Xom ashyo va tayyor maxsulot tavsifi
Download 237.91 Kb.
|
Xondamir
MUNDARIJA Kirish...............................................................................................................3 Xom ashyo va tayyor maxsulot tavsifi. Texnologik sxemani bayoni….......................................................................... Maxsulotlar xisobi............................................................................................ Uskuna tanlash va sonini xisoblash................................................................. Mexanik xisob.................................................................................................. Gidravlik xisob................................................................................................. Asosiy uskuna tuzilishi va ish prinsipi............................................................. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtarish.................................................. Ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi........................................................... Xulosa........................................................................................................... Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati............................................................... 1.KIRISH So‘nggi yillarda ichki resurslardan foydalangan holda maxsar, soya, kunjut, zig‘ir, mevalar danaklari kabi moyli o‘simliklarni mahalliy muhitga moslashgan turlarini etishtirish ko‘paytirilmoqda. Natijada, birinchidan, o‘simlik moylariga bo‘lgan tanqislik qisman qondiriladi va nisbatan arzon mahsulot ishlab chiqariladi. Ikkinchidan, qayta ishlab olinadigan ikkilamchi mahsulot, oqsilga boy ozuqa - shrot ishlab chiqarish ko‘paytiriladi. Shu yo‘l bilan erkin valyuta sarfi kamaytirilishi bilan go‘sht, sut etishtirish ham ko‘payadi. Uchinchidan, o‘simlik moylari va ulardan olinadigan mahsulotlar assortimenti ko‘payishiga erishiladi. Respublikamiz mustaqillikga erishishi va erkin bozor munosbatlari shakllanishi bilan yog‘-moy sanoatimiz ko‘p tarmoqli rivojlanmoqda. Katta quvvatli sanoat korxonalari bilan birga xususiy va kichik korxonalar ham rivojlanmoqda. Shu yo‘l bilan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi va assortimenti oshib bormoqda. Agar vaziyatni tahlil qilsak, kichik korxonalar kam tonnali xomashyolarni qayta ishlashga mosroq kelishi ayon bo‘ladi. Masalan, katta korxonalar kunjut, zig‘ir yoki uzum danaklarini qayta ishlashga ixtisoslashgan texnika va texnologiyalarga ega emas. Shuningdek katta miqdordagi xomashyoni etishtirish, to‘plash va transportirovka muammolari ham mavjud. Kichik korxonalar mahalliy hududda joylashganligi uchun kichik xarajatlar bilan noan’anaviy xomashyoni qayta ishlashi mumkin. Xozirgi kunda respublikamizdagi oliy ukuv yurtlarida olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maksadi tayerlanadigan mutaxassislar sifatini tubdan yaxshilashdir. Bu ishlarni jadallashtirishda ta’lim, ishlab chiqarish va fanning uzviy aloqada bo‘lishi asosiy omildir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017- 2021 yillarda respublikada soya ekishni va soya doni etishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilingan edi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati tomondan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qarorda ko‘rsatilgan topshiriqlarga asosan soya ekinini etishtirish bo‘yicha ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish maqsadida bir guruh olim va mutaxassislar Braziliya, Serbiya va Rossiya davlatlariga yuborildi. Joriy yilda jami respublika bo‘yicha 26,9 ming gektar maydonga soya ekini ekish belgilangan bo‘lib, shundan “O‘zpaxtayog‘” AJ tizimidagi yog‘-moy korxonalari tomonidan jami 21,6 ming gektar maydonga 35,9 ming tonna soya doni sotib olish bo‘yicha 5731 ta fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar tuzilgan. G‘alladan bo‘shagan takroriy maydonlarga joriy yilda 11,0 ming gektardan ortiq maydonga soya ekini ekilgan. Yil yakuniga ko‘ra soya ekinidan jami 35 ming tonna soya doni yig‘ishtirib olish kutilmoqda. Yuqorida aytib o‘tilgan muxim vazifalarni muvoffaqiyatli xal etish uchun yukori malakali muxandis kadrlar kerak. Bunday kadrlar tubdan yangi ilmiy g‘oyalarga va yuksak texnik echimlarni xal etish qobiliyatiga ega bo‘lishlari zarur. Xalk xo‘jaligini fan-texnika taraqqiyoti asosida jadallashtirish - bozor iktisodiyoti sharoitidagi muxim vazifalardan xisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga bog‘liqdir. Yog‘-moy sanoatida istiqbolli rejalar korxonalar ishlar chiqarish quvvatidan to‘liq foydalanishga erishish, mahsulot sifatini oshirish va assortimentni ko‘paytirish, shuningdek import mahsulotlarini qisqartirish ya’ni ichki bozordagi yog‘-moy mhsulotlari turlariga bo‘lgan talabni ichki imkoniyatlar orqali qoplash va mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan dasturlardan iborat. Jumladan, bugungi kunda, hom ashyolarni etishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Oxirgi vaqtlarda maxsar va kungaboqar etishtirish ommaviy tus olishga ulgurdi. Undan tashqari chetdan moyli mahsulotlar emas, balki moyli homashyolarni keltirib respublikamizda qayta ishlash orqali maxsulotga aylantirish kengaymoqda. Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmokda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Krupp, Sket (Germaniya), «Alfa-Laval» (Shvetsiya), «Jon Braun2», «Karver», «Kraun» (AQSH), «Matssoni», «Bollista», (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda. Soya yog‘I Glycine max L. Merr nomli soya dukkagidan, to‘g‘ridan – to‘g‘ri ekstraksiya usuli bilan ishlab chiqariladi. Soya yog‘i ishlab chiqarish hajmi va istemol qilish jihatidan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Download 237.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling