Xolmatov, A. J. Bodirov, E. M. Sultonov tarix fanidan testlar to’plami yangi darsliklar asosida mavzulashtirilgan testlar


Download 1.04 Mb.
bet2/34
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#203114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
tarix fanidan testlar toplami.

Tuzuvchilar:


N.O’.Xolmatov – SamDU “Arxeologiya” kafedrasining dotsenti, t.f.n

A. J. Bodirov – SamDU qoshidagi 2-son akademik litseyining tarix fani o’qituvchisi.

E.M.Sultonov – SamDU “Tarixshunoslik va manbashunoslik” kafedrasining

katta o’qituvchisi




Ma’sul muharrir:


SH.S.G’offorov – SamDU “O’zbekiston tarixi” kafedrasining professori,

t.f.d

Taqrizchilar:


S. Nazarov – SamISI qoshidagi 1-son akademik litsey o’qituvchisi t.f.n. dotsent.

R.Sh.Xoliqulov – SamDU “O’zbekiston tarixi” kafedrasining t.f.n. dotsent

SO’Z BOSHI



O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da va “Ta’lim to’g’risidagi qonun”da barkamol insonni tarbiyalash va yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning asosiy tomonlari belgilab berilgan. Mazkur dasturiy hujjatlarda ta’kidlab o’tilganidek, o’quvchi yoshlarga chuqur bilim berish, ularning ma’naviy dunyosini boyitib borish o’rta maktablar, akademik litsey va kasb hunar kollejlari pedagogik jamoalarning bosh vazifasidir.

Bunday talablar tarix faniga ham to’la taalluqlidir.Tarix fani ma’naviy yetuk insonni tarbiyalashda g’oyat muhim o’rin tutadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek “tarix xalq ma’naviyatining asosidir”.

O’rta maktablarda, akademik litseylarda tarix fanini o’qitish samaradorligini oshirishda test usulidan foydalanib dars o’tish ijobiy natijalar bermoqda.Test usulidan foydalanish o’quvchilar bilimini nazorat qilib borishda va iqtidorli yoshlarni oliy o’quv yurtlariga tanlab olishda muhim rol o’ynamoqda.

Yoshlarda teran tarixiy tafakkurni shakllantirishda ularning ma’naviy dunyosini boyitishda Qadimgi dunyo tarixi va O’zbekiston tarixining roli ham beqiyosdir. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Qadimgi dunyo tarixi va O’zbekiston tarixini bilish gumanitar yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlariga kirishning asosiy shartlaridan biridir.

Huquqshunoslik,tarix, falsafa, sotsiologiya, o’zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillar va boshqa gumanitar mutaxassisliklar bo’yicha oliy ma’lumot olishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan o’quvchi yoshlar Qadimgi dunyo tarixini va O’zbekiston tarixini chuqur o’zlashtirib olishlari zarur.Ana shu maqsadlarni amalga oshirishda mazkur testlar to’plami sizlarga yaqindan yordam beradi degan umiddamiz. Ushbu testlar to’plamida yer yuzida odam paydo bo’lganidan to milodiy

476 – yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar bo’lgan davrni va milodning IV asridan XX asr boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan davrga taalluqli testlar jamlangan .



O’quvchi ushbu to’plamdagi testlarni yechar ekan eng qadimgi Mesopotamiya, Misr, Yunoniston, Rim davlatlari va O’rta Osiyoning ilk davlatlari hukmronligi davri, xalqlari tarixi, madaniyati va urf- odatlari bilan tanishadi. O’quvchi ushbu to’plamdagi testlarni yechar ekan Vatanimiz tarixining milodiy IV asrdan XX asr boshlarigacha bo’lgan davriga oid testlar bilan tanishadi. Testlarni yechar ekan xalqimiz hayotida chuqur ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sodir bo’lganligini, davlat qurilishi, boshqaruv ishlari takomillashib borganini, bularni o’lkamizda faoliyat yuritgan Eftaliylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar davlatlari, Sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk davlat tarixini bilib oladi. Keyinchalik Turkistonning uch xonlikka bo’linib ketishi, bo’linishning sabablari va oqibatlarini bilib oladi. Testlar to’plamining to’rtinchi bo’limidagi testlarni yechar ekan o’quvchi bu yerda O’zbekiston tarixining XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ro’y bergan voqealarni bilib oladi.

Aziz o’quvchilarga shuni eslatib o’tmoqchimizki, test avvalo bilimlarni nazorat qilish vositasidir.Shunday ekan, sizlar dastavval darsliklar va qo’shimcha adabiyotlarni, o’rganib, har bir mavzuni yaxshi o’zlashtirib oling, shundan keyingina testlarni yechishga kirishing, shu bilan o’z bilimlaringizni tekshirib ko’ring.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling