Xom ashyoni kabul kilish, joylashtirish, saklash va uni ishlab chikarishga uzatish


Download 323.5 Kb.
bet4/7
Sana21.06.2023
Hajmi323.5 Kb.
#1638176
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Omuxta em zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni

Xavo-galvirli ajratish.
Omuxta yem ishlab chikarishda don massasini razmerlari va aerodinamik xosalari bilan fark kiluvchi begona aralashmalardan tozalash uchun xavogalvirli seperatorlar kullaniladi. Don massasi bu mashinalarda aralashmalarni kattaliklari (kalinligi va yirikligi) buyicha ajratuvchi kiya joylashgan elaklarda ketma-ket elash bilan tozalanadi va xavo okimidan aspiratsion kanallar orkali don katlami ikki marotaba mashinaga tushishda va undan chikishda utkaziladi, xavo okimi uzi bilan yengil aralashmalarni olib ketadi.
Xavo galvirli seperatorlar (ajratish) omuxta yem zavodlarida xavo galvirli seperatorlar zavod ichi mexanik transportlari bilan galvirli seperatorlar esa korxonalarda pnevmatik transportlar bilan kullaniladi.
3-rasmda kursatilganidek, xavo galvirli seperatorlar kuyidagi sxema buyicha ishlaydi. Tozalanishi kerak bulgan don isteʼmolchi (pitayuщiy) kurilma 11 bunkeriga tushadi. Sungra, uzining ogirligi bilan yuk klapanining karshiligini zabt etib, teng yupka katlam bilan birinchi sovurish 10 xavo kanalining uzunligi buyiga tarkaladi, xavo okimi esa utayotgan don katlamiga kiradi va undagi yengil organik aralashmalarni (poyaga, kobiklar, chang, boshokga va b) olib ketadi. Bu aralashmalar aspiratsion kameraga 1 chuktiriladi, u yerda esa tulgandan keyin mashinadan chikariladi.
Xavoli tozalashdan keyin don aspiratsion kolonkadan kabul kiluvchi galvirga tushadi, uning koldigidan kupol aralashmalar (tosh, ip, kirindi va b.) ajratiladi va elanma esa saralash galviriga 7 tushadi. uning koldigidan yirik begona aralashmalar (poya kismi, oshokchalar, suli, makkajuxori, urugi va b.) va elak ramasining oxiriga borib mashinadan chikariladi. Saralash galvirining elanmasi uning tagida joylashgan kuyi kuzovdagi bushatuvchi (razgruzoch) galviri 6 ga tushadi, chunonchi u yerda u ikkita fraksiya - yirik va mayda fraksiyaga bulinadi.
Yirik fraksiya bushatuvchi galvirning koldigi bilan asosiy don okimiga yunaltiriladi, mayda fraksiya esa (unda mayda dondan tashkari mayda fraksiyalar xam mavjud) elanma bilan bushatuvchi galvir orkali patski elovchi galvirga 5 tushadi. Elovchi galvir koldigi (normal don) va bushatuvchi galvir koldigi birlashadi, ikkinchi sovurish aspiratsion kanalidan 3 utadi va sungra mashinadan chikariladi. Aspiratsion kanaldan chikarishda don magnit 4 orkali utkaziladi va metallomagnit aralashmalarning baʼzi kismlari ajratiladi. Elovchi galvir 5 elanmasi (mayda aralashmalar-chang, kum, okshok, ifloslantiruvchi aralashmalar va b) tagligda yigiladi va mashinadan chikariladi. Masxulot galvirlarda xarakatlanishi natijasida kismlarga ajraladi, razmerlari galvir teshiklari razmeridan kichik (elanma kism) va razmeri galvir teshiklari razmeridan katta bulgan (koldik kism) kismlarga ajraladi.
Seperatorning galvirli kuzovi kuzovning oldingi devoriga maxkamlangan ekssentrik tebranish orkali (tebranish amplitudasi 5...6 mm, tebranish chastotasi minutiga 500) kaytar-xarakatga keltiriladi. Privodning elektrodvigateli staninaga maxkamlangan galvir yuzasini tozalash uchun inersion tozalagichlar muljallangan.



rasm. Xavo galvirli seperatorning texnologik sxemasi


1-birinchi sovurish aspiratsion kamerasi; 2-ikkinchi sovurish aspiratsion kamerasi; 3-ikkinchi sovurish aspiratsion kanali; 4-magnit; 5-elovchi galvir; 6-bushatuvchi galvir; 7-saralovchi galvir; 8-kabul kiluvchi galvir; 9-yuk klapani; 10-birinchi sovurish aspiratsion kanali; 11-isteʼmolchi kurilma; I-donning tushishi; II-aspiratsion chikindilar; III-xavo; IY-yirik ifloslantiruvchilar; Y-saralash galvirining koldigi; YI-mayda ifloslantiruvchilar; YII-aspiratsion chikindilar; YIII-tozalangan don; IX-metallomagnit aralashmalar.



Download 323.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling