Xomashyo va materiallar harakati va buxgalteriya hisobi


Tashkilotda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi


Download 97.49 Kb.
bet6/10
Sana07.02.2023
Hajmi97.49 Kb.
#1174728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi 14-20

Tashkilotda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi
Tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar kiritiladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi:
a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda);
b) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan ular bo‘yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summalari;
v) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
g) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Realizatsiya xarajatlari, tashkilotni boshqarish bo‘yicha umumiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va favqulodda zararlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi.


III Bob. Tovar moddiy zahiralarining tannarxini hisobga olishning usullari.
3.1 Tovar moddiy zahiralarining buxgalteriya balansiga olinishi
Tovar-moddiy zaxiralar dastlab tannarxi bo'yicha baholanadi. Keyinchalik, TMZning sof sotish qiymati (NRV) va uning tannarxi orasida, qay biri pastroq qiymatga ega bo’lsa, o’sha qiymat bo’yicha baholanishi kerak.

Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga nimalarni kiritishingiz kerak?


Tannarxga quyidagilarning barchasini kiriting:

  1. Xarid narxi (Qo’shimcha qiymat solig’isiz, agar QQSni qaytarib olish yoki ofset/zachet qilish imkoni bo’lsa);

  2. Ishlab chiqarish tannarxi (ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallar / sarf materiallari, shuningdek xodimlar xarajatlari, kommunal xizmatlar va amortizatsiya kabi xarajatlar);

  3. Yetkazib beruvchidan sizning omboringizga TMZni olib kelish uchun transport xarajatlari;

  4. Bojxona to'lovlari va yig'imlari va boshqa amaldagi soliqlar (QQS kabi qaytarib olinadigan yoki ofset/zachet qilinadigan soliqlar bundan mustasno);

  1. Yetkazib beruvchilarning savdo chegirmalari, keshbeklar va hajm bilan bog’liq ulgurji chegirmalarni tovar-moddiy zaxiraning tannarxidan olib tashlang (kamaytiring);

TMZ quyidagilarni o'z ichiga olmaydi: meyordan/normadan o’tgan xaddan tashqari sarflangan xom ashyo va xarajatlar, yoki tayyor mahsulotni saqlash va sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar.

Download 97.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling