Xomashyo va materiallar harakati va buxgalteriya hisobi
Tovar moddiy zahiralarining hususiyatlari
Download 97.49 Kb.
|
Kurs ishi 14-20
1.2 Tovar moddiy zahiralarining hususiyatlari
Faktura qilinmagan yuklar oy oxirida moddiy boyliklar va to’lash uchun taqdim etiladigan schyotlarning amaldagi kelib tushishi xaqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Mol etkazib beruvchi o’z vaqtida ogohlantirildi: unga TMZlar qabuli hakida dalolatnoma ilova qilingan xat yuboriladi (M-7 shakl). Agar haqi to’langan bo’lsayu (6010 schyot Dt, 5110 schyot KT) oy oxirigacha kelib tushmasa TMZlarni xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi hisobot oyida shartli ravishda (1010,1210 schyot Dt, 6010 schyot Kt) kirim qiladi.Bu TMZlarni xo’jalik yurituvchi sub’ekt balansida ishlab chiqarish zahiralari tartibida aks ettirish uchun shunday qilinadi. Keyingi oyda TMZlar o’sha korrepondentsiyada stonirovka yozuvi bilan qayd etiladi; bk amalda kelib tushganligiga qarab yana kirim qilinadi. Materiallar harakatini hisobga olish bo’yicha hujjatlar. Materiallarning korxonaga o’z vaqtida keltirilishini ta’minot bo’limi nazorat qiladi. Bu bo’lim xodimlari mol yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini tekshirib, ularga materiallar kamomadi va sifati bo’yicha shikoyat va da’volar qo’yish, korxonaga o’z vaqtida yetib kelmagan yuklarni qidirib topish vazifalarini bajaradilar. Mol yetkazib beruvchidan materiallarni ta’minot bo’limi ekspeditori yetkazib beradi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan materiallarni qabul qilganda ta’minotchi birinchi navbatda idish va tamg’a holati sharoitlarining buzilmaganligiga amin bo’ladi, materiallar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga da’vo qo’yish huquqini beradigan tijorat dalolatnomasi tuziladi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun ta’minotchiga buxgalteriya tomonidan 10 kundan oshmaydigan muddatga ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma olish huquqiga ega bo’lgan hodimlar ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchilardan Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchli shaxsga berilgan yozma vakolat ishonchnoma deb tan olinadi. Ishonchli shaxs unga ishonchnoma bo’yicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi. Ishonchnomalar yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma va boshqa bitimlar bo’yicha beriladigan Tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladi. Berilgan ishonchnomalar “Ishonchnomalar jurnalida “ro’yxatga olish bilan asmiylashtiradi. Ishonchnomalar daftari raqamlanadi va ip bilan tikiladi. Daftarning so’ngi varag’ida korxona rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin “Mazkur daftarda … varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko’rsatiladi. Ishonchnomalar korxona buxgalteriyasi tomonidan ishonchnomalarni hisobga oladigan,raqamlangan va ip bilan tikilgan “Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali” da ro’yxatdan o’tkaziladi. Jurnalning so’nggi varag’ida korxona rahbari rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin “Mazkur daftarda … varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko’rsatiladi. Ishonchnomalar daftari va berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali ishonchnomalarni ro’yxatdan o’tkazish uchun mas’ul bo’lgan shaxsda saqlanishi mumkin Ishonchnomaning amal qilish muddati u asosida ishonchnoma berilgan shartnomalar va boshqa bitimlar bo’yicha tegishli boyliklarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga bog’liq ravishda belgilanadi, biroq u qonun hujjatlarida belgilangan muddatdan oshmasligi kerak. Ishonchli shaxsni unga berilgan, amal qilish muddati hali tugamagan ishonchnomalar bo’yicha boyliklarni olish huquqidan mahrum qilish chog’ida Tovarmoddiy boyliklarni oluvchi tegishli ishonchnomalarning darhol bekor qilinganligi haqida yetkazib beruvchini xabardor qiladi. Bunday xabarnoma olingan paytdan boshlab bekor qilingan ishonchnoma bo’yicha boyliklarni berish to’xtatiladi. Bunday hollarda bekor qilingan shartnomalar bo’yicha boyliklarni berganlik uchun yetkazib beruvchi javobgar bo’ladi. Ishonchli shaxs boyliklarni olgandan so’ng topshiriqlar bajarilganligi va u olgan Tovar-moddiy boyliklar omborga topshirilganligi to’g’risida hujjatlarni korxona buxgalteriyasiga yoki tegishli moddiy javobgar shaxsga taqdim etishi shart.Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi sanada uni bergan korxonaga qaytarilishi kerak. Foydalanilmagan ishonchnomaning qaytarilganligi to’g’risida ishonchnomalar daftarining tubida va berilgan ishonchnomalarni hisobga olishjurnalida ( “Ishonchnoma bo’yicha topshiriqlar bajarilganligi to’g’risida qaydlar” ustunida ) qayd etiladi. Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar “foydalanilmagan” yozuvi bilan tasdiqlanadi va ularni ro’yxatdan o’tkazish uchun javobgar bo’lgan shaxs tomonidan hisobot yili oxiriga qadar saqlanadi. Yil tugagach bunday foydalanilmagan ishonchnomalar bu haqda tegishli dalolotnoma tuzish bilan belgilangan tartibda yo’q qilinadi. Korxona ishonchnomalari bo’yicha tovarmoddiy boyliklarni berish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi: -to’ldirish tartibini buzgan holda yoki to’ldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilganda; -tuzatilgan va bo’yalgan joylari mavjud bo’lgan ishonchnomalar taqdim etilganda; -ishonchnomada ko’rsatilgan passport taqdim etilmaganda; -ishonchnoma berilgan muddat tugaganda; -qabul qilib oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi to’g’risida xabar olinganligida; -uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridek shaxsning faoliyati to’xtatilganda; -ishonchli shaxs layoqtsiz, cheklangan layoqatli deb tan olinganda. Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. U keltirilgan materiallar soni, turi, sifatini mol yetkazib beruvchi tomonidan yuborilgan hujjalar (schyot-faktura, to’lov talabnomasi, spesifikasiya, tovartransport yukxatlari)ga muvofiqligini tekshiradi.Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlariga to’la muvofiq bo’lsa, omorchi kirim orderi tuzadi.Mol yetkazib beruvchining hujjatiga kirim orderining asosiy rekezitlarini mujassamlashtirgan muhr qo’yishga ruhsat etiladi. Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar orasida tafovut aniqlansa, materiallarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mol yetkazib beruvchi yoki xolis korxona vakili, ombor mudiri va ta’minot bo’limi vakilining majburiy ishtirokida komissiya tomonidan tuziladi. Dalolatnoma tuzilganda kirim orderi rasmiylashtirilmaydi. Materiallarning bir ombordan boshqa omborga ichki harakati yoki ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar, shuningdek chiqindilar topshirilishida yukxat tuziladi, rasmiylashtiriladi. Hisobdor shaxslar tomonidan materiallarni jismoniy shaxslardan xarid qilganlarida ular materiallar naqd pulga xususiy shaxslardan xarid qilishda tuziladigandalolatnoma yoki ma’lumotnoma bo’yicha boyliklarni topshiradilar.Chiqim hujjatlari materiallarni ishlab chiqarish ehtiyojlariga (mahsulot tayyorlash), xo’jalik ehtiyojlariga (binolarni ushlab turish, tamirlash ishlari) nolikvid materiallarni sotishga jo’natishni aks ettiradi. Bularga talobnoma cheklab olish xaritalari, yukxatlar kiradi.Materiallarning bir marotaba, kam takrorlanadigan jo’natilishi talabnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar iste’molchilar, yani sex, bo’lim va uchastkalar tomonidan rasmiylashtiriladi.Ombor xodimlariga materiallarni boshqa hujjatlar bo’yicha hamda turli xatlar yoki mansabidan qat’iy nazar mansabdor shaxslarning og’zaki farmoyishlari asosida mahsulotni ombordan berish taqiqlanadi. Omborga kelib tushgan, lekin kirim hujjatlari bilan rasmiylashtirilmagan materiallarni berishga ham yo’l qo’yilmaydi. Kirim va chiqim hujjatlari operasiya sodir bo’lgan kunida rasmiylashtiriladi. Ombordagi materiallar hisobi: Omborlarda materiallar hisobi omborchi tomonidan miqdor , turkum va sort bo’yicha ombor hisobi varaqlari bilan olib boriladi.Ombor hisobi varaqlari materiallarning har biri turi, navi, xili bo’yicha buxgalteriya tomonidan alohida ochiladi.Olingan ombor hisobi varaqasida omborchi ushbu materiallar saqlanadigan joyni ( tokcha, yacheyka va x.k.) yozib qo’yadi. Saqlanadigan joyga materiallarning yorlig’I biriktiladi. Har kuni yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar asosida omborchi bu varaqlarga miqdor jihatidan materiallarning qoldig’ini hisoblab chiqaradi. Jadvalda belgilangan muddatlarda omborchi kirim va chiqim hujjatlarini topshirish ro’yxatini ikki nusxada yozadi. Ro’yxatning birinchi nusxasiga birlamchi hujjatlarni tikib, uni buxgalteriyaga topshiradi. Buxgalter bu ro’yxat va unga biriktirilgan hujjatlarni sinchiklab tekshirib chiqadi, keyin tekshirilganligini ro’yxatning ikkinchi nusxasida imzo bilan tasdiqlaydi, tasdiqlangan nusxa omborchida qoladi.Buxgalter ombordagi eng avvalo kamyob, qimmatbaho materiallarning haqiqiy qoldiqlarini tanlab nazoratdan o’tkazib, bu to’g’rida varaqlarga Moddiy javobgar shaxslarning ishida aniqlangan kamchiliklar to’g’risidagi ma’lumotlarni belgilagan holda tekshirish sanasini va imzo qo’yib tasdiqlaydi. Tanlab tekshirish natijalari bo’yicha maxsus ombor daftariga bildirishlar yozilib bosh buxgalterga xabar qilinadi. Har oyning birinchi kuni holati bo’yicha moddiy javobgar shaxs varaqalardagi miqdor qoldiqlarni materiallar qoldig’ini hisobga oluvchi saldo daftariga ko’chiradi. Bu daftar har bir ombor uchun alohida bir yilga ochiladi. Quyidagilar tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) hisoblanadi: Qayta sotish uchun sotib olingan tovarlar; Ishlab chiqarish jarayonidagi tovar-moddiy zaxiralar (xom ashyo, sarf materiallari, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar); Xizmatlar ko'rsatish uchun ishlatiladigan tovar va materiallar; Asosiy vositalaringizning ehtiyot qismlari (asosiy vositalarga muntazam texnik xizmat ko'rsatish uchun ishlatiladigan ehtiyot qismlar asosiy vosita emas, ular sizning zaxirangiz tarkibiga kiritilishi kerak); “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (yangi tahriri) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 27-avgustda 44-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (1998-yil 28-avgust, ro‘yxat raqami 486 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 5-son); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 14-noyabrdagi 132-sonli “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i” (2002-yil 20-noyabr, ro‘yxat raqami 486-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 22-son). . Mazkur BHMSning maqsadi tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar yuridik shaxsga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) mulk huquqida tegishli bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobi uslubiyati va moliyaviy hisobotda aks ettirilishini belgilash hisoblanadi. 2. Tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy qoidalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash; tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusi xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish; tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash); ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish tartibi. 3. Mazkur BHMS qoidalari pudrat qurilishi bo‘yicha tugallanmagan ishlar, shu jumladan ular bilan bog‘liq xizmatlar bo‘yicha kontraktlar moliyaviy instrumentlar hisobga olish qoidalariga nisbatan qo‘llanmaydi. 4. Mazkur BHMSda qo‘llaniladigan atamalar: a) tovar-moddiy zaxiralar — keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar; b) realizatsiya qilishning sof qiymati — tovar-moddiy zaxiralarni maqsadiga ko‘ra ishlatiladigan holatga keltirish va sotish bo‘yicha baholangan xarajatlar chegirilgan holda joriy qiymati; v) joriy qiymat — ma’lum bir sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa; g) bevosita xarajatlar — alohida turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hamda ularning birligi tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari; d) bilvosita xarajatlar — bir necha turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlari, ular muayyan tovar-moddiy zaxiralar birliklari tannarxiga bevosita kiritilmaydi, buning oqibatida ular xarajatlar obyektlari va ularning birliklari tannarxi o‘rtasida hisob-kitob yo‘li bilan taqsimlanadi; e) bo‘linish nuqtasi — birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda alohida turdagi mahsulotlar aniq identifikatsiya qilinadigan ishlab chiqarish jarayonining muayyan payti; j) tara — mahsulotlarni(tovarlarni) saqlash, o‘rash va transportda tashish uchun ishlatiladigan buyumni ifoda etuvchi moddiy obyekt. 5. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin: a) xomashyo va materiallar, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, tara va tarabop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik jihozlari hamda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, ma’muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan boshqa materiallar zaxiralari; b) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun chetdan qabul qilingan chorva mollari; v) detallar, uzellar, buyumlarga tugallanmagan ishlov berilishi va ularning yig‘ilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko‘rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo‘yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlarni (xizmatlarni)bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi; g) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard natijasi — realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan va shartnomada yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv); d) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatiy faoliyati davomida qo‘shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar obyektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) ham keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo‘lib hisoblanishi mumkin. 6. Inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan aktivlar kiritiladi: a) xizmat muddati bir yildan oshmaydigan; b) xizmat muddatidan qat’iy nazar xarid qilish paytida qiymati bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda bo‘lgan buyumlar. Tashkilot rahbari hisob siyosatida ularni inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir. Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi: a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar); b) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal; v) ko‘rpa-to‘shaklar; g) kanselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo); d) oshxona inventari, shuningdek oshxona choyshablari; e) barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar; z) ovlash qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, to‘rlar, jihozlar, merejlar va hokazo). 7. Tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobining birligi zaxiralar to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish hamda ularning mavjudligi va harakati ustidan lozim darajada nazoratni ta’minlash maqsadida tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning xususiyatlari, ularni xarid qilish va ulardan foydalanish tartibidan kelib chiqib tovar-moddiy zaxiralarning birligi nomenklatura raqami, partiya, bir turdagi guruh va hokazo bo‘lishi mumkin. Download 97.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling