Xolmurodov Otamurod Berdimurodovich
Download 333.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Xolmurodov Otamurod Berdimurodovich. BIOLOGIYA 31. Mingdevonadan zaharlangan odamda qanday belgilar kuzatiladi? A)ich ketishi, ko‘ngil aynishi, darmonsizlik kabi holatlar kuzatiladi. B)og‘iz qurishi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi, ovoz bo‘g‘ilishi, yuzning qizarishi va yurak ishining susayishi kuzatiladi C)oshqozon-ichak tizimida og‘riq, ko‘ngil aynishi, ich ketishi kuzatiladi, yurak ishi sekinlashadi. D)og‘iz qurishi, yurak urishining tezlashishi, qo‘l va oyoq harakatining qiyinlashishi, mo‘ljal olish qobiliyatining susayishi kuzatiladi 32. Avtotrof (a) va geterotrof (b) usulda oziqlanishuvchi zaharli organizmlarni aniqlang. 1) shampinion; 2) bangidevona; 3) sariq soxta qo‘ziqorin; 4) oq qo‘ziqorin; 5) kanakunjut; 6) qizil muxomor; 7) aloe; 8) mingdevona. A) a - 5, 7; b - 3, 4 B) a - 2, 5; b - 1, 6 C) a - 2, 8; b - 3, 6 D) a - 5, 8; b - 4, 6 33. Quyidagi rasmda qushlarning orqa oyoqlari keltirilgan bo‘lib, nechanchi raqamdagi qushlar daraxtga qo’nolmaydi 1 2 3 4 A)1 ,3 B)1,2,4 C)3 D)1,4 34. Oila sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang. 1) qoqio‘tdoshlar; 2) yirtqichlar; 3) lolasimonlar;4) bug‘doydoshlar; 5) mushuklar 6) ra’nodoshlar;7) xurmodoshlar; 8) juft tuyoqlilar; 9) bug‘ular; 10) tuvaloqlar A) 1, 3, 9 B) 2, 5, 7 C) 1, 7, 10 D) 5, 6, 8 35. Yer ustki(1), yer ostki(2) qismidan tayyorlanadigan qaynatma tabobatda foydalaniladigan o`simliklarga xos xususiyatni aniqlang? A) 1-ko`p yillik o`t; 2-bir yillik o`t B) 1-xona o`simligi sifatida o`stiriladi; 2-tomoq og`rig`iga davo sifatida foydalaniladi C) 1-barg va poyasida efir moyi bo`ladi; 2-oshqozon ichak kasalliklarida foydalaniladi D) 1-balg`am ko`chiradi; 2-balg`am ko`chiradi 36. Quyida suvo’tlarga mos bo’lgan javoblarni juftlang. a) porfira; b) spirogira; c) laminariya; d) ulotriks 1) xromotofori belbog’ shaklda; 2) chetlari kungurador; 3) qo’ng’ir suvo’t; 4) yashil suvo’t; 5) xromotofori spiralsimon ; 6) tallomi shoxlanmaydi; 7) tanasi tasmasimon; 8) “dengiz salati” deb ataladi; 9) tanasida xlorafill va qizil pigmentlarga ega; A) a-8,9; b- 5,6; c-3,7; d- 4,6 B) a-4,5; b-8,9,c- 7,d-4,6 C) a-2,8; b-4,5; c-7,8; d-4,6 D) a-2,8,9; b-4,5,6; c- 7,d-3 37. Manta mansub tip (1), oq planariya mansub sinf (2), qo‘ng‘ir ayiq mansub turkum (3), qor barsi mansub oila (4) ni aniqlang. A)1 - xordalilar; 2 - sutemizuvchilar; 3 - yirtqichlar; 4 - mushuksimonlar B)1 - xordalilar; 2 - kipriklilar; 3 - yirtqichlar; 4 - mushuksimonlar C)1 - umurtqalilar; 2 - sudralib yuruvchilar; 3 - ayiqsimonlar; 4 - suvsarsimonlar D)1 - umurtqalilar;2 - kipriklilar;3 - oz tishlilar;4 - kemiruvchilar 38. Qirqquloqlarning gametofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang. 1) jinssiz bo‘g‘in hisoblanadi; 2) zigota hosil qiladi; 3) sporangiyga ega; 4) rizoidga ega; 5) fotosintez qiladi; 6) poya-bargli o'simlik; 7) ko‘p hujayrali anteridiyga ega. A) a-2,4 b-1,6 B) a-2,7 b-3,4 C) a-4,5 b-2,7 D) a-3,6 b-1,2 39. Gametafiti ikki uyli(a) va bir uyli(b) bo`lgan o`simliklarni aniqlang. 1.sershox qirqbo`g`im 2.zuxrasoch 3.dala qirqbo`g`imi 4.qirqquloq 5.suvqirqqulog`i A)a-1,4 b-4,5 B)a-2,4 b-1,5 C)a-3,5 b-2,4 D)a-1,3 b-2,5 40. Kambi hujayralari tez bo`linadigan oddiy bargli o`simliklarni aniqlang? A) gilos, terak, tok B) tol, yon`goq, chinor C) qatrong`i, nok, shamshod D) terak, tol, pista 41. Faqat qayrag`och (a) va faqat qarag`ay (b) uchun xos xususiyatlarni aniqlang. 1)urug` kurtakning tuguncha devori bilan o`ralganligi; 2) tuxum hujayrani arxegoniy ichida yetilishi; 3)chang hujayrasining mavjudligining mavjudligi; 4) urug` kurtakdan urug` rivojlanishi; 5)tuxum Xolmurodov Otamurod Berdimurodovich. hujayraning murtak haltada yetilishi; 6) o`tqazuvchi sistemaning rivojlanganligi; 7) urug`chining qanotchalar yordamida tarqalishi A) a-1,5 b-2 B) a-1,4,5,6 b-2,3 C) a- 3,4,6 b-7 D) a- 1,5,6 b-2 42. Barglari oddiy yongbargsiz ko`p yillik (a) va barglari murakkab, yongbargchali bir yillik (b) o`simliklarni aniqlang. A) a – gulsafsar, qo’qiot b – mosh, no`xot B) a – Turkiston ismalog`i, baliq ko`z b – namatak, shirinmiya C) a – keyreuk, teresken b – beda, sebarga D) a – keyreuk, saksovul b – yeryong`oq, shirinmiya 43. Quydagi o`simliklarning qaysilari 2 uyli hisoblanadi ? 1) qovoq 2) tol 3) yong`oq 4) terak 5) makajo`xori 6) Turkiston ismolog`i 7) archa 8) qovun A) 1,2,4,7 B) 1,3,5,8 C) 1,2,3,4 D) 2,4,6,7 44. Rezavor mevalarni tanlang.? 1.bodring 2.qoraqat 3.burchoq 4.boychechak 5.zirako`t 6.pomidor 7.bangidevona 8.akatsiya 9.achambiti 10.qurttana 11.zarang 12.terak 13.turp 14.lola 15.malina 16.chuchmoma A)1.3.6.2 B)4.7.8.12 C)2.9.10.11 D)2.6.15 45. Ildizning ichki tuzilishini o`rganish uchun preparat tayyorlash bosqichlarini tartib bilan ko`rsating. 1. Namuna buyum oynasidagi glitserin yoki suv tomchisiga qo`yiladi; 2. Unga rang beriladi; 3. Ildiz bo`lakchalaridan ko`ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi; 4. Ustiga qoplag`ich oyna yopiladi. A. 3, 2, 1, 4; B. 3, 2, 4, 1; C. 3, 1, 4, 2; D. 3, 1, 2, 4. 46. Quyidagi rasm uchun xos bo’lgan ma’lumotni to’g’ri ko’rsating? 1)o’z-o’zidan changlanish keltirilgan 2)changchi va urug’chilar bir vaqtda yetiladi 3) changchilar urug’chiga nisbatan yuqorida joylashgan 4)2-uyli 5)2-jinsli 6)1-uyli 7)murakkab gulqo’rg’onli A)1,2,3,4,6,7 B)1,2,3,5,6,7 C)2,4,6 D)1,3,4,5,6,7 47. Kurtaklari yirik (I) va mayda (II) bo`lgan o`simliklarni aniqlang. 1. qayrag`och; 2. Terak; 3. Chinor; 4. Tut; 5. Tol; 6. nastarin; 7.O`rik; 8.Na`matak; 9.Soxta kashtan; 10.Olma. A) I-2, 3, 6, 8, 9; II-1, 4, 5, 7,10 B)I-2, 3, 6, 9; II-1,4, 5, 7, 10 C) I-1, 4, 5, 7, 10; II-2, 3, 6, 8, 9 D)I-2, 3, 6, 9; II-1,4, 5, 7,8,10 48. 700 ta ildiz tukchasi va shuncha barg og’izchasida qancha hujayraning asosiy tarkibiy qismi va eng muhim tarkibiy qismi bor bor? A)700-1400 B)1400-700 C)2100-2100 D)2800-1400 49. Qish kelishi bilan qaysi o`simliklar faqat tukchalari o`z faoliyatini to`xtatadi? A)kanop,sigirquyruq B)kiyiko`t,yalpiz C)rayxon, yalpiz D)kanop, machin 50. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 64 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 25% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 50% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang. A)128 B)256 C)512 D)64 51. . Shoxlanmagan(a) va shoxlangan (b) gulpoya ega bo`lgan o`simliklarni aniqlang.1.qashqarbeda 2.bodiyon 3.o`sma 4.nok 5.bug`doyiq 6.oqqayin 7.sholi A)a-3,4 b-2,7 B)a-3,4 b-5,6 C)a-4,5 b-1,7 D)a-1,3 b-4,6 52. Floemaning (a) va ksilemaning (b) mexanik to'qima hujayralarini aniqlang. 1) o‘tkazuvchi nay; 2) yo‘ldosh hujayralar; 3) lub tolalari; 4) traxeidlar; 5) yog‘ochlik tolalari; 6) elaksimon naylar A) a -1 ; b- 6 B) a - 3; b -5 C) a - 3; b- 4 D) a - 2; b-3 53. Shakli o'zgargan novda(a) va barg(b)larni aniqlang. 1) qulupnayning jingalagi; 2) bodring gajaklari; 3) zirkning tikanlari; 4) nastarinning to'pguli; 5) no'xatning gajaklari; 6) qirqbo’g’imning sporofilli: 7) akatsiyaning tikanlari A a- 3, 5, 7; b- 1, 2, 4 B) a- 3, 5, 7; b- 1, 3 ,5 C) a- 1, 2, 4; b- 3, 5, 7 D) a- 2, 6, 7; b- 1, 3, 5 54. Parxesh usulida ko’paytiriladigan o’simliklarni belgilang. A tok, anjir, qoraqat B atirgul, qoraqat, tok C terak, atirgul, qoraqat D terak, atirgul, anjir Xolmurodov Otamurod Berdimurodovich. 55. Qirquloqning ochiq urug’lilardan farqi? 1) anteridiyning mavjudligi; 2) tuxum hujayraning arxegoniy ichida yetilishi; 3) chang hujayrasining mavjudligi; 4) urug’kurtakning bo’lmasligi; 5) tuban o’simliklarga mansubligi; 6) o’tkazuvchi sistemasining rivojlanganligi; 7) urug’langan tuxum hujayradan murtakning rivojlanishi. A) 1,4 B) 1,2 C) 3,6,7 D) 2,4,5 56.Ildiz tizimining o’lchami va tuzilishi nimalarga bog’liq-A, ildiz tizimi tuzilishiga ko’ra-B, bo’linadi? 1.o’q ildiz 2.o’simlik turiga 3.popuk ildiz 4.ildiz shoxlanishiga 5.qo’shimcha ildizlarga 6.tuproq unumdorligiga 7.asosiy 8.yon 9.qo’shimcha A)a-7,8,9 b-1,3 B)a-1,3 b-7,8,9 C)a-2,4,5,6 b-1,3 D)a-1,3 b-2,4,5,6 57.Yirik kurtaklaridan chiqgan barglari novdasida qarama qarshi joylashadigan o’simlikni gul tuzilishiga o’xshash gul hosil qiladigan o’simlikning bargiga o’xshash lekin murakkab barg bo‘lgan o’simlikni toping? A)Tok B)Yong‘oq C)Soxta kashtan D)nastarin 58. Yadroga ega bo`lgan hujayralar qaysi to`qimalarda mavjud emas? 1.o`tkazuvchi 2. meristema 3.mexanik 4.g`amlovchi 5. qoplovchi A.1,3,5 B.1,3,4,5 C.2,3,5 D.1,4,5 59. Barg bandida bir necha bargchalar bandchalar orqali birikkan bargga ega bo`lgan o`simliklarni aniqlang. 1.ravoch 2.yeryongòq 3.yantoq 4.qulupnay 5.beda A.1.2.3.4. B.3.4.5 C.2.4.5 D.1.2.3.4.5 60. O'q ildiz sistemasi va to'rsimon tomirlangan bargga ega bo'lgan o'simliklarni aniqlang. 1) qoqio't; 2) piyoz; 3) sholi; 4) lola; 5) ukrop; 6) pomidor A.1, 5, 6 B.2, 3, 4 C.1, 3, 5 D.2 , 4 , 6 Download 333.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling