Nishopurga keladi. A) xalifa Mahdiy B) xalifa Umar ibn Abdulaziz C) xalifa Mansur D) xalifa Xorun ar-Rashid “Oq kiyimliklar” va turkiy qabilalar Samarqandda arablarga qarshi qancha vaqt jang qiladi? A) olti oy B) sakkiz oy C) bir yil D) ikki yil “Oq kiyimliklar” ….. yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar. A) Buxoro va Poykandda B) Narshax va Samarqandda C) Xorazm va Marvda D) Shosh va Farg’onada Qachon Muqannaning Som qa’lasidagi qarorgohi qamalga olinadi? A) 776-yilda B) 777-yilda C) 780-yilda D) 783- yilda “Oq kiyimliklar” kurashining oxirgi bosqichi bo’lib o’tadi. A) Kesh vohasida B) Zarafshon vohasida C) Ustrushona hududida D) Farg’ona vodiysida Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo’zg’o-lon qachon, qayerda boshlanib ketadi? A) 800- yilda Keshda B) 803-yilda Marvda C) 806-yilda Samarqandda D) 810-yilda Shoshda Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling