Xolmatov, A. J. Bodirov, E. M. Sultonov tarix fanidan testlar to’plami yangi darsliklar asosida mavzulashtirilgan testlar


IV bo’lim. XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari


Download 1.04 Mb.
bet22/34
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#203114
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
tarix fanidan testlar toplami.

IV bo’lim. XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari

1-mavzu: XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti


  1. XIX asrda O’rta Osiyoda ……. mavjud edi A)Buxoro amirligi,Toshkent bekligi,Xiva xonligi

  1. uchta mustaqil davlat Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklari

  2. Buxoro amirligi, Turkiston general guberna-

torligi, Qo’qon va Xiva xonliklari D)Qo’qon va Xiva xonligi, Buxoro amirligi,

Qashqar va Toshkent bekliklari




  1. Buxoro amirligining hududi XIX asrda qancha kv.km. dan ortib ketdi?

A) 170 ming kv.km. dan B) 190 ming kv.km. dan

C) 200 ming kv.km. dan D) 220 ming kv.km. dan


  1. Buxoro amirligining poytaxti islom dini markazlaridan biri bo’lib ….nomiga ega bo’lgan

  1. “Islom dinining gumbazi”

  2. “Islom dinining poytaxti”

  3. “Shayxlar shahri” D) “Buxoroyi Sharif”




  1. Buxoro amirligining chegaralari janubda qayerdan qayergacha cho’zilgan?

  1. Amudaryoning chap qirg’og’idan boshlab

Sirdaryogacha

  1. Pomir tog’laridan Xiva xonligi yerlarigacha

  2. Murg’ob daryosidan Ko’lob vodiysigacha

  3. Panj daryosidan Hisor tog’larigacha




  1. Amirlikda qancha beklik bo’lgan ?

A) 15ta B) 22 ta C) 27 ta D) 32 ta


  1. Amirlikning markaziy qismi shaharlari

joylashgan Zarafshon vodiysi hisoblangan

A) Buxoro va Shahrisabz B)Samarqand va Jzzax C)Qarshi va Termiz D) Buxoro va Samarqand




  1. Buxoro davlati hududi XIX asrning o’rta- larida qayerlar bilan chegaradosh bo’lgan

  1. Turkiya ,Eron ,Qoqon va Xiva xonliklari bilan

  2. Eron ,Afg’oniston ,Qoqon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari bilan

  3. Rossiya, Eron ,Afg’oniston ,Qoqon va Xiva xonliklari, turkman yerlari bilan

  4. Afg’oniston ,Qoqon va Xiva xonliklari, qozoq

juzlari yerlari bilan va Rossiya bilan

  1. Xiva xonligining maydoni XIX asrning ikkinchi yarmida qanchani tashkil etardi?

A) 90 ming kv.km.ni B) 110 ming kv.km.ni

C) 130 ming kv.km.ni D)150 ming kv.km.ni

  1. Xiva xonligining yerlari g’arbda …… bilan chegaradosh bo’lgan?

A) Eron B) Kaspiy dengiz

C) Buxoro amirligi D) Qozoq juzlari


  1. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi- ning ma’muriy markazi qaysi shahar hisoblangan ?

A) Urganch B) Xo’jayli C) Xiva D)Kat

  1. Xiva xonligida nechta beklik mavjud bo’lgan?

A) 15 ta B) 25 ta D) 36 ta D) 40 ta


  1. Xiva xonligining yerlari sharqda qayer bilan chegaradosh bo’lgan?

A) Buxoro B)Eron C) Kaspiy dengizi D) qozoq juzlari


  1. XVIII asr boshlarida asosan qaysi hududlar Buxoro amirligidan ajralib ,mustaqil davlat Qo’qon xonligi tashkil topadi?

  1. asosan hozirgi Andijon va Farg’ona viloyatlari hududi

  2. asosan Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning quyi qismigacha

  3. Farg’ona vodiysi va Sharqiy Turkiston

  4. Farg’ona vodiysi va Oloy hududi hamda Xo’jand




  1. Qo’qon xonligining janubiy chegaralari …… o’z ichiga olib bu hududlar uchun Buxoro

amirligi bilan tez-tez to’qnashuvlar bo’lib turgan.

A)Sharqiy Turkiston va Qashg’arni B)Qorategin va Ko’lobni hamda O’zganni



  1. Qorategin, Ko’lob , Darvoz ,Sho’g’non singari tog’li o’lkalarni

  2. O’sh, Pishpak, Turkiston, Chimkentni




  1. XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligining aholisi qancha bo’lgan?

A) 1,5 milliondan ziyod B) 2 million atrofida

C) 2,5 millionga yaqin D) 3 milliondan ortiq

  1. Xiva xonligining aholisi XIX asrning o’rtalarida qanchani tashkil qilgan ?

A) 500 ming kishini B) 600 ming kishini

C) 700 ming kishini D) 800 ming kishini


  1. XIX asrning o’rtalarida Qo’qon xonligining aholisi qanchani tashkil qilgan ?

A) 2 millionga yaqin B) 2,5 million atrofida

C) 3 million atrofida D) 3,5 million atrofida


  1. Buxoro amirligi mang’itlar sulolasi qaysi yillarda boshqargan ?

A) 1747-1917-yillarda B) 1750-1919-yillarda

C) 1752-1924-yillarda D) 1756-1920-yillarda

  1. Buxoro amirligida ijro hokimyati qaysi amaldor qo’lida bo’lgan ?

A) devonbegi B) otaliq C) qo’shbegi D) mingboshi


  1. Buxoro amirligini amir Nasrullo qaysi yillarda boshqargan?

A) 1804-1815-yillarda B) 1815-1860-yillarda C) 1826-1860-yillarda D) 1860-1885-yillarda


  1. Amirlikda tashqi aloqalarni yuritish qaysi mansabdorga yuklatilgan?

A)devonbegiga B) mextarga

C) qoshbegiga D) ko’kaldoshga


  1. Dodhoh lavozimini egallab turgan shaxs ….. .

  1. oliy hukmdor farmonlarini e’lon qilgan

  2. xalqning shikoyatlari bilan shug’ullangan

  3. amirlik hujjatlarini yuritishga ma’sul bo’lgan

  4. sud ishlarini nazorat qilgan




  1. Buxoro amirligini 1860-1885-yillarda kim boshqargan?

A) Amir Nasrullo B)Amir Abdulahadxon

C) Amir Muzaffar D) Amir Haydar


  1. Amirlikda moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishi kabi sohalarni qaysi mansabdor idora qilgan?

A) mextar B) devonbegi C) daftardor D) xazinachi


  1. Muxtasib mansabidagi amaldor qanday masalalar bilan shug’ullangan?

  1. shariyat qoidalarini bajarilishi va amal

qilinishi masalalari bilan

  1. sud ishlarini nazorat qilgan

  2. diniy –huquqiy masalalar bilan

  3. mamlakat xafsizligi bilan




  1. Oliy hukmdor farmonlarini qaysi mansabdor e’lon qilgan ?

A) xudoychi B) muftiy C) parvonachi D) muxtasib


  1. Buxoro amirligidagi qaysi mansabdor mamlakat xafsizligi, amirning yaqinlari, do’st-lari va dushmanlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash bilan shug’ullangan?

A) Sadr B)ko’kaldosh C) to’pchiboshi D) muftiy


  1. Buxoro amirligidagi ….. amir qo’shinlarining bosh qo’mondon bo’lgan.

A)to’pchiboshi B)mingbosh iC)yasavul D)parvonachi


  1. Amirlikda taxt vorisi-valiahd tarbiyasi bilan qanday shaxs shug’ullangan?

A) mirzaboshi B) to’pchiboshi C) muxtasib D) otaliq


  1. Buxoro amirligida viloyat va tuman hokimlari kimning tavsiyasi bilan tayinlangan?

A)devonbegini B)qo’shbegini C)otaliqni D)mushrifni


  1. Amirlikdagi mushrif mansabidagi shaxs …..

  1. soliqlarni o’z vaqtida yig’ish va ularni hisobga olib borishga javobgar bo’lgan

  2. sud boshlig’i hisoblangan

  3. xalqning shikoyatlari bilan shug’ullangan

  4. valiahd tarbiyasi bilan shug’ullangan




  1. Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasi qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1510-1670-yillarda B) 1670-1880-yillarda C) 1770-1920-yillarda D) 1760-1920-yillarda


  1. Xiva xonligida oliy amaldor devonbegi hisoblanib,uning ixtiyorida …… iborat kengash faoliyat ko’rsatgan .

A)qo’shbegi,mehtar,otaliqdan B)otaliq,biy,muxtasibdan

  1. mehtar, yasavulboshi, raisdan

  2. rais,otaliq,beklarbegidan




  1. Xiva xonligida qo’shinlarining bosh qo’mondoni- yasavulboshi……..

  1. aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan

  2. xonlikdagi tartib-intizom ishlariga ma’sul bo’lgan

  3. sud ishlarini olib brogan

  4. xazina ishlarini nazorat qilgan

  1. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida taxminan qancha otliqdan iborat qo’shin bor edi?

A) 15 ming B) 25 ming C) 34 ming D) 40 ming


  1. Qo’qon xonligini minglar sulolasi qaysi yillarda boshqargan?

A) 1708-1870-yillarda B) 1710-1876-yillarda

C) 1811-1873-yillarda D) 1809-1875-yillarda


  1. Qo’qon xonligida eng yuqori harbiy lavozim

……. bo’lib u harbiy vazir hisoblangan

A) mingboshi B) beklarbegi



C) amirlashkar D)to’pchiboshi


  1. Qo’qon xonligida muhtasib-raislar qanday ishlarni nazorat qilishgan?

  1. diniy ishlar,shariyat qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqni to’g’ri yuritilishini

  2. xazina ishlarini va xarajatlarini

  3. tartib-intizom ishlarini

  4. shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishini




  1. Qoqon xonligi zarurat tug’ilganda ……..

  1. yem-xashak ortilgan 8 ming aravaga ega bo’lgan 40 mingtagacha otliqni yig’a olgan

  2. oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega bo’lgan 60 mingtagacha askarni yig’a olgan

  3. 15 ming suvoriy va 40 ming piyoda askarni

to’play olgan

  1. 3 ta to’p, 10ming arava oziq ovqat va 70 ming askarni yig’a olgan.

  1. XIX asr o’rtalarida dehqonlar ijaraga olgan yerlari uchun hosilning qancha qismini xiroj sifatida to’lagan?

A) 1,5 yoki 1,3 qismini B) teng yarmini

C) 1,6 yoki 1,4 qismini D)70 foizini




  1. Xiva xonligida ijaraga yer olganlar qanday atalgan?

A) “nisfikor” B) “barzikor” C) “yarimchi” D) “chorikor”


  1. XIX asr o’rtalarida vaqf yerlaridan olinadigan foyda hisob-kitobi va taqsimoti bilan qaysi mansabdor shug’ullangan?

A) sadr B)mutavalli C) muftiy D) mehtar


  1. Xiva xonligida asosiy soliq qanday atalgan?

A) xiroj B) tanobona C)salg’ut D) afanak


  1. Qaysi Xiva xonining buyrug’i bilan Shermuhammad Munis Xorazmning 1812-yilga qadar bo’lgan tarixini yozgan?

  1. Muhammad Rahimxon II ning

  2. Ollohqulixonning

  3. Asfandiyorxonning D) Arab Muhammadxonning

  1. Shermuhammad Munis necha misradan iborat devonini avlodlarga meros qilib qoldirgan?

A) 12 ming B) 14 ming C) 16 ming D) 18 ming


  1. Mirxondning “Ravzot us-safo” (soflik bo’gi ) tarixiy asrini tarjimasini Munis qachon boshladi? A)1812-yilda B)1816-yilda C)1819-yildaD)1821-yilda




  1. Muhammad Rizo Ogahiy qaysi davrda yashab ijod qilgan?

A) 1800-1862-yillarda B) 1809-1874-yillarda C) 1806-1872-yillarda D) 1811-1876-yillarda


  1. Quyidagi tarixiy asarlarning qaysilari Ogahiy qalamiga bog’liq?

  1. “Riyoz ud-davla”,“Zubdat ut-tavorix”,

“Gulshani davlat”

  1. “Shohidi iqbol”, “Navodir ul-vaqoe”, “Ravzot us-safo”

  2. “Firdavs ul-iqbol ”, “Zubdat ut tavorix”, “Gulshani davlat”

  3. “Manozir ul-kavokib ”, “Qish” , “Shohidi iqbol”




  1. Ahmad Donish qaysi yili amir Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari boylab sayohat qilgan?

A)1853-yilda B)1856-yilda C)1858-yildaD)1862-yilda


  1. Ahmad Donish qachon kimning taklifi bilan “Manozir ul-kavokib ” (Sayyoralarining joylanishilari) nomli astranomiyaga oid kitob yozgan?

  1. 1858-yilda amir Nasrulloning

  2. 1865-yilda amir Muzaffarning C)1890-yilda amir Abdullaxonning

D) 1880-yilda amir Muzaffarning


  1. Qo’qon xonligida she’riy istedodi tufayli xonning marhamatiga sazovor bo’lib, tez orada saroy shoirlarining boshlig’i- “Malik ush-shuaro” nomini olgan shoirni ayting?

A) Fazliy B) Gulxaniy C) Uvaysiy D) Muqumiy


  1. Quyidagi asarlardan qay birida 200 nafarga yaqin qo’qonlik shoirlar va olimlar ijodini o’z ichiga olgan tazkira hisoblanadi?

A) “Manozir ul-kavokib” B) “Navodir ul-vaqoe”

C) “Majmuat ush-shuaro” D) “Shohidi iqbol”


  1. Bugungi kunda ham Xiva shahrining ko’rki hisoblangan Muhammad Rahimxon madrasasi qachon qurilgan?

A) 1851-1855-yillda B) 1865-yilda

C) 1860-1865-yilda D) 1871-yilda


  1. XIX asr ikkinchi yarmi noyob arxetiktura yodgorligi hisoblangan yuzdan ortiq xonadan iborat 1863-1870-yillarda qurilgan inshootni belgilang?

  1. Hokim Oyim madrasasi

  2. Sulton Murodbek madrasasi

  3. Xudoyorxon saroyi

  4. Muhammad Aminhon madrasasi




  1. 1859-yilda Baroqxon madrasasini tamirlash bilan bir davrda uning qarshisida …. singari inshootlar bunyod etilgan?

  1. Moyi muborak madrasasi, Tillashayx jome masjidi

  2. Hazrati Imom majmuasi

  3. Qosim Shayx majmuasi, Ko’kaldosh madrasasi D)Tillashayx jome masjidi, Hazrati Imom majmuasi




  1. Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling