Xom ashyo va mahsulot koʻrsatkichlari Reja


Download 60 Kb.
bet4/7
Sana28.02.2023
Hajmi60 Kb.
#1236130
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xom ashyo va tayyor mahsulot dastlabki hisobi

Yuklab jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar – bular mahsulot va xizmatlar uchun to‘lov hujjatlar, mol yuboruvchilar tomonidan bankga topshirilgan, lekin xaridorlar tomonidan to‘lanmagan summa. Oy oxirida yuklab jo‘natilgan, lekin to‘lov hujjatlari bankka topshirilmagan mahsulotlar balansdaombordagi tayyor mahsulotlar bilan birga aks ettiriladi va korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibida ko‘rsatiladi.

1998 yilning 1-yanvaridan boshlab mahsulotlar yuklab jo‘natgan, xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilgan sana sotilgan vaqti hisoblanadi

Hisoblash usulida mol oluvchilarga mahsulot yuklab yuborilganda Quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi:

1.Sotilgan mahsulotni haqikiy ishlab chiqarish tan narxiga

D-t 9110 « sotilgan mahsulotning tannarxi» schyoti

K-t 2810 «ombordagi tayyor mahsulot» schyoti

2. yuklab jo‘natilgan mahsulotning shartnoma qiymatiga

D-t 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilarni olinadigan schyotlar» schyoti

K-t 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» schyoti

Yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-vedemostning II-bo‘limida yuritiladi.

Bu vedemostning ikkinchi bo‘limida jo‘natilgan, sotilgan mahsulotlar, material kiympttliklar, xizmatlar va xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitiu va sintetik hisobi birlashgan. Jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar analitik hisobi ularninig natural kurinishidagi turlari bo‘yicha yoki to‘lov hujjatlari bo‘yicha ikki bahoda – haqikiy tannarxda va sotish narxida tashkil etiladi. Shuni xam aytish kerakki, oy boshiga va oy oxiriga tulanmay qolgan, hisobot oyida jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va sotilgan mahsulotlarning umumiy miqdori xam hisobga olinadi. Vedemostning ikkinchi bo‘limini tuldirish uchun oldingi oyning vedemosti, to‘lov hujjatlari , hisobot oyida jo‘natilgan mahsulotlarga buyruk- nakladnoylar, shuningdek korxonaning hisob- kitob schyotida olingan bankning kuchirmalari asos bo‘lib hisoblanadi. Mol oluvchi hisobidan cheklantirilgan temir yul tarifi vedemostda aloxida ko‘rsatiladi, chunki u mahsulot sotish hajmiga kiritilmaydi.


Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling