Xolmatov, A. J. Bodirov, E. M. Sultonov tarix fanidan testlar to’plami yangi darsliklar asosida mavzulashtirilgan testlar


mavzu: XVI-XIX asrning birinchi yarmida Qoraqalpoqlar


Download 1.04 Mb.
bet19/34
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#203114
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
tarix fanidan testlar toplami.

mavzu: XVI-XIX asrning birinchi yarmida Qoraqalpoqlar


  1. Qaysi davrda bijanaklar negizida qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan?

A) II-V asrlarda B) V-VIII asrlarda

C) VIII-X asrlarda D) IX-XI asrlarda




  1. Qaysi davrlarda qoraqalpoqlar yo Buxoro xonligiga,yo qozoq xonligiga tobe bo’lgan?

A) XIV-XV asrlarda B) XV-XVI asrlarda

C) XII-XIV asrlarda D) XVI-XVII asrlarda


  1. Qachon Sirdaryobo’yi qoraqalpoqlari o’z yetakchilari Eshmuhammad (Eshimxon) boshchiligida davlatga qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan?

A) 1714-yilda B) 1719-yilda C) 1723-yilda D) 1726-yilda


  1. 1726-yilda qozoq xoni Abulxayrxon Petrburgga o’z elchilarini jo’natadi. Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya……

  1. o’z elchisi N.I.Muravyovni Xivaga jo’natadi

  2. o’z elchisi M.Tevkelevni Abulxayrxon huzuriga jo’natadi

  3. o’z elchisiG.Danilevskiyni Kichik juz xonligiga jo’natadi

  4. ingliz savdo va diplomatiya vakili A.Jenkinsonni Xiva xonligiga jo’natadi




  1. Qaysi shahar XVIII-XIX asrlarda Orol va Xiva oralig’idagi savdo markazi bo’lib, bojxona shu shaharda joylashgan?

A) Chimboy B) Qo’ng’irot C) Xo’jayli D) Hazorasp


  1. Qahramonlik eposi bo’lmish “Qirqqiz” dostoni qachon atoqli xalq baxshisi (jirovi) Qurbonboy baxshi Tojiboy o’g’lidan yozib olingan?

A) 1928-1932-yillarda B) 1933-1943-yillarda C) 1936-1937-yillarda D) 1939-1940-yillarda


  1. Qaysi qadimgi yodgorliklarda Orolbo’yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholi “Saka tigraxauda” (cho’qqi qalpoqli saklar) deb atalgan?

  1. Doro I qabri ustidagi toshlarga mil. avv V asrda mixxat

bilan o’yib yozilgan bitiklarda

  1. “Avesto” asarida

  2. Ahmoniylarning Suzadagi saroyi devoriga

  3. Yunon-Rim tarixchilarining asarlarida




  1. Qaysi davrda Orolbo’yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kelib joylashgan?

A) mil. avv IV-III asrlarda B) mil. avv III-II asrlarda

C) milodiy II-III asrlarda D) milodiy V-X asrlarda


  1. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo’shilishi natijasida Orolbo’yida qaysi qabilalar shakllangan?

A) bijanaklar va xitoy-qipchoqlar B) o’g’uzlar va mang’itlar

C) qo’ldovlar va burqutlar D) bijanaklar va

o’g’uzlar




  1. Qaysi davrda bijanaklar negizida qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan?

A)6-7asrlarda B)7-8asrlarda C)8-10asrlarda D)10- 11asrlarda


  1. X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar, bunga …. siquvi, tazyiqi sabab bo’lgan.

A) qarluq va o’g’uzlarning B) o’g’izlar va qipchoqlarning

C) jungorlar va oyratlarning D) naymon va qo’ng’irotlarning


  1. Qaysi davrda bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan?

A) X asrda B) XII asrda C) XIV asrda D) XVI asrda


  1. XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi chegarasi ……. bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan.

  1. Volga daryosidan Ural tog’larigacha

  2. Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol

dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha

  1. Orol dengizidan Sirdaryo havzasigacha, Amudaryodan

Kaspiy degizigacha

  1. Orol dengizidan Ural tog’larigacha




  1. Qoraqalpoq davlatchiligi kim boshchiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi?

  1. no’g’ay (mang’it)lar yetakchisi Idigu (Edigey)

  2. qo’ng’irotlar boshlig’i Taburchak

  3. xitoy-qipchoqlar boshlig’i Kuchukxon

  4. qo’ldovlilar boshlig’i Mamanpolvon




  1. Qachonga kelib No’g’ay xonligi 3 qismga –Olti ul o’rdasi, Kichik o’rda va Katta o’rdaga bo’linib ketgan?

A) XV asrning boshlarida B) XVI asrning ikkinchi yarmida

C) XVII asrning boshlarida D) XVII asrning ikkinchi yarmida


  1. Qachon no’g’aylar Volga va Yoyiq daryolari bo’ylariga

bostirib kelgan jung’orlar (qalmoqlar) tomonidan tor- mor etilgan?

A) XVI asrning o’rtalarida B) XVI asrning oxirlarida

C) XVII asrning boshlarida D) XVII asrning oxirlarida


  1. Qachonga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilgan?

A) XVI asr oxirlarida B) XVII asr boshlarida

C) XVII asr oxirlarida D) XVIII asr boshlarida

  1. XVIII asr boshlarida, 1714-yili Sirdaryo bo’yi qoraqalpoqlari davlatga birlashganda, kim xon qilib ko’tariladi?

A) Idigu B) Taburchak C) Eshimxon D)

Kuchukxon



  1. XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilganda qaysi qadimiy qo’rg’on-shahar tayanch bo’lgan?

A) Sig’noq B) Jand C) To’ra D)

Yangikent



  1. Qoraqalpoqlarning birlashuvida …. sultonlar muhim rol o’ynagan.

  1. Mamanxon,Idigu, Taburchak

  2. Kuchukxon, Taburchak va G’oyib

  3. G’oyib, Eshimxon va Idigu

  4. Taburchak, Mastposhsho va Kuchukxon

  1. XVI asrning ikkinchi yarmida No’g’ay xonligi 3 qismga bo’lingan bo’lib, qoraqalpoqlar ….. tarkibiga kirib Orol va Sirdaryo bo’ylariga kelib o’rnashganlar.

A) Kichik o’rda B) Katta o’rda

C) Olti ul o’rdasi D) O’rta o’rda

  1. 1723-yilda jungorlar bostirib kelib, Sirdaryoning o’rta qismini egallagach qoraqalpoqlar yana ko’chishi oqibatida ikkiga bo’linib ketadilar. Ular shartli ravishda ……

  1. Xorazm vohasi qoraqalpoqlari va Toshkent vohasi

qoraqalpoqlariga bo’linib ketdi

  1. “yuqori qoraqalpoqlar”va“quyi qoraqalpoqlar”ga bo’linib

ketdi

  1. Orol bo’yi qoraqalpoqlari va Sirdaryo havzasi Qoraqalpoqlarini tashkil etdi

  2. Amudaryo qoraqalpoqlari va Sirdaryo

qoraqalpoqlariga bo’linib ketdi


  1. Qachon qozoq xoni Abulxayrxon tarkibida qoraqalpoq vakillari bo’lgan o’z elchilarini Peterburgga jo’natgan?

A) 1721-yilda B) 1723-yilda C) 1724-yilda D)

1726-yilda




  1. Tarixchi olimlar qaysi daryoda yaratilgan ajoyib sug’orish inshootlari tizimiga- bu qoraqalpoq xalqi

qahramonona mehnatining ulug’vorligi xotirasidir, deb baho berganlar?

A) Yangidaryoda B) Quvondaryoda



C) Amudaryoda D) Sirdaryoda


  1. Qachon Elbarsxon davrida Orolbo’yi o’zbeklari va qoraqalpoqlari Xiva xonligi hokimiyatini tan olganlar?

A) 1722-yilda B) 1726-yilda C) 1730-yilda D)

1735-yilda




  1. Qachon Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo’ysindirildi?

A) 1784-yilda B) 1796-yilda

C) 1809-yilda D) 1821-yilda


  1. 1810-1811-yillarda esa …… yashovchi qoraqalpoqlar ham tobe etildi.

A) Yangidaryo atrofida B) Sirdaryo havzasida

C) Quvondaryo atrofida D) Orol dengizi bo’ylarida


  1. Qaysi dostonda qoraqalpoqlarning yerlar o’zlashtirib, suv inshootlari qurib, yer haydab g’alla yetishtirganligi, bog’lar yaratganligi haqida ma’lumotlar berilgan?

A) “Qo’blan” B) “Edigey”

C) “Qirqqiz” D) “Mastposhsho”


  1. Qaysi davrda Amudaryo quyi tarmoqlarida dehqonchilik vohalari vujudga keldi?

  1. XVII asrda Mang’it, Qo’ng’irot

  2. XVIII asrda Qalliko’l, Kegayli

  3. XVI asrda Chimboy va Neko’z

  4. XIX asrda Kegayli, Mang’it




  1. Qoraqalpoq dehqonlaridan qanday soliq undirilgan?

A) xiroj B) ushur C) salg’ut D) zakot


  1. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan qanday soliq undirilgan?

A) “otlanuv” solig’I B) “qozon” (xo’jalik) solig’i

C) “zobitona” D) “jul” solig’i


  1. Qachon Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqalpoqlar qo’zg’olon ko’targan?

A) 1821-yili B) 1823-yili C) 1825-yili D) 1827-yili


  1. Xiva xoni Olloqulixon Oydo’stbiy boshliq qo’zg’olonchilarni bartaraf etish uchun kim boshchiligida maxsus qo’shin jo’natdi?

A) Otajon To’rani B) Muhammad

Nazarbiy inoqni



C) Matnazar inoqni D) Yusufbek mehtarni

  1. Muhammad Nazar inoq qo’shinlari Oydo’stbiy qo’shinlarini qayerda tor-mor etdi?

A) Chirikrabod mavzeyida B) Qo’ng’irot qo’rg’onida

C) Sori o’tovda D) Kegayli hududida


  1. XIX asrning 50-yillarida ….. qo’zg’olon ko’tarildi.

A) Kegaylida uch marta B) Qo’ng’irotda ikki marta

C) Mang’itda to’rt marta D) Chimboyda besh marta


  1. 1827-yil 29-iyulida Oydo’stbiy o’zining ikki o’g’li Rizo va To’rani …… bosh qilib, Qo’ng’irot qo’rg’oniga chopovulga yuboradi.

A)200 askarga B)250 navkarga C)300 botirga D)500 botirga


  1. XVII asr oxiri- XVIII asr boshlarida qaysi shahar Orol va Xiva oralig’idagi savdo markazi bo’lib, bojxona shu shaharda joylashgan?

A) Chimboy B) Qo’ng’irot C) Mang’it D) Xo’jayli


  1. Qoraqalpoqlar yurtida XIX asr boshlarida qancha maktablar faoliyat ko’rsatgan?

A) 200 ta B) 250 ta

C) 318 ta D) 386 ta


  1. Qoraqalpoqlarning qaysi dostonida Amir Temur, To’xtamish faoliyati bilan bog’liq voqealar bayon etiladi?

A) “Qo’blon” B) “Edigey”

C) “Mastposhsho” D) “Qirqqiz”


  1. Qoraqalpoqlarning qaysi dostonida qoraqalpoq xalqining XVIII asrda jung’or qalmoqlariga qarshi ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o’z badiy ifodasini topgan?

A) “Bo’zatov” B) “Edigey”

C) “Mastposhsho” D) “Qirqqiz”


  1. Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida, el-yurt yo’lboshchilari qahramonlaridan kimlar ulug’lanadi?

  1. Esongeldi mahram, O’mirbek, Oydo’stbiy, Mamanbotirlar

  2. Maman botir, Esongeldi mahram, Oydo’stbiy,

Ernazarbiylar

  1. Oydo’stbiy, Guloyim, Ernazarbiy, Maman botirlar

  2. Ernazarbiy, Rizo botir, Oydo’stbiy va To’ra botirlar

  1. Qoraqalpoq yozma adabiyoti qachondan boshlab shakllangan?

A) XVI asrdan B) XVI asr

o’rtalaridan



C) XVII asr boshlaridan D) XVIII asrdan

  1. Qaysi asarida Jiyan Jirov qoraqalpoqlarning mashaqqatli davri tarixini bayon etgan?

A) “Xayr endi do’stlar” B) “Darbadar el”

C) “Tuyani ber” D) “Xon yonida to’ralar”

  1. Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan qaysi vakili o’zining qaysi asarida Xiva xoni ustidan kulgan?

  1. Jiyan Jirov “Hoy xonimiz, xonimiz” hajviy she’rida

  2. Kunxo’ja Ibrohim o’g’lining “Boy bolasi” she’rida

  3. Berdaqning “Xalq uchun” she’rida

  4. Kunxo’ja Ibrohim o’g’lining “Unutmasmen”, “Tuya ekansan” she’rlarida

  1. Ajiniyoz Qosiboy o’g’lining qaysi asarida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib

ketishiga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan?

A) “Bo’zatov” B) “Xon yonida to’ralar”



C) “O’roqchilar” D) “Mening bolam”

  1. Ajiniyoz Qosiboy o’g’lini butun O’rta Osiyoga tanitgan qaysi asari edi?

A) “Yigitlar” B) “Bo’zatov”

C) “Bo’lmasa” D) “Qiz Mengem bilan aytshuv”


  1. Qachon Ajiniyoz tavalludining 175 yilliigi nishonlandi?

A) 1997-yilda B) 1999-yilda C) 2000-yilda D)

2002-yilda




  1. Berdaqning qaysi she’rlarida mehnatkash xalqning og’ir hayoti o’z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalangan?

  1. “Bo’lgan emas”, Umrim”, “Yordam ber”

  2. “Umrim”, “Avlodlar”, “O’g’limga”

  3. “Yordam ber”, “Xalq uchun”, “Umrim”

  4. “Ahmoq bo’lma”, “Bo’lgan emas”, “Umrim”




  1. Berdaqning qaysi asarida Buxoro amirligiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon tasvirlanadi?

A) “Oydo’stbiy” dostonida B) “Omongeldi”

dostonida



C) “Xalq uchun” she’rida D) “Yordam ber” sherida


  1. Qaysi she’ri orqali Berdaq yoshlarni vatanni sevishga, ma’rifat cho’qqilarini egallashga chaqiradi?

  1. “Bo’lgan emas”, “Xalq uchun”

  2. “Umrim”, “Yordam ber”

  3. “O’g’limga”, “Ahmoq bo’lma”

  4. “Avlodlar”, “O’g’limga”




  1. Qachon mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlangan?

A) 1998-yilda B) 1999-yilda C) 2000-yilda D) 2001-yilda


  1. Berdaqning qaysi asarida qoraqalpoqlarning Xiva xonligi zulmiga qarshi ko’tarilgan isyoni aks ettirilgan?

A) “Oydo’stbiy” dostonida B) “Ernazarbiy” dostonida

C) “Omongeldi” dostonida D) “Avlodlar” dostonida




    1. Download 1.04 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling