Xomashyo va materiallar harakati va buxgalteriya hisobi


Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi


Download 97.49 Kb.
bet9/10
Sana07.02.2023
Hajmi97.49 Kb.
#1174728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi 14-20

Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati chiqib ketish fakti aniqlangan paytda balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:
a) realizatsiya qilish;
b) boshqa tashkilotning ustav kapitaliga ta’sis ulushi ko‘rinishida berish;
v) ta’sischining ta’sischilar tarkibidan chiqishida yoki tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning mol-mulkini uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlayotganda ilgari tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ulushni ta’sischiga qaytarish;
g) tekinga berish;
d) ayirboshlash;
e) saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish);
j) kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
z) tovar qarzi ko‘rinishida taqdim etish yoki ilgari olingan tovar qarzini qaytarish;
i) boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning balans qiymati va tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bilvosita soliqlarni chegirish orqali aniqlanadi.
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi bilan bog‘liq daromad tan olinadigan hisobot davrida xarajat sifatida tan olinadi. Chiqib ketish munosabati bilan tovar-moddiy zaxiralarni istalgan hisobdan chiqarish summasi va ularga doir barcha zararlar hisobdan chiqarish yuz bergan yoki zarar yetkazilgan hisobot davri mobaynida xarajat sifatida hisobga olinishi kerak. Realizatsiya qilishning sof qiymatini oshirish natijasida yuzaga keladigan, ilgari hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini tiklash summasi oshish yuz bergan hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan, chiqib ketgan (sh.j. realizatsiya qilingan) tovar-moddiy zaxiralar tannarxining pasayishi sifatida tan olinadi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan tovar-moddiy zaxiralar hisobi sotish qiymati bo‘yicha yuritilganda sotilgan tovar tovar-moddiy zaxiralar tannarxi sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati bilan ularga to‘g‘ri keluvchi savdo ustamasi summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarga to‘g‘ri keluvchi savdo ustamasining summasi sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati (tovar aylanmasi) va savdo ustamasining o‘rtacha foizi ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. Savdo ustamasining o‘rtacha foizi hisobot davri boshidagi savdo ustamalarining qoldig‘i va hisobot davrida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha savdo ustamalari summasini hisobot davri boshida tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘ining sotish qiymati va hisobot davrida olingan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati summasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (shuningdek ishlab chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
a) tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha;
b) o‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha (AVECO);
v) tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqt bo‘yicha dastlabki zaxiralar tannarxi bo‘yicha (FIFO).
Tovar-moddiy zaxiralarning har bir guruhi (turi) bo‘yicha hisobot yili mobaynida qiymatni aniqlashning faqat bir usuli qo‘llanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning guruhi (turi) bo‘yicha qiymatni aniqlash usullaridan birini qo‘llash, hisob siyosatini qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan izchillikdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Tashkilot tomonidan alohida tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va hokazo) va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni ular odatdagi holda bir-birini almashtira olmaydi), shuningdek maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan (ishlatiladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi usuli bo‘yicha baholanadi.
Ushbu usulda o‘ziga xos xarajatlar muayyan tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Aks ettirishning ushbu usuli, ular sotib olinganligi yoki ishlab chiqarilganligidan qat’iy nazar, maxsus loyihalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarga to‘g‘ri keladi.
AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har bir birligining qiymati davr boshida aynan bir xil birliklarning o‘rtacha tortilgan qiymati va davr mobaynida xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan aynan bir xil birliklarning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar har bir birligi qiymatini AVECO usuli bo‘yicha aniqlash davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘ining tannarxi va miqdori hamda ushbu davr mobaynida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi va miqdoridan shakllanadigan, aynan bir xil birliklarning umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘rtacha qiymat tashkilot tomonidan tanlangan usulga qarab davriy yoki tovar-moddiy zaxiralarning har bir yangi partiyasi kelib tushishiga ko‘ra hisoblab chiqarilishi mumkin.
FIFO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketayotgan birliklari tannarxiga birinchi navbatda xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning qiymati kiradi, davr oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qiymati esa oxirgi bo‘lib xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar birliklarining umumiy qiymatidan tashkil topadi.
Hisobot davri oxirida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash ularning chiqib ketishida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashning qabul qilingan usuliga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishida ularning qiymatini aniqlashning qo‘llaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.


Xulosa
Tovar-moddiy zaxiralar xisobida boshqaruv va moliyaviy hisob ob’ektlarini aniq belgilab olinishi va uni tadqiq etish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, ushbu masala yuzasidan aniq chegaralanish xaligacha belgilanmagan. Bu nafaqat material xarajatlarida, balki xisobning boshqa ob’ektlarida xam ko’zga tashlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar baxolanishi va uni auditni takomillashtirish yuzasidan yuqoridagi fikr va muloxozalarni umumlashtirgan xolda quyidagi xulosalarga kelindi:
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida xujalik faoliyati jarayonining yakuniy bosoqichidan olinadigan tayyor maxsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom-ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muxim o’rin tutadi, chunki, talab va taklifdan kelib chiqqan xolda ularga o’rnatilgan baxo (chunki, ushbu baxolarni tartibga solib turuvchi omil – bu tannarxdir) maxsulotlarning
xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayonida mehnat vositalari bilan bir qatorda mehnat predmetlari ham ishtirok etadi, ular vazifasini bajaradi ishlab chiqarish zahiralari... Mehnat vositalaridan farqli ravishda mehnat predmetlari ishlab chiqarish jarayonida faqat bir marta ishtirok etadi va ularning qiymati mahsulot tannarxiga to’liq kiritilib, uning moddiy asosini tashkil qiladi.
Tovarlarni hisobga olish moddiy qadriyatlar korxonalarda standartga muvofiq tashkil etilgan buxgalteriya hisobi 7-sonli «Tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish», bu standartning amal qilish sohasini, tovar-moddiy zaxiralardagi o'zgarishlarni, ularning tannarxi va bahosini, xarajatlarni tan olish, hisobotda ochib berishni belgilaydi. Ushbu standart tashkilotlar tomonidan ishlab chiqish va oshkor qilishda qo'llaniladi moliyaviy hisobotlar xarajat asosida tayyorlanadi tovar aktsiyalar.

Download 97.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling