Xom ashyo va mahsulot koʻrsatkichlari Reja


Download 60 Kb.
bet6/7
Sana28.02.2023
Hajmi60 Kb.
#1236130
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xom ashyo va tayyor mahsulot dastlabki hisobi

9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlashgan holda mahsulotlar sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu schyotlarda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulotlar bo‘yicha hisoblangan aksiz solig‘i va KKS summalari aks ettirilmaydi, balki Quyidagi provodka bilan 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotida aks ettiriladi.

D – t 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» jo‘natilgan mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va KKS summasi kushilgan holda, xaridorlardan olinadigan jami summaga.

K – t 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» hisoblangan aksiz solig‘i va KKS summasiga.

K – t 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromad» mahsulot sotishdan tushadigan sof tushumga.

9010, 9020 va 9030 schyotlarining kreditida aks ettirilgan summa oy oxirida 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti bilan korrespondentlangan holda yopiladi.

Hisoblash usulida, ya’ni mahsulotni topshirish, ish va xizmatlarni bajarish faktisotildi deb hisoblaganda 4010 «Xaridorlar buyurtmachilardan olanadigan schyotlar» schyoti kullaniladi.Bu schyot aktiv bo‘lib, uning saldosi buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning to‘lanmagan sotish qiymatini ko‘rsatadi; debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarni sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan tulangan summani ko‘rsatadi.

Mol yuboruvchi korxonalar yuklab jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlari uchun hisoblash usulida hisob – kitob olib borganda, xaridorlardan oldindan ma’lum miqdorda avans summasini olish mumkin.

Olingan bunaklarning sintetik hisobi 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bunaklr» schyotida yuritiladi. Bu schyot moddiy qiymatliklarni yetkazib berish uchun yoki bajarilgan ishlar uchun olingan avanslar bo‘yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayyor bo‘lgan mahsulot va ishlarni to‘lash bo‘yicha olib boriladigan hisob – kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.


Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling