Xom ashyo va mahsulot koʻrsatkichlari Reja
Mahsulot va uning baholanishi
Download 60 Kb.
|
Xom ashyo va tayyor mahsulot dastlabki hisobi
Mahsulot va uning baholanishi4 – sonli BXMA ning 7 – bandiga binoan korxona aylanma mablag‘ining tarkibiy qismi hisoblangan tayyor mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxida yoki sof sotilish qiymatida.Mahsulotlarning haqikiy tannarxini hisobot davri (oy, chorak, yil) tugagandan so‘ng aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning harakati har kuni sodir bo‘ladi, shuning uchun joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Tayyor mahsulotlar harakatining kundalik hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida, yoki korxonaning shartnoma baholarida, yoki hisobot bahosi deb nomlanadigan chakana jo‘natish baholarida yuritiladi.Chunonchi, mahsulot birligining reja tannarxi korxonada ishlab chiqiladi. U oy oxirida tayyor mahsulotlarning guruhlari bo‘yicha ogishi summasini yoki foizini hisoblash yuli bilan haqikiy tannarxga yetkazib kuyiladi. Ogishish summasi va foizi mahsulotning oy boshiga qoldigi va uning oy davomidagi kirimiga qarab hisoblab chiqiladi. Ogishishi tejalganligini yoki korxona tomonidan ortiqcha xarajatga yul kuyilganligini ko‘rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi uning ish natijalarini ta’riflaydi. Tayyor mahsulotlar kaysi schyotlarda hisobga olingan bo‘lsa, ogishishlar xam shu schyotlarda tejalgan bo‘lsa kizil siyoxda storno qilib, ortiqcha xarajat bo‘lsa – oddiy siyoxda aks ettiriladi. Ogishish foizi va jo‘natilgan mahsulotning reja tannarxi sotilgan va ombordagi oy oxirida qolgan mahsulotning haqikiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.Mahsulotlar harakati hisobini to‘g‘ri tashkil etishda ularning nomenklaturalarni ishlab chikish katta axamiyatga ega. Mahsulotlar nomenklaturasi – bu mazkur korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari nomlarining ruyxiti. Mahsulotlar nomenklaturasini tuzishda bir buyumni ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarni ma’lum belgilariga (model, aniqlik klassi, fason, artikul, marka, nav) qarab qilingan tasnif asos bo‘ladi. Nomenklatura nomeri turli miqdordagi rakamlar bilan belgilanishi mumkin.Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling